Davlat qarzlarini boshqarishning zarurligi


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash sharoitida davlat kafolatlarini boshqarilishi


Download 45.75 Kb.
bet5/6
Sana13.04.2023
Hajmi45.75 Kb.
#1354951
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
FARRUX AKA

5. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash sharoitida davlat kafolatlarini boshqarilishi.
Budjetning xarajatlar bo’yicha ijrosi Budjet direktorati tomonidan nazorat qilinadi. Budjet direktorati o’z tizimiga qa-rashli moliyaviy nazoratchilar yordamida mablag’larni xarajat qi-lish sur’atlarini nazorat qiladi. Xarajatlar juda qattiq nazo-rat qilinadi: Frantsiyadagi G’aznachilik Avstraliyadagi G’aznachilik kabi davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqaradi, yuqorida aytib o’tganimizdek, muomalaga qimmatli qog’ozlarni chiqarishni nazorat qiladi, ularni hajmiga, to’lov muddatiga va tarkibiga bog’-liq masalalarni echadi. Davlat moliyasini boshqarish, uning hisob-kitobini yuritish mablag’ jalb qilish bilan birga olib boriladi. U davlat majburi-yatlarini boshqaradi, ichki va tashqi mablag’ni jalb qiladi, ularning hisob-kitobini yuritadi va har yilgi davlat qarzlari to’g’risidagi hisobotni tayyorlaydi.
Xorijiy mamlakatlarda g’aznachilik har chorakda turli darajadagi davlatning boshqaruv organlarining qoplanmagan qarzlarini, budjet tashkilotlarining va davlat muassasalarining qarzlarini qo’shib, barcha qoplanmagan qarzlar ro’yxatini tasdiqlaydi va nashr qiladi. Bunday ro’yxat har bir qarzlar bo’yicha quyidagi axborotlarni beradi:
  • qarzdor nomi;


  • shartnomadagi boshlang’ich summa;


  • qoplanmagan qismining hajmi;


  • foiz stavkasi;


  • to’lov muddati;


  • joriy moliya yilida qarz uchun oylik to’lovlar hajmining prognozi;


  • kelgusi moliya yilida qarz uchun oylik to’lovlarning hajmi prognozi;


  • boshqa zarur axborotlar.




Mazkur hisobotlarni tayyorlash uchun barcha davlat boshqaruvi organlari va davlat tashkilotlari G’aznachilik tomonidan belgilangan shaklda va muddatda zarur axborotlarni G’aznachilikka taqdim qiladi.
Xorijiy mamlakatlar tajribalari shuni ko’rsatadiki, Rossiya Federatsiyasida «Budjet tasnifi tugrisida»gi 1996 yil 15 avgustdagi №115 Federal Qonunda ko’rsatilgan quyidagi tasniflaridan foydalaniladi.

  1. Rossiya Federatsiyasi budjet daromadlarining tasnifi.


  2. Rossiya Federatsiyasi budjet xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi.


  3. Rossiya Federatsiyasi budjet xarajatlarining tashkiliy tasnifi.


  4. Rossiya Federatsiyasi budjet xarajatlarining iqtisodiy tasnifi.


  5. Rossiya Federatsiyasi budjeti defitsitini moliyalashtrishning ichki manbalarining tasnifi.


  6. Rossiya Federatsiyasi budjeti defitsitini moliyalashtrishning tashki manbalarining tasnifi.


  7. Rossiya Federatsiyasi davlat qarzlari va Rossiya Federatsiyasi sub’ektlarining ichki qarzlari tasnifi.


  8. Rossiya Federatsiyasi tash³i davlat ³arzlari va tash³i aktivlari tasnifi.




Rossiya Federatsiyasida birinchi marta 1998 yilda Federal budjet defitsitni hisobga olgan holda umumjaµon uslubiyoti asosida tuzildi. Bunda daromadlar va xarajatlarni balanslashtirish tartibida, xarajatlarni moliyalashtirishning ichki va tash³i manbalarida, budjet defitsitini k´rsatishda, xarajatlarni hisob-kitobini olib borishda, davlat qarziga xizmat ko’rsatish va uni qoplashda o’zgarishlar kiritildi. Rossiya Federatsiyasida maµalliy budjetning defitsitni moliyalashtirishning ichki manbalari sifatida munitsipal qimmatli qog’ozlar (zayomlar), yuqori darajadagi budjetdan olingan budjet ssudalari va kredit muassasalaridan olingan kreditlardan foydalanish amaliyotga kiritildi. O’zbekistonda chuqur iqtisodiy o’zgarishlar yuz bermoqda. Jaxon moliyaviy inkirozi sharoitida Davlat budjetining ahamiyati oshib bormoqda. Respublika hukumati boshlangan iqtisodiy islohotlarni davom ettirib, Davlat budjeti taqchilligi hajmini va inflyatsiya sur’atlarini pasaytirish, sanoat ishlab chiqarishni va eksport hajmini, aholini real daromadlarini oshirish siyosatini yuritmoqda.
O’zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to’g’risida»gi qonunning “Davlat tomonidan mablag’ jalb qilish” deb nomlangan 40-moddasida ta’kidlanishicha, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi kelgusi moliya yili uchun davlat budjetini qabul qilinayotganda davlat ichki va tashqi qarzining eng yuqori miqdorini tasdiqlaydi. Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilishga hamda davlat qarzi ko’payishiga olib keladigan boshqa hara-katlar O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilish yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari-ni, jumladan, davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish.
Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari o’rtasida tu-shumlar vaqtga ko’ra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan ichki tafovutni to’g’rilash;
Mavjud qarzni qayta moliyalashtirish.
Budjet taqchilligini moliyalashtirish.
Tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli mablag’larga bo’lgan ehtiyojlarni qoplash maqsadida amalga oshirilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat tomonidan amalga oshirilayotgan barcha mablag’ jalb qilishlar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga axborot taqdim qiladi.

Jismoniy shaxslarning majburiyatlari bo’yicha O’zbekiston Respub-likasining kafolatlari berilmaydi. Kafolatlar berish tartibi, shuningdek, kafolatlar berilganligi uchun uni oluvchidan haq olish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Davlat qarzi bo’yicha to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirishga hamda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining majburiyatlaridan kelib chiquvchi to’lovlarni amalga oshirish uchun mablag’larni jamlashga shart-sharoit yaratish maqsadida respublika budjeti tarkibida Kafolat jamg’armasi tuziladi.


G’aznachilik:

  • kassadagi naqd pullarni boshqarish;


  • oylik kassa limitlarini o’rnatish;


  • budjet tashkilotlarining shartnomalarini ro’yxatga olish;


  • budjet tashkilotlarining moliyaviy sarf-xarajatlarini joriy nazorat qilish (to’lov arizalari nazorati);


  • budjet ijrosining hisobini yuritish va moliyaviy hisoboti;


  • davlat qarzi va hukumat kafolatlari hisobini olib boradi.




O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat tomonidan amalga oshirilayotgan barcha mablag’ jalb qilishlar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga axborot taqdim qiladi. Davlat tomonidan mablag’ jalb qilishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ davlat qarziga xizmat ko’rsatuvchi va davlat tomonidan mablag’ jalb qilish bo’yicha hisob-kitoblarning o’z vaqtida va to’g’ri yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi agent vazifasini bajarishlari yuzasidan banklar, moliya tashkilotlari bilan shartnomalar tuzishi mumkin.
Kafolat jamg’armasi tashkil etish va undan foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to’g’risida»gi qonunida davlat qarzi-davlat tomonidan ichki mablag’ni va xorij-dan mablag’ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O’zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi deb ta’rif beriladi.
Davlat tomonidan ichki mablag’ni jalb qilish natijasida vu-judga kelgan O’zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’in-disi davlatning ichki qarzlari deyiladi. Davlat tomonidan xo-rijdan mablag’ni jalb qilish natijasida vujudga kelgan O’zbekis-ton Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi davlatning tashqi qarzlari deyiladi.


Davlat tomonidan ichki mablag’ni jalb qilish- aktivlarni ichki manbalardan rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan jalb etish hamda buning natijasida O’zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditla-rini-qarzlarini to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vu-judga kelishidir. Davlat tomonidan xorijdan mablag’ni jalb qi-lish-aktivlarni xorij manbalaridan (chet el davlatlaridan, nore-zident yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida O’zbekiston Respublikasining qarz oluv-chi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini-qarzlarini to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga keladi.

Download 45.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling