Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 0.93 Mb.
|
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIR HIKOYA TAHLILI
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:D.Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish- Toshkent, 2018 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol, Hujurot surasi, 9-oyat https://n.ziyouz.com N. Eshonqul. Urush odamlari- “Sharq” nashriyoti, 2008 BIR HIKOYA TAHLILINigoraxon HOSHIMOVA, TDPU O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi Zamonaviy o‘zbek hikoyachiligi rivojida iste’dodli adib Nazar Eshonqulning o‘z o‘rni bor. Adib tomonidan yaratilgan hikoyalar olimlarimizning e’tiroflaricha, o‘zining vokelikka yangicha munosabati bilan badiiy tafakkurni yangilashga xizmat qiladi. Shu jihatdan “Maymun yetaklagan odam”, “Bahovuddinning iti”, “Evolyusiya” kabi hikoyalari alohida ajralib turadi. Biz bu maqolada yozuvchining “Evolyusiya” hikoyasini tushunganimcha talqin qilishga harakat qilamiz. Hikoya “Evolisiya” deb nomlanadi. Evolisiyaga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “... tabiat va jamiyatda uzliksiz va tadrijiy ravishda davom etadigan va sifat o‘zgarishlarga olib keladigan miqdor o‘zgarishlari”197, deb ta’rif beriladi. “Falsafa. Qomusiy lug‘at”da ta’kidlanishicha, zamonaviy tabiatshunoslik har qanday mavjudod evolyusiya natijasidir, degan g‘oyaga asoslanadi198. Agar hikoyadagi vokelikka shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, qahramonning nafaqat ruhiyatida, balki qismati va jismidagi miqdoriy o‘zgarishlarga uchrashini ham muallif evolyusion qonuniyatlar fonida tasvirlashga jazm qilgan, deb o‘ylashimiz mumkin. Hikoyada nomsiz kimsaning fojiali qismati hikoya qilinadi. Hikoyada realistik tasvir bilan xayoliy uydirma uyg‘inlashib ketsada, mohiyatida katta hayotiy haqiqatlar ilgari suriliyotgandek taassurot uyg‘otadi. Biroq hikoyani o‘qishdan olingan taassurot har kimda turlicha bo‘lishi mumkin. Asar qahramoni bir necha kundan buyon ochlikdan azob chekmoqda, uning shahriga dahshatli mahluq boshchiligida g‘animlar bostirib kirgan va butun shaharni egallagan. Hikoya qahramoni jon saqlash ilinjida tinimsiz g‘animlardan qochib, pana-panalarda yashirinib yuradi. Uning hech kimi yo‘q: na oilasi, na do‘stlari. Ochlik, qo‘rquv va ta’qiblar 197 O‘zbek tilining ijohli lug‘ati. Besh jildlik. Beshinchi jild. –T.: 2008.-B. 17 198 Qarang: Falsafa.Qomusiy lug‘at. –T.: 2004. –B.455 tufayli u insoniy qiyofasini yo‘qota boshlagan. Xuddi daydi jonzotlar kabi chiqindilarning orasidan ozuqa topib yeyishga (ozuqa ham har doim topilavermaydi), balchiq hidi anqib turgan suvdan ichishga( hatto hayvonlar ham bu suvni ichgisi kelmaydi) mahkum. Gʻariblik, tushkunlik unda ma’naviy inqirozga yo‘l ocha boshlaydi. Uning jismini odamzodga xos barcha xislatlar asta-sekin tark eta boshlagan esa-da, faqat insoniy qalb hamon mavjud. U butun borliqqa mavjudligini bildirib urib turibdi! Shu urib turgan qalb bois bir safar imkoniyat tug‘ilgan bo‘lsada dushman tomonning farzandini o‘ldirishga vijdoni yo‘l qo‘ymaydi. Bolakayni ushlab turar ekan, o‘zining yoshlik xotiralari esiga tushadi: otasidan kaltak yegani, yig‘laganlari... bolakayning jovdirab boqib turishini ko‘rib uni qo‘yib yuboradi. U tinimsiz ta’qiblarga duchor bo‘lgan mahkumlar singari goh shaharning u chekkasida, goh bu chekkasida bekinib yurishdan boshqa iloji yo‘q. Xaroba binolar, kimsa topmas joylar endi unga maskan bo‘ldi. Quvg‘indagi taqdiriga hikoya oxirida nuqta qo‘yiladi: u «qo‘zichoqqa» aylanib, g‘animlar qo‘liga tushadi. Qo‘zichoq ular tomonidan “iliq kutib” olinadi. Hikoyadagi bunday yakunni realistik tasvirga ko‘nikkan kitobxonning birdan qabul qilishi kiyin kechadi. Hikoyaning asl mohiyatini tushunmagan o‘qirman, “inson hech qachon»qo‘zichoq»qa aylanib qolmaydi”, degan xulosaga bilan o‘zini ishontirishi tabiiy. Natijada muallif tomonidan hikoyaga yuklatilgan evolyusion jarayon – majoziy-falsafiy ma’no anglanmay qoladi. Modernistik asarlarni tushunish shuning uchun ham qiyin. Asar qahramonlari hayotda hech qachon uchramasligi, ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan voqealarga guvoh bo‘lishi uning badiiy qimmatini oshiradi. Biz tahlil qilayotgan hikoya ham sirtdan qaraganda, bir inson, bir shahar va unga bostirib kirgan g‘animlardan iborat to‘qimadek ko‘rinadi. Aslida esa majoziy-ramziy fonda inson – xalq - tarix ( qaram bo‘lgan millatlar), shahar - vatan ( g‘animga qaram bo‘lgan mamlakat), mahluq va g‘animlar - mamlakatga bostirib kirgan sarkarda va uning qo‘shini (bosqinchilar) timsollarida kelib, asar mohiyatini ochuvchi asosiy figurantlarga aylanadi. Binobarin, ushbu tanlangan fon vositasida muayyan insoniyat qismati, uning asrlarga cho‘zilgan, butun bir tarixni tashkil etuvchi hayoti, tarix sahifalariga jo bo‘lgan yovqurligi, yengilmas irodasi, hayotga bo‘lgan kuchli muhabbati va g‘animlar bosqini tufayli asta-sekin “qo‘zichoq”qa aylana boshlagan qismati turadi. Hikoya qahramoni g‘animlarga qarshi kurash maydonida bir o‘zi qoldi. O‘n ikki yoshida ota- onasi ko‘z o‘ngida foniy dunyo tomon yo‘l oladilar. Jondan ortiq suygani xochga osib, tanasi misdek qoraytiriladi. Yosh bolaning ko‘z o‘ngida ota-onasini o‘ldirish orqali ular naqadar «buyuk qudrat» sohibi ekanliklarini isbotlamoqchi bo‘lishadi. U hamisha ta’qib ostida yurar ekan, hech qachon ajdodlar xotirasi yodidan ko‘tarilmaydi. Bir o‘zi quvg‘inda, atrofida hech kimi yo‘q. “Birinchi bo‘lishdan ko‘ra, so‘nggi bo‘lish naqadar og‘ir. Sen ota-bobolaring yozib kelgan, zamonlar changalida beshavqat va quturgan sellar hayot qoyasidan ulkan-ulkan halqalarni ham surib ketgan, vaqti-vaqti bilan yog‘ib turadigan tarix yomg‘irlari ham o‘chira olmagan qissaga so‘nggi nuqta bo‘lishingni o‘ylashning o‘ziyoq dahshat».199 Ta’qiblar uzoq davom etdi... Ba’zan osmonlarga qarab, o‘tgan umri haqida hayol surdi. Ochlik va tashnalik aqldan ozdirdi. Kimsasiz saroylarda kechasi bilan bo‘ridek uvullab o‘ziga taskin berdi, ichidagi bor dard-u alamlarni ojizona uvullash orqali chiqarishga harakat qildi. «Go‘yo o‘zi bilan butun ajdodlari ham qo‘shilib nola qilayotgandek bo‘lardi; ular o‘z naslining tugab ado bo‘layotganidan nola va faryod qilardi; biroq birinchi uvlash bilan so‘nggi uvlash bir- biridan farq qilardi; birinchisida baxtiyorlik va sha’n mujassam edi, ikkinchisida hasrat va sog‘inch yotardi».200 Hikoyaning xuddi mana shu yerida uning sarlavhasiga yana bir izoh kiritib o‘tish joiz. Evolyusiya - biologiya fanida tirik organizmlarning tarixiy o‘zgarishi. Tirik organizmlar, 199 Eshonqul N. Shaftoli guli. Hikoyalar. –T.: 2011.- B.48 200 O‘sha manba, o‘sha bet. xususan, inson ham uzoq evolyusion rivojlanish natijasidir. Har bir qadimiy xalqning tarixiy ildizlari ham uzoq zamonlarga borib taqaladi. Butun dunyo xalqlar singari o‘zbek xalqi ham qadim tarixga ega. Mifologik tasavvurlarga ko‘ra, turkiy xalqlar bo‘ridan tarqalgan, degan qarash mavjud.201 Bilamizki, bo‘ri tabiatan o‘jar, hayvonlar orasida eng irodalisi hisoblanadi. Hikoya qahramonining xuddi bo‘ridek uvullashi ham ramziy ma’no kasb etib turibdi. Go‘yo butun boshli bo‘rilar to‘dasidan yolg‘iz u qolgan va hayoti ta’qiblar ostida o‘tishga mahkum. Ta’qiblar uni charchatdi, u holdan toydi. Uvullashi ham avvalgidek mardona emas, balki ojizona. Oxirgi manzili xaroba hujraga qamalgach g‘animlarning qo‘liga tushishi muqarrar bo‘lib turgan bir vaziyatda, o‘sha yerda o‘lib yotgan kalamushni ko‘rar ekan, hatto u ham mendan ko‘ra mazmunliroq o‘lim topibdi, deb qalbidan o‘tkazadi. Gʻanimlar ichkariga kirganida esa u yerda bir qo‘zichoqni ko‘radilar xolos. Qo‘zichoq hali juda yosh va yuvoshgina. Gʻanimlar hujradan « nimjongina», qo‘rquvdan dildirab turgan qo‘zichoqni olib chiqishadi. «Qo‘zichoq o‘zaro suhbatni tushungandek, ko‘zlarini tantiqlik bilan yumib oldi; har-har damda u ko‘zlarini cho‘chib ochar, lekin hech qanday xavf yo‘qligini sezgach. Yana barvastaning barmog‘ini ochiqib so‘rardi”.202 Yapon xalqida bir odat bor, deyishadi: agar jangda askarlardan biri asirga tushsa, shu ondayoq o‘zini-o‘zi mavh etarkan. Ya’ni, dushman qo‘liga tirik holda asirga tushishni xalqiga nisbatan qilgan xiyonat hisoblarkan. Bizda Muqaddas dinimizga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilmoq, musulmon uchun gunohi azim. Ammo dushmanga qul bo‘lib yashagandan ko‘ra, o‘lim ham afzal. Xulosa har kimning o‘zida. Shu o‘rinda Cho‘lponning bir misrasini keltirib o‘tish adolatdan bo‘lardi: «Kishan kiyma, bo‘yin egma, Ki, sen ham hur tug‘ulg‘onsan!». 201 Bu haqda qarang: Sattorova G. Milliy xarakter va badiiy talqin. – T.: 2004.-B. 18 202 Eshonqul N. Shaftoli guli. Hikoyalar. –T.: 2011.- B.59 Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling