Davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish
Download 1.3 Mb.
|
Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va se (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- LABORATORIYA ISHI
Takrorlash uchun savollar.
Nima sababdan standartlar o‘zgartiriladi. Standartlarni ishlab chiqish nechta bosqichdan iborat. Standart loyihasi bo‘yicha texnikaviy qo‘mitaning funksiyalari nimalardan iborat? Standartlarni belgilash tartibi qanday? Texnikaviy shartlarni yaratilishining qanday tafovutli tomonlarini bilasiz? MAVZU: SINOV YO‘LI BILAN OLINGAN NATIJALARNI BAHOLASH USULI. Ishdan maqsad: Sinov yo‘li bilan olingan natijalarni baholash usulini o’rganisah to’g’risida ko’nikma va malakalarni shakillantirish Nazariy ma’lumotlar Sinash vaqtida tahlil qilinayotgan to‘qimachilik materiallarining xususiyatlarini o‘rganishda namuna olinadi va uning ko‘rsatkichlari namuna ko‘rsatkichidan ishonchli ehtimolligida berilgan chegarada farq qilinishi mumkin. O‘lchash ehtimolligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: X ур Х i , n bu yerda: n- o‘lchashlar soni; Xi- o‘lchashdagi natijalar. Disperciya quyidagicha topiladi: S 2 Xi X ур . в n 1 O‘lchash natijalarining o‘rtacha darajali farqi quyidagiga teng: Sв Xi X ур 2 . n 1 Kvadratik notekislik quyidagicha aniqlanadi: C Sв 100 . X ур O‘lchash ishlarini o‘tkazayotgan vaqtda natijalar orasida farq hosil bo‘lishi mumkin. SHuning uchun o‘lchash ishlarini ehtiyotkorlik va sekinlik bilan o‘tkazgan taqdirda ular orasidagi farq kamroq bo‘lishi mumkin. Nonormal ko‘rsatkichlarni aniqlash ishlari GOST 11002- 73 ga asosan olingan o‘rtacha baholi qiymatlarning o‘sishi bo‘yicha tartibga solinadi. X1 X 2 X 3 ... Xi ...X n , bu yerda: X1- eng kichik ko‘rsatkich; Xn- eng katta ko‘rsatkich. Nonormal ko‘rsatkichlar mezoni quyidagi formula bilan aniqlanadi: U Xn X ур , n S в bu yerda: Un- eng katta ko‘rsatkich mezoni. U X ур X1 , 1 S bu erda: U1- eng kichik ko‘rsatkich mezoni. Ko‘rsatilgan 4- jadval bo‘yicha o‘lchovlar solishtiriladi. jadval
Agar Un> yoki U1> bo‘lsa, unda qiymatlari Xn yoki X1 0,95 ehtimollik bilan Yuz berishi mumkin, ya’ni bu qiymatlar nonormal, ularni hisobdan olib tashlash kerak. Hamma to‘dadagi materiallar uchun yig‘ma tanlangan xususiyatlar qo‘llaniladi. Yig‘ma xususiyatlarini qo‘llashda hisoblangan barcha to‘da materiallari ishonchlilik oralig‘ida kiritiladi. Ikki tomonlama ishonchlilik oralig‘i Xo‘r-av dan Xo‘r+av gacha bo‘lib, berilgan ishonchlilik ehtimolligida aniq bo‘lmagan ko‘rsatkich bo‘lishi mumkin. Ishonchlilik ehtimollik Pg berilgan ishonchlilik ehtimolligiga bog‘liq bo‘lgan haqiqiy qiymat oralig‘ida yotadi. P{Xo‘r-avXo‘rXo‘r+av}=Pg Agar o‘lcham =1-Pg ga teng bo‘lsa, ahamiyatli qiymatning chegarasi deyiladi. O‘lcham ab ishonchlilik xatosi yoki bosh ko‘rsatkichli tanlashdagi qayta tiklanish xatoligidir. Xg=Xo‘rav Bu yerda to‘dadagi ko‘rsatkichning o‘rtacha qiymatlari statik qayta ishlanganda to‘qimachilik materiallarining tuzilish ehtimolligi quyidagicha olinadi: izlanayotgan ish uchun 0,9-0,95; mashina jarayonlarida bajarilgan ishlar uchun 0,95-0,98; mahsulotning sifatini tekshirish uchun esa 0,95- 0,99. Doimiy ishonchlilik xatoligi quyidagi formula yordamida topiladi. Ав , bu erda: t - styudent koeffitsiyenti bo‘lib, ishonchlilik ehtimoli va sinov soniga (tanlash hajmiga) bog‘liqdir. Ishonchlilik ehtimolligi uchun Pg=0,95 uchun Styudent koeffitsiyenti quyidagi 5 - jadvalda ko‘rsatilgan. jadval
RM- 30 uzish mashinasida ipning uzilish mustahkamligini aniqlash ishlari 10 marta qaytarib olib boriladi. Olingan natijalar quyidagi 6-jadvalga yoziladi. Mustahkamligi bo‘yicha Yuqoridagi formulalar yordamida o‘rtacha darajali farq, kvadratik notekislik hisoblanadi va mustahkamlikning eng kichik va eng qo‘pol xatoligi aniqlanadi. Agar bu qiymatlardan qo‘pol xatolarni olib tashlansa, unda o‘rtacha qiymat, o‘rtacha darajali farq va qolgan qiymatlar uchun yangi notekislik koeffitsiyenti hisoblanadi. 6-jadvaldan Styudent koeffitsiyentining o‘lchamlarini qo‘llab, o‘rtacha qiymatga nisbatan doimiy ishonchlilik xatoligi hisoblanadi. jadval
Hisobot, sinov ishlaridagi olingan iplarning natijalari va yig‘ma tanlangan qiymatlarni hisoblash xususiyatlari, o‘rtacha qiymatga nisbatan doimiy va qo‘pol xatoligini aniqlash bo‘yicha asosiy ma’lumotlardan tashkil topishi kerak. LABORATORIYA ISHIMAVZU: OG‘IRLIK KVADRANTLARINING ASOSIY METROLOGIK XUSUSIYATINI O‘RGANISH. Ishdan maqsad: Og‘irlik kvadrantlarining asosiy metrologik xususiyatini o‘rganish.to’g’risida ko’nikma va malakalarni shakillantirish Nazariy ma’lumotlar KV ko‘rinishidagi og‘irlik kvadrantlari (KV-16, KV-4, 1, KV-15, KV-30 va KV-50) dub va to‘qimachilik sanoat korxonalaridagi to‘qimachilik materiallaridan olingan namunalarning og‘irligini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Sodda shkalali og‘irlik asboblariga ta’lluqli kvadrant bo‘lib, u bir dastakli shayinga ega bo‘lib, shayinning chap tomoniga ko‘rsatkich, o‘ng tomoniga esa namunalar massasini aniqlash uchun ilgak qo‘yilgan. Shayinning o‘qi tayanchga mahkamlangan. Shkala yoyi qo‘zg‘almas qilib qotirilgan tikka ustunga tayanch bilan mahkamlangan. Shayinning chapgi tayanchiga qo‘llash qurilmasi (tutqich) joylashtirilgan. Kvadrantning shayiniga tekis prujina-amortizator mahkamlangan bo‘lib, ilgakdan Yuklarni olayotgan vaqtda ehtiyot bo‘lish shartdir. Kvadrant shkalasidagi ko‘rsatish qiymati ikki oraliq aniqligida berilgan. Birinchi oraliqdan ikkinchi bir oraliqqa o‘tish davrida, shayinning chap tomonidan ilgakka qo‘shimcha kerakli miqdordagi Yuk osilib, keyingi oraliqni ko‘rish mumkin. Olingan namunaning massasini aniqlash uchun shayinning o‘ng tomonidagi ilgakka namuna osilib tutqichdan bo‘shatiladi. KV-50 kvadrantda esa namuna ilgakka joylashtiriladi, undan so‘ng shayin tutqichdan bo‘shatiladi. Ko‘rsatkich to‘xtab bo‘lgandan keyin, natijalar shkaladan yozib olinadi. Og‘irlik kvadrantlarining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagi 7-chi jadval ko‘rinishida bo‘lishi kerak. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling