Davlat transport universiteti


Yo'lning o'tkazish qobiliati


Download 0.59 Mb.
bet3/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1592878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Nuriddin Salomov Diplom ish.

Yo'lning o'tkazish qobiliati - vaqt birligi ichida yo'lning ma'lum kesimidan o'tkazishi mumkin bo’lgan avtomobillar soni, avt / soatda yoki avt / sutkada aniqlanadi. Yo’lning o'tkazish kobiliyati harakatga va harakatni tashkil etishga ko’p jihatdan bog’liq.
O'tkazish qobiliyatini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Maksimal nazariy o'tkazish qobiliyati – yengil turdagi avtomobillarni qulay yo'l sharoitidan ideallashtirilgan tartibda o'tkazish mumkin bo’lgan soni. Uni transport oqimining dinamik formulasi yordamida;
Amaliy o'tkazish qobiliyati - qulay ob-havo sharoitida aniq yo’l bo’lagidan ma'lum harakat tartibiga ko’ra avtomobillarni maksimal o'tkazish mumkin bo’lgan soni.
Avtomobil yo’lining maksimal nazariy oʻtkazish qobiliyati quyidagi formula orqali hisoblanadi:
P= avt/sut
bu yerda: V - tasmada harakatlanayotgan avtomobillarning tezligi, km/coat;
Ld - avtomobillarning dinamik o'lchamlari, m.
Dinamik o’lchamlar quyidagi formula orqali aniqlanadi;

bu yerda: la - avtomobilning statik uzunliga; lt- o'tadigan reaksiya vaktidagi masofasi; St- motorning tormoz yo’li; lx- xavfsizlik masofasi; d- xavfsizlik oralig’i.

  1. Yoritilganlik va harakat xavfsizligining bir biriga bog’liqligi

Tashqi yoritishni loyihalashga qo‘yiladigan umumiy talablar
Tashqi yoritish tizimini loyihalash va o‘rnatishda quyidagilar ta’minlanishi lozim:
yoritgichlarning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarining me’yorlangan qiymatlari;
yorug‘lik manbalarining zaruriy spektral tavsiflari;
yoritgichlarning iqtisodiy jihatdan tejamkorligi va elektr energiyasidan oqilona (ratsional) foydalanish;
yoritgichlarning ishonchli ishlashi;
xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va aholining xavfsizligi;
yoritgichlarga xizmat ko‘rsatish va ularni boshqarish uchun qulaylik;
energiya tejamkorlik.
Tashqi yoritgichlar quyidagi hollarda yuqori sifatli rang ko‘rsatilishini ta’minlashi kerak:
haydovchi va velosipedchining yo‘lda yurishida;
piyodalar yo‘nalishida;
odamlar yoki obyektlarni identifikatsiyalash, shu jumladan, yuzini tanib olishda.
Tashqi yoritish tizimlarida energiya samarador lampalarni qo‘llash talab etiladi. Energiya ko‘p iste’mol qiluvchi lampalar (DRL, DNAT) hamda cho‘g‘lanma lampalarni qo‘llash mumkin emas.
Tashqi yoritishda yoritish mahsuldorligi 100 lm/W dan kam bo‘lmagan lampalardan foydalanish lozim.
Yoritishga oid loyihalarni ishlab chiqishda eng yuqori energiya samaradorlikni va iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlaydigan variantni tanlash uchun loyihaviy yechimlar bo‘yicha hisob-kitob ishlarini bajarish tavsiya etiladi.
Tashqi yoritgichlarda ishlatiladigan asbob-uskunalar va materiallar O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilayotgan (o‘rnatilgan tartibda foydalanishga taqdim etilgan) texnik reglamentlar va standartlar talablariga, tarmoqning nominal kuchlanishiga hamda atrof-muhit sharoitlariga mos kelishi lozim.
Ko‘cha va yo‘llar tarmog‘i, turar-joylarning hududlari hamda boshqa yoritiladigan maydonlar tashqi yoritgichlarini kechki vaqtda tabiiy yorug‘lik darajasi 20 lx dan kamayganda ishga tushirish va ertalab tabiiy yorug‘lik darajasi 10 lx dan oshganda o‘chirish lozim.
Piyodalar tunnellarini yoritishni kunduzgi rejimdan kechki va tungi rejimga yoki tungi rejimdan kunduzgi rejimga o‘tkazish ko‘chalar, yo‘llar va maydonlar yoritgichlarini yoqish va o‘chirish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi lozim.
Avtotransport tunnellarini yoritishni tungi rejimdan kunduzgi rejimga va kunduzgi rejimdan kechki rejimga o‘tkazishni kirish joyi yonida tabiiy gorizontal yoritilganlik 100 lx gacha ko‘tarilganda yoki tushganda amalga oshirish zarur.
Arxitekturaviy yoritishni hamda yoritiladigan reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) yoqish va o‘chirish turli dasturlar yordamida boshqarilishi mumkin.
Ko‘chalar, yo‘llar va maydonlarni yoritishni loyihalash, qoidaga ko‘ra, yo‘l qoplamalarining yorug‘lik qaytarish xususiyatlarini hamda ko‘kalamzorlashtirish yechimlarini hisobga olgan holda obodonlashtirish loyihalari tarkibida bajarilishi lozim.
Yorug‘lik texnikasi hisoblarini bajarishda yo‘l qoplamalarining ravshanligi ularning yorug‘lik qaytarish tavsiflariga ko‘ra silliq, g‘adir-budir va yoritilgan g‘adir-budir qoplamalarga ajratiladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling