Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
Buyuk Ipak yo’li va Sharq va G’arb o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar rivojidagi ahamiyati
Download 0.61 Mb.
|
Geosiyosat majmoa
2. Buyuk Ipak yo’li va Sharq va G’arb o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar rivojidagi ahamiyati.
Miloddan avvalgi II asrdan milodiy XVI asrga qadar Sharq bilan G’arb xalqlari o’rtasidagi tarixiy - madaniy va savdo munosabatlari taraqqiyotida Markaziy Osiyo hududi bo’ylab o’tgan Buyuk Ipak yo’li muhim o’rin tutgan. Buyuk Ipak yo’li 12 km uzunlikda bo’lgan. Sariq dengiz sohillaridan boshlanib Sharqiy Turkiston, Markziy Osiyo, Eron, Mesopatamiya, Old Osiyo orqali o’tib O’rtayer dengizi sohillariga qadar davom etgan. Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv, Tabriz, Damashq kabi bir qator shaharlarni o’zaro bog’lagan. Buyuk Ipak yo’li Sharq va G’arb xalqlarining keng miqyosdagi madaniy aloqalari va savdo ayirboshlashi yuksalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tarix o’zaro hamkorlik va madaniyatlar boyitilishi tarixi bo’lib, tinchlik va taraqqiyot asosini tashkil etgan. Markaziy Osiyo xalqlari Buyuk Ipak yo’li tufayli Sharq va G’arb mamlakatlari iqtisodiyoti va madaniyati bilan oshno bo’lganlar. G’arb mamlakatlari xalqlari esa Markaziy Osiyo xalqlarining yuqori darajada rivojlangan madaniyatini o’zlari uchun kashf qildilar. Shuni ta‘kidlash lozimki, Markaziy Osiyo qadimdan mazkur ipak yo’li sabab Urartu, Misr, Yunoniston, Bobil, Rim kabi Yaqin Sharq va G’arb davlatlari bilan savdo - sotiq aloqalarini o’rnatgan. Turondan o’tgan ‖Buyuk ipak yo’li‖ esa Sharqiy Osiyo va Xindistonni O’rta Yer dengizi davlatlari bilan faqatgina savdo sohasidagina emas jamiyat hayotining turli sohalarida o’zaro hamkorlikni ta‘minlagan. Buyuk Ipak yo’lining rivojlanishi Kushon podsholigining ijtimoiy - iktisodiy jihatdan yashnashiga ta‘sir ko’rsatdi. Shaharlar ko’paydi, yangi - yangi yerlar o’zlashtirildi va sug’orish tarmoqlari barpo etildi. Ishlab chiqarishning qator sohalarida o’zaro tajriba almashish yuzaga keldi. Tashqi siyosat ancha kengayib, Hindiston, Xitoy, Rim saltanati bilan savdo va elchilik munosabatlari o’rnatilgan. Savdo munosabatlarining kengayishiga Buyuk Ipak yo’lining ahamiyati katta bo’lgan. Tadqiqotlar natijasida Termizdan Rim tangalari O’rta yer dengizi atroflarida Kushon tangalarining topilishi ham fikrimizning dalilidir. Kanishka davrida Kushon madaniyati hindlashtirildi va budda dini davlat diniga aylandi. Oromiy va Yunon yozuvlari asosida kushon yozuvi shakillandi. Me‘morchilik tasviriy san‘at yuksak darajada rivojlandi. Jahon miqyosida mashhur bo’lgan kushon davri san‘at obidalari Ayritom, Eski Termiz, Dalvarzintepa, Xolchayondan va O’zbekistonning boshqa hududlaridan topib o’rganilgan. Kushon davlati haqida shuni aloxida takidlash joizki, davlat bir nechi hududlar va ko’plab qadimgi xalqlarni birlashtirgan. Uning tarkibida Markaziy Osiyo, Xuroson va Hindning ma‘lum bir qismi birlashtirilgan edi. Ular orasida o’zbek xalqi ajdodlari ham kushon madaniyati yuksalishiga o’z xissasini qo’shgan. Kushon davlati IV asrlarga kelib og’ir ichki va tashqi kurashlar iskanjasida qoldi va asosiy hududlaridan ajraldi. Bu vaqtda uning hududlari qisman Shimoliy Hindistondagina saqlanib qoldi. Miloddan avvalgi II asrda qang’ qabilalari eng qudratli davlat birlashmasiga aylandi, uning hukmdorlari o’z nomlaridan tangalar zarb qildiradi. Qang’ davlatining iqtisodiy taraqqiyotiga Buyuk Ipak yo’lining davlat hududlaridan o’tgan shimoliy tarmog’i katta ta‘sir o’tkazdi. Turk Hoqonligi davrida O’rta Osiyo yerlarida yerga egalik qilish munosabatlari mustahkamlanib, Hoqonlar, amaldorlar va harbiy sarkardalar, mahalliy hukmron tabaqalar, yirik zamindor va din homiylari katta - katta yer - suv boyliklariga ega bo’ldilar. Hunarmandchilik va savdo - sotiqdan davlat xazinasiga katta daromad tushishi natijasida Hoqonlar ―Ipak yo’li‖ni kengaytirishga va tinchligini ta‘minlashga katta e‘tibor berishgan. Bu davrda shaharlar kengaygan. Shaharlar va yirik qishloqlarda karvonsaroylar qurilgan. Biroq, Turk Hoqonligida ichki vaziyat notinch edi. Bir - biriga qarama - qarshi bo’lgan turli ijtimoiy va siyosiy kuchlar o’rtasidagi o’zaro ziddiyatlar hokimiyatni zimdan yemirib borgan. Hoqonlik bilan mahalliy hukmron tabaqalar o’rtasida ziddiyat kuchayishi natijasida Hoqonlik zaiflashib, inqirozga yuz tutdi. Eron bilan olib borilgan doimiy urushlar Turk Hoqonligi movqeini yanada pasaytirdi. 588 - yilda Hoqonlik qo’shinlarining qattiq zarbaga uchrashi, uning parchalanishiga olib keldi. VI asrning 80 yillariga kelib, Turk Hoqonligi Sharqiy va g’arbiy qismlarga bo’linib ketdi. Shunday ekan Buyuk Ipak yo’lining Sharq va G’arb xalqlari hayotidagi roli xususida gap ketganida quyidagi xulosalarni aytish mumkin: Ipak yo’li Sharq ya‘ni Xitoy va Hindni, jumladan Markaziy Osiyoni G’arb bilan bog’ladi. Bu davrda dengiz yo’li ochilmaganligi bois uning ahamiyati beqiyos bo’ldi. Xitoy va Hindning betakror mollaridan Yevropa xalqlari bahramand bo’lishdi. Bu hamkorlik shuningdek ishlab chiqarish sohasidagi tajriba almashishga ham olib keldi. Sharqning fan va madaniyatdagi yutuqlaridan G’arb mamlakatlari bahramand bo’lishdi. Bu davrlarda hamkorlik o’zaro diplomatik va savdo munosabatlari negiziga qurilgan edi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling