Konsolli yoritgich qismlarining umumiy birlashishi
I – ko‘tarib turuvchi asos; 2 — drossel; 3 — to‘ldiruvchi kondensatorlar; 4 – impulsli yondirish vositasi; 5 — flanets; 6 – nur manbam; 7 – aks ettiruvchi 5 korpus; 8, 9 –PRA korpus yopgichi; 10 — filtr zichlagich; II — lampali patron; 12 – himoya oynasi.
Ko‘chalar, maydonlar, yo‘llar, ko‘priklar va transport echimlarini yoritish uchun balandligi quyidagicha bo‘lgan tizimlar ishlatiladi: oddiy, yoritish asboblari І tayanchga ilinadi yoki 6-15 m balandda trosga ilib qo‘yiladi; oraliq, baland tayanchdagi yoritish asbobining balandligi 15-30 m bo‘ladi. Qatnov qismi bilan bir darajadagi piyodalar yurish yo‘li yoki temir yo‘ldan o‘tish yo‘llari yoritilganda yoritish asboblarini diagonal bo‘ylab, ikki tomonga bittadan o‘rnatish tavsiya qilinadi. Ko‘pincha yo‘l va ko‘cha yoritgichlari 8-12 metrlik ustunlarga ilinadi.
Yoritish asboblari o‘rnatilishining asosiy sxemalari.
a – bir tomonli – yo‘l qatnov qismi bir tomonidagi tayanchlarda;
b – shaxmat tartibida ikki qatorli- yo‘l qatnov qismi ikki tomonidagi tayanchlarda;
v – to‘g‘ri burchakli ikki qator – yo‘l qatnov qismi ikki tomonidagi tayanchlarda;
g – o‘qsimon – yo‘l yoki ko‘cha o‘qi bo‘ylab tortilgan troslarda ;
d – to‘g‘ri burchakli ikki qator- harakat o‘qi bo‘ylab tortilgan troslarda to‘g‘ri burchakli tartibda; e – ko‘cha yoki yo‘l ajratish polosasidagi ikki qatorli to‘g‘ri burchakda;
j – to‘rt qatorli – qatnov qismining ikki tomonidagi tayanchlarda, shaxmat yoki to‘g‘ri burchak tartibida, trotuarni yoritish uchun qo‘shimcha kronshteynlar bilan;
e – aralash – qatnov qismining ikki tomonidagi tayanchlarda yoki bino devorlarida, shaxmat yoki to‘g‘ri burchak tartibida.
Yo‘l birlashgan joyda yoritgichlarni o‘rnatish sxemasi:
a - IV va V toifa yo‘ldagi tayanchlarga o‘rnatilgan yoritgich;
b - II va III yo‘llardagi yoritgichlar;
v –qatnov qismi yaqinida binolar bo‘lsa yoritgichlarni troslarga biriktirish;
g – yoritgichlarni kanalsimon birikish yo‘lida joylashtirish;
d- Ѵ ko‘rinishidagi simmetrik birikish yo‘lida joylashtirish;
e-j – yoritgichlarni murakkab kanalsimon birikish yo‘llarida joylashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |