Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Download 0.61 Mb.
bet12/89
Sana25.10.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1721402
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   89
Bog'liq
Geosiyosat majmoa

Boshqaruv funktsiyasi. Jamiyatdagi har qanday jarayonlarda boshqaruv elementlarini ko’rish mumkin yoki ijtimoiy jihatdan ham boshqaruv elementlarisiz kundalik hayotimizni tasavvur eta olmaymiz. Boshqaruv yangi-yangi axborotlar tizimiga asoslanadi. Chunki boshqaruvchi (o’z sohasi yoki doirasida) barqaror faoliyat olib borishi uchun ham (o’ziga tegishli) informatsiyalarga ehtiyoj sezib boradi. Jumladan geosiyosatning boshqaruv funktsiyasi ham shunga asoslangan. Boshqa sohalardan farqli tarzda, geosiyosat boshqaruvga tegishli qarorlar va tavsiyalarni berish uchun doimiy ravishda mavjud informatsiyalarni (xalqlar, davlatlar va mintaqalar va b.) yig’ib boradi va tahlil etadi. Faqat shu asosdagina masalaga nisbatan tegishli bo’lgan asosiy xulosalarni chiqaradi. Masalan, har qanday jarayonlarda boshqarishga oid qarorlarni chiqarish uchun muammoli holatni atroflicha tahlil qilmoq kerak. Bu birinchidan. Ikkinchidan, muammoga ob’ektiv baho berish uchun turli kuchlar (sub’ektlar) va omillarni hisobga olmoq lozim (siyosiy, iqtisodiy, geografik va b.). Uchinchidan, sub’ektlarning voqeaga ta’sir etish darajalarini o’rganish kerak va b.
Tabiatan geosiyosat boshqaruv haqidagi, xalqlar va davlatlar turmushida boshqarish bilan bog’liq bo’lgan muammolarni, ularning boshqalarga qay yo’sinda ta’sir etishi va ularni bartaraf etishning yo’l-yo’riqlarini, o’rganadigan fandir. Shunday ekan uning jamiyatdagi boshqaruv funktsiyasiga ham quyidan yuqoriga qarab yo’naltirilgan hodisa sifatida qaramoq kerak.
Mafkuraviy funktsiya. Mafkuraviy funktsiya geosiyosatning asosiy funktsiyalaridan biri hisoblanadi. Xo’sh, mafkuraning o’zi nima?
Mafkuralar asosini ma’lum bir g’oyalar tashkil etadi. Zalvorli, o’zining ta’sir kuchiga ega bo’lgan fikrlarsiz g’oyalar shakllanmaganligi singari, g’oyalarsiz mafkuralar ham bo’lmaydi. Mafkura jamiyat, uning tuzilishi, eng asosiysi, jamiyatning umumiy rivojlanish yo’llari haqidagi muayyan bilimlar majmuasidir. To’g’ri, bu bilimlar ijtimoiy jihatdan odil yoki noodil bo’lishi tabiiy. Biroq, geosiyosatni o’sha bilimlar kimlar yoki qaysi kuchlarning manfaatini himoya qilishi masalasi qiziqtiradi.
Klassik geosiyosiy kontseptsiyalarga e’tibor bersangiz, ular tashqaridan biror olim yoki siyosatshunosning ilmiy qarashlaridek ko’rinadi. Kontseptsiyalarni chuqurroq o’rgansangiz uning shunchaki ilmiy-nazariy fikrlar emas, jamiyatdagi muayyan guruhlar, xalqlar va davlatlar manfaatlarini ifodalagan g’oyalar majmuasi–mafkuraviy ko’rinishga ega ekanligiga amin bo’lasiz. Masalan, ingliz tadqiqotchisi X.Makkinderning «Heartland» («Asosiy o’lka») nazariyasini yoki nemis olimi N.Xausxoferning «Katta borliq» kontseptsiyasi va boshqa geosiyosiy dasturlarni olaylik. Mazkur nazariyalar shunchaki sub’ektiv fikrlarni ifodalagan siyosiy qarashlar bo’lganida edi, allaqachon siyosiy ta’limotlar tarixiga kirgan bo’lardi. To’g’ri, ular geosiyosiy bilimlar tarixiga mansub. Biroq ularning tuzilishi, shakllanishi va rivojlanishi mafkuraviy mohiyatga ega. Shuning uchun ham ular insoniyat tarixiy-evolyutsion taraqqiyotining u yoki bu bosqichida ma’lum bir kuchlar, davlatlar manfaati bilan uyg’unlashishi mumkin. Aniqrog’i, davlatlar o’z tashqi siyosiy faoliyati asoslarini ishlab chiqishda va uni amaliyotga tadbiq etishda geosiyosiy kontseptsiyalarga murojaat qilishadi.
Geosiyosatning mafkuraviy funktsiyasi haqida gapirganda jamiyatdagi mafkuralarning xilma-xil shakllarda bo’lishini ham unutmasligimiz kerak. Chunki biz o’sha mafkuralarga uning qanday shaklga egaligidan, xususiyatlaridan kelib chiqib baho beramiz. Bu jihatdan mafkuralarning quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishlarini aytishimiz mumkin:

  • mafkura asosida turgan g’oyalarning ilmiy va noilmiyligi;

  • ko’zlangan maqsadlarning real va utopik bo’lishi;

  • konservativ va liberal tamoyillarga egaligi.

Mafkuralar qanday ko’rinish va shakllarda bo’lmasin, ular asosida umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarning turishi xalqlar va davlatlar turmushi bilan bog’liq bo’lgan geosiyosiy jarayonlarda qarama-qarshiliklar, konfliktlar o’rniga konsensusning shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlarni yaratadi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling