Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
Download 0.61 Mb.
|
Geosiyosat majmoa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizimli yondashuv uslubi.
- Qiyosiy uslub.
- Tarixiy uslub.
4. Geosiyosat fanining uslublari
Geosiyosat tarmoqlararo fan bo’lganligi uchun sohaga tegishli hodisalar va jarayonlarni o’rganishda ko’plab uslublarni qo’llaydi. Geosiyosatda uslublarning ko’pligi uning predmetini chuqurroq va har tomonlama anglab etishga imkon beradi. Har bir uslub geosiyosiy jarayonlarni o’rganishning o’ziga xos usul va yo’llariga ega. Geosiyosat fanida keng qo’llaniladigan uslublarga to’xtalsak. Tizimli yondashuv uslubi. Tizimli yondashuv uslubi geosiyosiy muammolarni tahlil etishda ularga yaxlit holatda qaraydi. Shu bilan birgalikda muammolarga ta’sir etgan, etayotgan va ta’sir etish ehtimoli bilan bog’liq bo’lgan ichki va tashqi omillarni atroflicha o’rganadi. Muammoning boshlanish holati va yakunini ko’rsatuvchi holatlarni taqqoslaydi. Va nihoyat muammolarni bartaraf etish uchun tegishli siyosiy qarorlarni qabul qiladi. Tizimli yondashuv uslubi ilmiy doirada birinchi bor XX asrning 50-60 yillarida amerikalik olimlar T.Parsons (1902-1979) va D.Iston tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur uslubga geosiyosatdan tashqari deyarli barcha ijtimoiy-siyosiy fanlarda murojaat qilinadi. Jamiyatda milliy davlatchilik strategiyasini va umuman geosiyosiy jarayonlarni tizimli yondashuv asosida o’rganishni modernizm oqimi vakillari (K.Rayt, M.Kaplan, K.Doych va b.) mazmun jihatdan yanada boyitdi. Ya’ni ular mavjud ma’lumotlarni matematik hisoblar va modellashtirish orqali tizimli tadqiqotlarni olib borishni joriy qilishgan. Qiyosiy uslub. Qiyosiy uslubning ilmiy doirada qo’llanilib kelinishi antik davrlarga borib taqaladi. Masalan, Aristotel yoki undan keyinroq yashab o’tgan Forobiy ijodlariga e’tibor bersangiz, ular asarlarida muammolarni o’rganish asnosida qiyosiy uslubdan keng foydalanganligiga amin bo’lasiz. Zamonaviy geosiyosatda qiyosiy uslubning ahamiyati shundaki, u orqali tadqiqotchi jamiyatdagi xalqlar va davlatlar turmushini o’rganadi, ularni bir-biriga taqqoslaydi. Yoki ma’lum bir geosiyosiy maydonlarning boshqasidan farqli jihatlari qiyosiy asosda o’rganiladi. Muammolarni shu yo’llar orqali o’rganish asosida tegishli xulosalarni chiqaradi. Tarixiy uslub. Tarixiy uslubning geosiyosiy jarayonlar va hodisalarni o’rganishdagi o’rni katta. Ushbu uslub tadqiqot ob’ektida turgan masalalarga nisbatan xronologik jihatdan yondashishini taqozo etadi. Tarixiy faktlar to’planadi. Jamlangan ma’lumotlar asosida o’rganilayotgan jarayon yoki muammoning o’tgan davr, hozirgi muhit va kelajakdagi holatlari haqida muayyan fikrlar bildiriladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling