Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Download 0.61 Mb.
bet8/89
Sana25.10.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1721402
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   89
Bog'liq
Geosiyosat majmoa

Kuchlar muvozanati. Har qanday kuchlar muvozanati tomonlar o’rtasidagi munosabatlar asnosida yuzaga keladi. Geosiyosiy munosabatlar-turli (dunyoviy) siyosiy kuchlarining nisbiy birligini yoki ular o’rtasidagi kurashni anglatadi. Geosiyosatda kuchlar muvozanati quruqlik va dengiz kuchlari o’rtasidagi ziddiyatlarni, markaz bilan atrofdagilar o’rtasidagi kelishmovchiliklarni va boshqa shu kabi munosabatlarni nazarda tutadi.
Agar jahon tarixida kechgan siyosiy jarayonlarga e’tibor bersak, dunyoviy kuchlar o’rtasidagi birlik va hamkorlik davriy ko’rinishga egaligiga amin bo’lamiz. Bu borada Buyuk Britaniyaning taniqli siyosiy arbobi U.Cherchillning (1874-1965) Angliyaning doimiy do’stlari, ittifoqchilari yo’q, unda faqat doimiy siyosiy (geosiyosiy) manfaatlar bordir, degan so’zlarini eslashimiz mumkin.
Demoqchimizki, dunyoda (manfaatlar orqasida) barhaq tinchlik, davlatlar o’rtasida abadiy hamkorlikka erishib bo’lmaydi. Ya’ni dunyoviy siyosatda qarama-qarshiliklarning bo’lmasligi masalasi nisbiy hodisa ekan. Mazkur mulohazalar asosida geosiyosatning kuchlar muvozanati kategoriyasi yuzaga kelgan.
«Kuchlar muvozanati» kontseptsiyasi davlatlararo munosabatlar tizimining amaliyotda qanday namoyon bo’lish shakllarini aniqlab beradi. Deylik A davlat bilan V davlat o’rtasida qarama-qarshilik chiqdi. Ularning har biri harbiy, siyosiy va iqtisodiy jihatdan o’ziga xos potentsialga ega, ya’ni tomonlar o’rtasida muayyan kuchlar muvozanati mavjud. Amaliyotda A davlatning V davlatga nisbatan ustuvorligi sezilib turibdi. Agar tashqi omil sifatida biror S davlat V kuchga yordam bersa kuchlar muvozanati orqasidagi munosabat – natija V davlat foydasiga hal bo’ladi. Agar S davlat A va V o’rtasidagi munosabatlarga nisbatan qo’shilmaslik siyosatini yuritsa, tabiiyki A kuchning qo’li baland keladi. Lekin g’alabaga erishgan A davlatning kelajakda S davlatni ham o’ziga bo’ysindirmasligi kafolatlanmagan. Bunday sharoitda S va V davlatlarining hamjihatligi muqarrar.
Bu misol jamiyatda kuchlar muvozanatining klassik ko’rinishi va sodda tahlili hisoblanadi. G’arb dunyosida «sovuq urush» davrida kuchlar muvozanatini tadqiq etishga atroflicha e’tibor berildi. Har qanday ilmiy yondashuvlarni olmang, uning markazida SSSR-AQSh munosabatlari, ular «kuch»larining qiyosiy tahlili turardi. «Sovuq urush»dan keyin esa kontseptsiyaga nisbatan qiziqish ilmiy doirada biroz susaygandek bo’ldi. Shunday bo’lsada, bugun ham «kuchlar muvozanati» kontseptsiyasi o’zining ikkita asosiy printsipi – kuchlarning harbiy potentsiali va «hech qanday doimiy aloqalar emas, faqat doimiy manfaatlar» printsipiga asoslanganicha qolmoqda.
Umuman, geosiyosatda (siyosiy) kuchlarning, kuch markazlarining mavjudligini inkor etish qiyin. Shuning uchun ko’pchilik tobora ma’rifiylashib borayotgan jamiyatda kuchlar muvozanatidan emas, balki mavjud kuchlar o’rtasidagi hamkorlikdan bahs etishni afzal ko’rishmoqda.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling