Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Download 0.58 Mb.
bet98/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

Bildirishnoma shakli

5-ilova

Mirzo Ulug‘bek nomidagi CTzbekiston Milliy universiteti

Dekan o‘rinbosari A. Rahimovga

2019-yil 5-noyabr




Kafedraga metodik yordam ko‘rsatish haqida




BILDIRISHNOMA

Bildirishnoma matni (uning yozilish sabablari, xulosalar, talab va takliflar).

Ilova: (agar zarur bo‘Isa)




Kafedra mudiri (imzo)

I. Ahmadxo‘jayev


Agar bildirishnoma mantiqan va mazmunan to‘g‘ri, isho- narli dalil va isbotlar bilan yozilsa, uning har ikkala shaklidan ham foydalanish mumkin.
6-ilova
«Farovon hayot sari» fermer xo‘jaligi rahbari N.Haydarovdan Tuman fermerlar kengashi raisi M. Anorqulovga
BILDIRISH
Fermer xo’jaligimizda yetishtirilgan bug‘doyni o‘z vaqtida nest-nobud qilmay о‘rib olish uchun 28-maydan bizga 2 ta kombayn kerak boiadi. Agar tuman mashina-traktor parki 28-maydan 5-iyungacha 2 ta kombayn ajratib bersa, yillik rejani ortig‘i bilan bajaramiz.
Fermer xo‘jaligi rahbari (
imzo) N. Haydarov

  1. yil 25-may


235


Ma ’lumot-axborot hujjatlari




7-ilova


TDTU Energetika fakulteti dekani J. Toshevga Tillar (o‘zbek va rus) kafedrasi o‘qitiivchisi A. Saidnomanovdan
BILDIRISH

  1. yil 18-mart soat 13:20 da bo'ladigan o‘zbek tili darsiga 167-19-gurub talabalaridan besh nafari: (talabalaming familiyasi, ismi va otaismlari) kelmaganligini ma’lum qilaman.

(imzo)
A. Saidnomanov

  1. yil 18-mart


236


Vasiyatnoma




VASIYATNOMA
Vasiyatnoma bir shaxsning (vasiyat qiluvchining), u va- fot qilgan taqdirda, o‘ziga qarashli bo4gan mol-mulkni tasar- ruf etish bo4yicha xohish-irodasi bayon qilingan hujjatdir. U muayyan andoza bo‘yicha tuzilishi, belgilangan talablarga (vasiyat qiluvchining huquqiy muomala layoqati, farmoyish- ning qonuniyligi, vasiyat qiluvchi tomonidan opining so‘nggi xohish-irodasini bayon qilish erkinligi) javob berishi kerak.
Vasiyatnoma bo‘yicha har qanday shaxs (jumladan, qonun- da belgilangan merosxo‘rlar doirasiga kirmaydigan shaxslar ham), shuningdek, davlat, jamoat, kooperativ tashkilotlari merosxo‘r bo‘lishi mumkin. Vasiyat qiluvchi o‘z mol-mulkini (uning bir qismini) bir yoki bir nccha merosxo‘rga, shu bilan birga, yuridik shaxslarga, davlatga yoki fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish idoralariga vasiyat qilish huquqiga ega. U, shuningdek, vasiyatnomada o‘Iimidan so‘ng uni qaysi qabris- tonga ko‘mish, yodgorlik qo^yish yoki qo‘ymaslik, qanday marosimlar o‘tkazish haqida va shunga o4xshash farmoyishlar berish huquqiga ega.
Vasiyat qiluvchi yoki meros qoldiruvchi vasiyatnoma tu- zilganidan keyin uni istagan paytda bekor qilish va o‘zgartirish borasida erkin bo‘lib, bunda u bekor qilish yoki o‘zgartirish sabablarini ko‘rsatishga majbur emas.
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1124-1133-moddalari da vasiyatnoma, uning shakli va yozi­lish uslubi, turlari, uni bekor qilish va o‘zgartirish, vasiyatno­ma bilan bogiiq boshqa holatlar batafsil ko‘rsatib berilgan.
Vasiyatnoma, odatda, yozilgan joyi va vaqti ko'rsatilgan holda yozma shaklda tuzilishi lozim. Quyidagi vasiyatnomalar


237


Ma ’lumot-axborot hujjatlari




yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi: a) notarial tasdiqlangan vasiyatnomalar; b) notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnomalar.
Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining o‘z qoii bilan imzolanishi kerak. Agar vasiyat qiluvchi biron-bir jismoniy nuqsoni, kasalligi yoki savodsizligi tufayli va- siyatnomani o‘z qoii bilan imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan, notarius yoki qonunga muvofiq vasiyatnomani tas- diqlaydigan boshqa shaxs hozir boiganida, vasiyat qiluvchi o‘z qoii bilan imzolay olmaganligining sabablari ko‘rsatilgan holda, vasiyatnomaga boshqa shaxs imzo qo‘yishi mumkin. Lekin notarius yoki vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa shaxs, vasiyatnomadan manfaatdor shaxslar va ularning oila a’zolari, vasiyat qiluvchining qonuniy merosxo‘rlari, toiiq muoma­la layoqatiga ega boimagan fuqarolar, vasiyatnomani o'qiy olmaydigan boshqa shaxslar, yolg'on guvohlik bcrgani uchun ilgari sudlangan shaxslar vasiyatnomaga imzo qo‘yishi mum­kin emas.
Notarial tasdiqlangan vasiyatnoma vasiyat qiluvchi to­monidan yozilgan yoki uning so‘zlaridan notarius tomonidan yozib olingan boiishi kerak. Vasiyatnomani keyingi holatda yozib olish paytida umumiy qabul qilingan texnika vosita- laridan foydalanish mumkin.
Vasiyat qiluvchining so‘zlaridan notarius tomonidan yozib olingan vasiyatnomani imzolashdan oldin vasiyat qiluvchi uning matnini notarius oldida toiiq o‘qib chiqishi lozim. Agar vasiyat qiluvchi ayrim obyektiv sabablarga ko‘ra vasiyatno­mani shaxsan o‘qiy olmasa, uning matni vasiyat qiluvchiga notarius tomonidan o‘qib eshittiriladi, bu holat vasiyatnomada tegishlicha qayd etiladi.
Vasiyat qiluvchining xohishiga ko‘ra, vasiyatnoma notari­us tomonidan uning mazmuni bilan tanishib chiqilmasdan (maxfiy vasiyatnoma) tasdiqlanadi. Maxfiy vasiyatnomani va­siyat qiluvchi haqiqiy sanalmaslik xavfi (ehtimoli) borligidan


238



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling