Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlar
-rasm. Byudjetdan tashqari fondlarning tarifi
Download 385.46 Kb. Pdf ko'rish
|
1 M Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlar fanining predmeti
1.2-rasm. Byudjetdan tashqari fondlarning tarifi
6 Byudjetdan tashqari fondlar - davlat tomonidan byudjetga kiritilmaydigan ba’zi jamoat ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun mustaqil tezkorlik asosida moliyaviy resurslardan qat’iy maqsadli foydalanishning shaklidir. Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalar quyidagi asosiy funktsiyalarni 7 bajaradi: 1. Yalpi ichki mahsulot qiymatini qayta taqsimlash funktsiyasi; 2. Iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarish funktsiyasi; 3. Ijtimoiy funktsiyasi; 4. Nazorat funktsiyasi. 6 Richard Allen and Dimitar Radev “Managing and Controlling Extrabudgetary Funds” 2010 y. p.10-14 7 Richard Allen and Dimitar Radev “Managing and Controlling Extrabudgetary Funds” 2010 y. p.32 B YuDJE T DA N TAS h Q AR I FONDLAR ma’lum bir ijtimoiy guruhlar va aholi tabaqalari manfaatlari uchun milliy daromadni qayta taqsimlashning bir usuli umumdavlat yoki hududiy ahamiyatidagi aniq ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarni moliyalashtirish uchun mamlakat moliyaviy resurslarini qayta taqsimlash va foydalanishning maxsus shakli davlat tomonidan byudjetga kiritilmaydigan ba’zi jamoat ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun mustaqil tezkorlik asosida moliyaviy resurslardan qat’iy maqsadli foydalanishning shakli Yalpi ichki mahsulot qiymatini qayta taqsimlash funktsiyasi. Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalar mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiga kiruvchi milliy daromadning qiymatini qayta taqsimlashda o’zining qayta taqsimlash funktsiyasi bilan ishtirok etadi. Bunday qayta taqsimlash jarayonlari natijasida davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalar daromadlari shakllanadi. Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalar daromadlari davlat markazlashgan moliyaviy resurslarining bir qismi bo’lib, davlatning funktsiyalarini bajarish uchun zarurdir. Ular pul mablag’lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarni o’zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat organlarining ixtiyoriga kelib tushadi. Iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarish funktsiyasi. Majburiy ajratmalar va davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalar xarajatlari orqali byudjet iqtisodiyotni tartibga solish, investitsiyalarni rag’batlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning hal qiluvchi va muhim quroli bo’lib xizmat qiladi. Bunda davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’lari hisobidan iqtisodiyotning ilg’or tarmoqlari qo’llab-quvvatlanadi. Samaradorligi yuqori bo’lgan va o’zini tez qoplovchi loyihalarni davlat tomonidan qo’llab- quvvatlash ham muhimdir. Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalarning ijtimoiy funktsiyasi. Davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirishda davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalar katta o’rin egallaydi. Davlatning ijtimoiy kafolatlari doirasidagi xizmatlarni ko’rsatadigan ijtimoiy ta’minot va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash sohalarini mablag’ bilan ta’minlash, aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish - ijtimoiy siyosatning ustuvorliklari hisoblanadi. Jamiyat a’zolarining imkoniyatlarini rivojlantirish taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Shunday ekan, bu yo’nalishdagi davlat tadbirlarini mablag’ bilan ta’minlashda davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalarning ijtimoiy funktsiyasi yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi. Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalarning nazorat funktsiyasi orqali davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalar daromadlarining shakllanishi, ular mablag’larining oqilona va maqsadga muvofiq ishlatilishi, davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’ oluvchilarning moliya-xo’jalik faoliyati, ular tomonidan moliya qonunchiligiga rioya qilish holati, yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning taqsimlanish va qayta taqsimlanish nisbatlari nazorat qilinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat moliyaviy resurslarining shakllanishi va ishlatilishi ustidan nazoratning zarurligi va ahamiyati yanada ortib bormoqda. Davlatning xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va aholi o’rtasida sodir bo’ladigan moliyaviy munosabatlari byudjet munosabatlari deyiladi. Bu munosabatlarning moliyaviy munosabatlar tizimining bir qismi sifatidagi o’ziga xos xususiyati shundaki, birinchidan, bu munosabatlar ko’pqirrali taqsimlash jarayonida sodir bo’ladi va bu jarayonning ishtirokchisi bo’lib davlat (tegishli hokimiyat organlari timsolida) qatnashadi. Ikkinchidan, bu munosabatlar umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan markazlashgan pul mablag’lari fondining shakllanishi va ishlatilishi bilan bog’liq. Byudjet munosabatlari juda xilma-xildir, chunki ular ko’p pog’onali va kengqamrovli taqsimlash jarayonining turli yo’nalishlarida (iqtisodiyot sektorlari, ijtimoiy faoliyat sohalari, mamlakat hududlari o’rtasida) sodir bo’ladi. Bu munosabatlar ob’ektiv xarakterga ega, chunki har yili davlat ihtiyorida: - kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun; - mamlakat fuqarolarining ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun; - mudofaa vazifalarini xal etish uchun; - davlat boshqaruvining umumiy xarajatlarini qoplash uchun zarur bo’lgan milliy daromadning bir qismi to’planishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, davlatning o’z funktsiyalarini bajarishi uchun ma’lum darajada moddiy va moliyaviy bazaning zarurligi bu munosabatlarining ob’ektiv zarur va mavjud bo’lishini taqozo etadi. Mamlakat moliyaviy resurslarining davlat ixtiyorida markazlashish darajasini aks ettiruvchi davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalarning hajmi qator omillarga bog’liq: - iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasiga; - davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasiga; - korxona, tashkilot va muassasalardagi xo’jalik yuritish usullariga; - jamiyat tomonidan hal etilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning xarakteriga, - iqtisodiyotda va ijtimoiy soha-tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlarning ko’lamiga va boshq. Xulosa qilib aytganda, milliy iqtisodiyotni boshqarish va taribga solishda, ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda, har bir davrning ustuvor taraqqiyot vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishda davlatning boshqa iqtisodiy instrumentlari qatori, davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalar ham muhim ahamiyat kasb etadi va ma’lum vazifalarni bajaradi. Lekin bu vazifalarning samarali bajarilishi tegishli moliya mexanizmining ishlab chiqilishini taqozo etadi. Moliya mexanizmining instrumentlari qatorida davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalar daromadlari va xarajatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Download 385.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling