Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti
Download 0.93 Mb.
|
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН
Romanda o‘lik olamdan tirik olamning yaralishi haqidagi mifologik asos jamiyat hodisasiga ko‘chirilar ekan, o‘z mohiyatini tubdan o‘zgartiradi. Aniqroq aytganda, qadimiy mif mohiyatida kuzatilgan tabiat va jamiyat qonunlariga xos uyg‘unlik yo‘qoladi. Qizig‘i shundaki, ramziy timsol semantikasidagi mazkur evrilish roman poetik mazmunini xalq tarixiy taqdiridan keskin ajratmaydi. Badiiy talqin asnosida, voqelikda tanazzul sodir bo‘ladi. Biroq, zohiriy qatlamda “tirilish” kuzatilmaydi. Aksincha, sho‘ro jamiyati elga bek bo‘lishi mumkin bo‘lgan fuqaroni itoatkor qul qilish bilan cheklanmay, uning nomini unuttirish darajasida tubanlashadi. Bizningcha, bu o‘rinda “tirilish” motivi romandagi poetik hukmning ishora qatlamiga ko‘chadi. Zotan, bir inson boshiga tushgan kulfatga befarq jamiyatning tanazzuli yangi etnos paydo bo‘lishi muqarrar ekanidan ham darak beradi. Kitobxon xuddi “Kul tegin bitigi”dagi kabi o‘z oldiga: – “Qaysi xoqonga mehnatimni, kuchimni sarf qilyapman?”39 -degan o‘rtaguvchi savolni qo‘yadi.
Roman etnosni o‘z urug‘ini qirishga shaylangan “Tabg‘ach xoqon” – totalitar jamiyatga qarshi uyg‘onish – davlatli va xoqonli xalq bo‘lish, o‘z tabiatini o‘zgartirishga undaydi. U loqaydlikni inson turmush tarziga begona, jirkanch illat sifatida keskin qoralaydi. Shu ma’noda, epigrafda izlangan hayot suvi haqidagi hikmat go‘yo mustamlakachilikka qarshi kurash va “xalq bo‘l!” ma’nosida jaranglaydi. Binobarin, yozuvchi adabiy-estetik konsepsiyasi g‘ayrat-matonatli, vatanparvar – yangi passionar shaxslargina yaratishi mumkin bo‘lgan etnik- ijtimoiy biomaydon sog‘inchi jihatidan qadimiy qahramonlar: Kul tegin, Gilgamish, Go‘ro‘g‘li, Alpomishlarni ijod etgan xalq poetik tafakkuri, o‘y-kechinmalari, orzu-armonlariga uyg‘un. Bizningcha, mazkur roman estetik qimmatiga xos milliylikni unda kitobxonni mustamlakachilar osongina boshqaradigan va endilikda, mutlaqo eskirgan olomonlik psixologiyasini inkor qilish ruhi aks etganidan izlash lozim. Chunki N.ning o‘limi ramziy ma’noda, tanazzulga uchragan epik makon (mustamlaka yurt)ni ham anglatadi. Ayni paytda, yozuvchi kitobxonni boshiga og‘ir kulfat tushgan N. (keng ma’noda, inson) taqdiriga befarq qarash mumkin emasligidan ogoh etadi. E’tiborsizlik va befarqlik illatlari ustidan 38 Gumilyov L.N. Mongolы i merketы v XII v. – Uchyonыye zapiski Tartusskogo gosuniversiteta. 1977. – S.82-83. 39 Qadimiy hikmatlar. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1987. – B.25 Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling