Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
Xorazm, Qang’ davlatlari. Dovon - Xitoy munosabatlari
Download 0.61 Mb.
|
Geosiyosat majmoa
3. Xorazm, Qang’ davlatlari. Dovon - Xitoy munosabatlari.
O’zbekistonda qadimgi mahalliy davlatchilik tarixi Qang’, Dovon, Xorazm davlatlari rivoji bilan uzviy bog’langan. Qang’ davlati miloddan avvalgi III asrning boshlarida paydo bo’ldi. Uning dastlabki davrlardagi hududlari Toshkent vohasidan iborat bo’lgan. Qang’ davlatining tashkil topishi asosiy sabablaridan biri tashqi harbiy hujumlardan himoyalanish zaruriyati bo’lgan. Miloddan avvalgi 329 - yilda Makedoniyalik Aleksandr qo’shinlari Bekobod va Xo’jand oralig’ida Sirdaryodan kechib o’tib, bosqinchilik qilganda mahalliy aholi unga qarshi qattiq qarshilik ko’rsatgan. Bundan natija chiqara olmagan Aleksandr ortga qaytishga va Xo’jand yaqinida Aleksandriya Esxata shahriga asos soladi. Miloddan avvalgi II va milodiy I asrda Qang’ davlatining hududi kengayib, Toshkent vohasi, O’rta Sirdaryo yerlari, Talas vodiysi va Chu daryolarining quyi oqimidagi yerlarni o’z tarkibiga kiritadi. Qang’ davlatining ikkita poytaxti bo’lib, biri Qang’diz (Oqqo’rg’on) va ikkinchisi O’tror bo’lgan. Qang’ davlati aholisi tarkibini asosan dehqonlar va chorvadorlar tashkil etadi. O’troq aholi shaharlarda va vodiylarda yashab, dehqonchilik, hunarmandchilik va sado bilan mashg’ul bo’lgan. Dasht tumanlarida esa chorvachilik rivojlangan. Miloddan avvalgi II sarda qang’ qabilalari eng qudratli davlat birlashmasiga aylandi, uning hukmdorlari o’z nomlaridan tangalar zarb qildiradi. Qang’ davlatining iqtisodiy taraqqiyotiga Buyuk Ipak yo’lining davlat hududlaridan o’tgan shimoliy tarmog’i vatta ta‘sir o’tkazdi. Shi - szi solnomasiga ko’ra, Qang’uy dastlab kuchsizgina davlat bo’lgan paytda, Hukmdor oqsoqollar orasidan tanlangan va u oqsoqollarning birlashgan qo’shinlariga tayangan. Ko’chmanchilarda har bir oila boshlig’i jangchi hisoblangan. Shuning uchun Qanguy qo’shinlarining soni ulardagi oilalar soniga teng bo’lgan. Qang’uy qudratli davlatga aylangan vaqtda 120 ming qo’shinga (demak, shuncha oilaga ham) ega bo’lgan. O’sha paytda aholisi taxminan 600000 kishidan iborat bo’lgan. Xitoy elchilari o’z hukmdorlariga qang’uylar haqida ―mag’rur, qo’rs‖ - deb ma‘lumot berganlar. Bu davlatning siyosiy tarixi haqida ma‘lumotlar asosan Xitoy manbalarida uchraydi. Jumladan, Xitoy qo’mondoni Li Guan - li qo’shinlari mil. avv. 101 y. Dovonga bostirib kirganida qanguy dovonliklarni qo’llab quvvatlagan. Solnomalar Qang’uyni ko’chmanchilar davlati deb atasalarda, unda shaharlar bo’lganligi haqida ham ma‘lumot beradilar. Xalqi ―Tuproqdan qilingan devor ichida yashaydigan‖ Yansay shaharlari shular jumlasidandir. Qanguy poytaxtini juda qadim zamonlarda Qangxa joylashgan Sirdaryo deltasi hududida deb hisoblaydilar. Manbalarda ko’rsatilgan jug’rofiy o’rinlarga uncha to’g’ri kelmasada mamlakat poytaxti bo’lgan Bityan shahri Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tumani o’rnida bo’lgan degan fikrlar mavjud. Qanguy davlati bir - biriga teng bo’lgan o’troq - xo’jalik hududlaridan iborat beshta kichik hokimiyatni o’z ichiga olgan. Ular Qang’uy ittifoqi ishtirokchilariga qaram bo’lgan Suse, Fumu, Yuni, Gi, Yuegyan hududlaridan iboratdir. A.N.Bernshtamning fikricha Yuni-Toshkent vohasida, Suse –Sirdaryo va Arisning o’rta oqimida, Fumu - Yangiqo’rg’on atroflari, Gi - Sirdaryo etaklarida, Yuegyan esa - Xorazmda joylashgan. Bu ittifoqning umumiy chegaralari Xorazm, Shosh, Sug’d viloyatlari bilan bir qatorda Sirdaryo etaklari va Orol dengizi shimolidagi hududlarni o’zida birlashtirgan. Shuning uchun ham o’lkaning janubida joylashgan boshqa davlatlar ( jumladan, Parfiya, Kushon va b.)dan farqli o’laroq Qang’uy davlatida ko’chmanchilar davlatiga xos belgilar saqlanib qolgan. O’zbek xalqi davlatchiligi tarixi bo’yicha kam o’rganilgan masalalardan biri Dovon davlati tarixidir. Xitoy manbalarida Dovon nomi bilan atalgan davlat boshqa manbalarda Parkana nomi bilan yuritilgan. Dovon davlati taxminan miloddan avvalgi III asrda paydo bo’lgan. Manbalarga ko’ra, Farg’ona - Dovon davlatida 300 ming aholi yashagan katta - kichik shaharlar mavjud bo’lgan. Shaharlar orasida Ershi shaxri aloxida ahamiyatga ega bo’lgan va davlat poytaxti xisoblangan. Miloddan avvalgi 104-101 chi yillarda Xitoy qo’shinlari jang qilib, Ershini bosib olgan vaqtda davonliklarga Qang’ davlati qo’shinlari yordamga yetib keldi va ikki o’rtada tuzilgan sulx shartnomasiga ko’ra, xitoyliklar Dovon davlati hududidan chiqib ketdilar. Farg’ona vodiysi hududlaridan qadimgi davrga oid ko’plab uy - qo’rg’onlar, qishloqlar, shaharlar xarobalari topib o’rganilgan. Dovon davlatining aholisi asosan dehqonchilik, savdo - sotiq bilan shug’ullangan. Dovon dehqonlari arpa, sholi, bug’doy va beda yetishtirishda mashhur bo’lganlar. Farg’ona - Dovon davlatining o’ziga xos boyliklaridan biri uning ―samoviy ot‖ lari bo’lgan. Manbalarga ko’ra Xitoy imperatorlarining dovonga bosqinchilik uyushtirishlarining asosiy sabablaridan biri ham ana shu ―samoviy ot‖ larni qo’lga kiritish bo’lgan. Dovon davlati Xitoy, Xindiston va boshqa Sharq mamlakatlari bilan olib boriladigan xalqaro savdoda muxim o’rin egallaganlar. Dovon davlati milodiy II asrgacha mavjud bo’lgan. Miloddan avvalgi IV-II asrlarda Qadimgi Xorazm mustaqil davlat bo’lib, Aleksandr, Salavkiylar, Yunon - Baqtriya davlatlari tarkibiga kirmagan. Kirmasligining sabablaridan yana biri u Qizilqum va Qoraqum sahrolari o’rtasida joylashganligi bo’lib unga harbiy yurish qilishning murakkabligi bilan belgilanadi. Bunday siyosiy qulaylik Xorazmda o’ziga xos mahalliy davlatchilik tizimiga ega bo’lgan davlatning shakllanishida maxsus omil bo’ldi. Aleksandr Markaziy Osiyoning janubiy hududlarida hukmronlik qilgan vaqtda Xorazmda Farasman ismli odam podsholik qilgan. Yunon tarixchisi Arrian Farasmanning Aleksandr bilan bitimi tuzilganlagi haqida ma‘lumot qoldiradi. Xorazmdan topib o’rganilgan qadimgi shahar xarobalaridagi xususiyatlar bu yerda mustahkam davlatchilik tizimi barpo qilinganligidan dalolat beradi. Shunday shaharlardan biri Jonbosqal‘adir. Bu shahar tuzilishiga ko’ra to’g’ri burchakli bo’lib ikki qator mudofaa devorlari bilan o’rab olingan va devorlarda shinaklar mavjud bo’lgan. Jonbosqal‘a ikki qismdan iborat bo’lib, bir qismida ―olov uylari‖ - ibodatxonalar, ikkinchisida aholi turar joylari bo’lgan. Qo’yqirilganqal‘a shaxri xarobalari boshqa shaharlardan farqli o’laroq asosiy inshoati aylana shaklida bo’lib , inshoatning markazidagi bino ikki qavatli bo’lgan va shu binoning o’zi ayni vaqtda rasadxona vazifasini bajargan. Tuproqqal‘a shahri to’g’ri burchakli mudofa devorlari bilan o’rab olingan bo’lib, devorlar ham g’ishtdan ishlangan unda shinaklar bilan birga minorlar ham bo’lgan. Tuproqqal‘a Xorazm hukmdorlari qarorgoxi vazifasini bajargan. Bu yerdan Xorazm davlati shoxlari boshqaruviga oid bir qancha moddiy manbalar hamda hukmdorlarning arxivlari xujjatlaridan na‘munalar ham topilgan. Xorazm davlati xo’jalik hayotida dehqonchilik va hunarmandchilik asosiy o’rin egallagan. Milodning dastlabki asrlaridayoq bu yerda mis tangalar zarb qilingan. Shuningdek Xorazmdan O’rta Osiyodagi eng qadimgi yozuv namunalari ham topilgan bo’lib, ular miloddan avvalgi 5 – 4 asrlarga oid oromiy yozuvlari asosida shakllangan Qang’, Davon va Xorazm davlatlarida mavjud davlatchilik tizimi, xo’jalik hayotining taraqqiy etib borishi keyingi davrlarda O’zbekistonda yuzaga kelgan davlatlarning yuksalishiga ham o’z ta‘sirini o’tgazgan va ularning keyingi bosqichlarga ko’tarishida muhim omillardan bo’lgan. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling