Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Download 0.61 Mb.
bet7/89
Sana25.10.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1721402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   89
Bog'liq
Geosiyosat majmoa

2. Fanning asosiy kategoriyalari

Ijtimoiy-siyosiy fanlarning barchasida bo’lgani singari geosiyosat ham mustaqil fan sifatida o’zining nazariy kategoriyalariga ega. Geosiyosatning boshqa fanlardan farqli tomoni shundaki, uning nazariy kategoriyalari ikki xil ko’rinishda talqin etiladi: 1) fanning mohiyatiga ko’ra; 2) fanning tuzilishiga ko’ra namoyon bo’luvchi kategoriyalar.


Geosiyosiy munosabatlarning mohiyatidan kelib chiqib amaliyotda namoyon bo’luvchi asosiy kategoriyalar quyidagilardir:



  • borliq uzra nazorat;

  • kuchlar muvozanati;

  • siyosiy borliq;

  • manfaat



Borliq uzra nazorat. Geosiyosiy maydon- ushbu atama odatda ma’lum bir davlat tomonidan yoki ittifoqchilar tomonidan nazorat qilinayotgan makonni anglatish uchun qo’llaniladi.
Xalqaro munosabatlar tarixidan ma’lumki, geosiyosiy borliq ustidan nazoratni o’rnatishning turli shakllari mavjud. Bular harbiy, siyosiy, iqtisodiy, diniy, kommunikatsiyaviy va nazorat qilishning boshqa turlari bo’lishi mumkin. XX asrning oxiriga kelib xalqaro munosabatlarda geosiyosiy borliqni nazorat qilishda yangicha yondashuvlar – informatsion-mafkuraviy, texnologik va madaniy-tsivilizatsiyaviy nazoratlar yuzaga kelib, ularning amaliyotdagi o’rni sezilarli bo’lmoqda. Mazkur nazorat qilish shakllari davlatlararo hamkorliklarda geosiyosiy yondashuv talab qiluvchi turli masalalar, ayniqsa, geografik, iqtisodiy, harbiy, demografik, madaniy, diniy, etnik ko’rinishlarga ega bo’lgan muammolarni bartaraf etish asnosida namoyon bo’layotganligi barchaga ma’lum.
Demak, geosiyosat siyosiy institutlar tomonidan, birinchi navbatda davlatlar va davlatlar ittifoqi tomonidan borliqni nazoratga olishining asoslari, imkoniyatlari darajasi, amaliy mexanizm va shakllarini o’rganadi. Davlat nazoratida turgan yoki nazoratga olishga intilayotgan borliq umumiy maydon markazida bo’lishi, rivojlanish darajasi va u erning tashqi dunyo bilan aloqalari ko’lami bilan ahamiyatli bo’lishi mumkin. Geosiyosatda davlat yoki davlatlar ittifoqi nazoratida bo’lgan borliq geosiyosiy maydon tushunchasi bilan izohlanadi.
Geosiyosiy maydon tushunchasiga nisbatan ko’plab ta’riflarni uchratish mumkin. Berilajak ta’riflarda muammo ob’ekti muhim rol o’ynaydi. Masalan, milliy-etnik masalada geosiyosiy maydon (davlatlar chegarasidan oldin) birinchi o’rinda milliy-etnik qavm yashayotgan kengliklarni nazarda tutadi. Geosiyosiy maydon tushunchasi keng ma’noga ega bo’lganligi bois, milliy masalalarni tadqiq etishda ko’lamiga qarab klassifikatsiyalanadi, ya’ni:
- endemik maydon – uzoq vaqtlardan beri ma’lum bir milliy guruh tomonidan nazorat qilib kelinayotgan borliq bo’lib, o’sha borliqning aynan shu jamoaga tegishli ekanligini boshqa milliy jamoalar tomonidan tan olinishini nazarda tutadi. Ba’zan endemik maydon davlatlarning chegaralarini inkor etadi va boshqa geosiyosiy maydonlarni ham o’z ichiga qamrab oladi. Masalan, Sharqiy Turkistonda yashovchi uyg’urlar hayotini olaylik. Ular o’zlarini milliy kelib chiqish jihatidan turkiy qavmga oid deb hisoblab, separatistik harakatlar olib borayotgan bo’lsada, bugungi (tarixiy emas!) davlatchilikda uyg’urlar yashayotgan erlar de-yure Xitoy davlatchiligi erlariga tegishlidir. Shunday bo’lsada uyg’urlar milliy muammosining geosiyosiy xaritasi hozirgi Xitoyning g’arbiy chegaralarini muayyan darajada (millat vakillari yashayotgan geografik kenglikni e’tiborga olganda) nisbiylashtiradi;
- chegaraviy maydon - bunday maydonda ma’lum bir milliy jamoa istiqomat qilsada, davlatning u erda nazorat qilish funktsiyasi rasmiy xarakterda bo’lib, yashayotgan odamlar turmush tarzi chegaradosh davlatga yaqinroq bo’ladi. Masalan, Shimoliy Qozog’istondagi millat vakillarining Rossiya davlati turmush tarzi bilan, Shimoliy Tojikistondagi, Qirg’izistonning O’sh viloyatidagi yoki Janubiy Qozog’istondagi o’zbeklarning O’zbekistondagi xalqlar turmushi bilan nafaqat tarixan, balki ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlar asosida bir-biri bilan uyg’unlashgan. Ular yashayotgan makonni chegaraviy maydonga aylantirgan omil - ularning turli davlatchilikka oidligi bilan izohlanadi;
- chorrahaviy yoki tutashgan maydon - qanday milliy jamoalarning yashashidan qat’iy nazar, ikki yoki undan ko’proq davlatlar da’vogar bo’lgan geosiyosiy borliq. Biroq u chegaraviy maydondan milliy jamoaning atrofida emas, endemik maydon ichkarisida joylashgan bo’lishi bilan (masalan, Tog’li Qorabog’), mintaqadagi jamoaning etnik va diniy tarkibi tarixan o’sha jamoaga mansub bo’lsada, borliqning bugungi davlatlar chegarasida chorrahaviy xarakter kasb etayotganligi bilan farqlanadi. Masalan, Turkiya, Eron, Iroq va Suriya davlatlarining geografik jihatdan tutashgan muayyan kengliklarida-chorrahaviy maydonda 40 mln.ga yaqin kurd xalqining yashab kelayotganligi va bunday geosiyosiy bo’shliqdan chiqish uchun milliy mustaqillik yo’lida olib borayotgan harakatlarini eslashimiz mumkin;
- hadsiz-hududsiz maydon - bu keng geografik maydon bo’lib, u erda istiqomat qilayotgan yuzlab milliy jamoalar turmush tarzi ma’lum bir geosiyosiy kuch yoki millat vakillari tomonidan nazoratga olinishini nazarda tutadi. Masalan sobiq SSSR davridagi milliy munosabatlar.
Xullas, milliy-etnik muammolarni geosiyosiy asosda o’rganish mavjud davlatlarning ma’muriy-geografik hududlarini, uning chegaralarini har doim ham hisobga olavermas ekan. Geosiyosatning bunday ijtimoiy tabiati chegaradosh davlatlar o’rtasida milliy-etnik muammolar (hudud orqasidagi)ning mavjudliginigina emas, balki muammo tahdidining an’anaviy bo’lishidan darak beradi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling