Davlat qarzlarini boshqarishning zarurligi
Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishning
Download 45.75 Kb.
|
FARRUX AKA
Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishning hozirgi zamon muammolari
G’aznachilik moliya tizimini boshqarish jarayonida Markaziy bankdan, umuman, bank tizimidan yoki xususiy sektordan olinadigan qarzlar hajmini keskin kamaytirishga turtki beradi. G’aznachilik O’zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, davlat boshqaruv organlarining qarz munosabatlariga doir shartnomalarning asl nusxalarini, qarzga kafolat bo’lgan boshqa hujjatlarni yig’adi va saqlaydi. Xorij mamlakatlari amaliyotini tahlil qilish natijalari shuni ko’rsatadiki, davlat tuzilishi turlicha bo’lgan mamlakatlarda davlatga qarashli mablag’lar Moliya vazirligining tarkibiy qismi bo’lgan G’aznachilikning yagona hisobraqamida to’planadi, davlat qarzlarini boshqarish g’aznachilikka yuklatilgan. G’aznachilik departamenti muomalaga qimmatli qog’ozlar chiqarishni, ularni hajmini, tarkibini va to’lov muddatini nazorat qiladi va ularning tarkibiga bog’liq barcha masalalarni echadi. G’aznachilik davlat qarzlarini boshqarishda turli bosqichlarda qatnashishi mumkin va u bajarilgan hisob-kitob operatsiyalari uchun javob beradi. Har bir mamlakatda Davlat moliyasini boshqarishni o’zi turli yo’nalishlarga ega: Naqd mablag’larni boshqarish. Moliyaviy rejalashtirish. Davlat qarzlarini boshqarish. Davlatning moliyaviy aktivlari ustidan nazorat qilish. Rivojlangan mamlakatlar tajribalari shuni ko’rsatadiki, g’aznachilik tizimi tarkibiy tuzilishi, huquqiy asoslari hamda bajaradigan vazifalari bilan turli mamlakatlarda turli xil ko’rinishga ega.G’aznachilik davlat qarzlarini boshqarishda turli bosqichlarda qatnashishi mumkin va nihoyat, g’aznachilik bajarilgan hisob-kitob operatsiyalari uchun javob beradi. Ba’zi mamlakatlarda g’aznachilik davlat qarzi, qimmatbaho metallar va boshqa aktivlarni boshqarish masalalariga javob bersa, boshqalarida u to’lovlarni amalga oshirishdan avval nazorat ishlarini olib boradi, yana boshqalarida g’aznachilik budjet ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tuzishga va nashr qilishga javob beradigan boshqaruv organi sifatida faoliyat ko’rsatadi. Masalan, Avstraliya Buyuk Britaniya, AQSh kabi davlatlarda g’aznachilik tizimining «kengaytirilgan funktsiyali» tizimi mavjud bo’lib, bunday tizimda g’aznachilik organlari davlatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini olib boradi. Har xil mamlakatlarda g’aznalariga yuqorida sanab o’tilgan vazifalar yuklatilgan edi, ularning mahalliy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, yangi vazifalar yuklatildi va ba’zilari olib tashlandi. Uzoq davom etgan urushlar sababli davlat boyligining kamayishi oqibatida g’aznalarga yangi vazifa-ichki va tashqi qarz majburiyatlarini ishlab chi-qish yuklatildi. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan xarajatlar sohasida yuritilayotgan siyosati, budjet taqchiligini YaIMga nisbatan har yili o’rnatiladigan doirasi miqdorida Davlat budjeti balansligini ta’minlashga qaratildi. Iqtisodiyotga investitsiyalar hajmi, aniq maqsadli va samarali kredit resurslarini taqsimlash kengaydi, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi rivojlantirildi, budjet taqchiligi va inflyatsiya sur’atlari qisqardi. Budjet taqchilligini moliyalashtirish manbalari va uni moliyalashtirish mexanizmlarini o’rganishda taqchillikni moliyalashtirishning oqibatlari, obligatsiya chiqarishni davlat qarzlari bilan bog’liqligi, shuningdek, budjet taqchilligi bilan pul massasi, davlat qarzlari o’rtasidagi mutanosiblik e’tiborga olinadi. Budjet taqchilligini moliyalashtirish uchun davlat ochiq bozorda pulni qarzga olish yoki pul bosib chiqarishi yoki o’z mulkining bir qismini sotishi mumkin. Download 45.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling