Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
F.Ratselning «Siyosiy geografiya’ asarida davlat va borliq masalalari
Download 0.61 Mb.
|
Geosiyosat majmoa
2. F.Ratselning «Siyosiy geografiya’ asarida davlat va borliq masalalari.
F.Ratsel 1844 - yil Karlsrueda tug’ilgan. Yoshligidanoq unda tabiiy fanlarga qiziqish katta bo’lgan. Shuning uchun u o’qish uchun Karlsruedagi politexnika universitetini tanlagan. Mazkur universitetda bo’lajak olim geologiya, paleoontologiya va zoologiya fanlarini o’rganishga alohida e‘tibor bergan. F.Ratsel Haydelberg shahrida ta‘lim olib yurgan kezlari professor Ernest Gekkel («ekologiya’ atamasini birinchi bor ilmiy doirada qo’llagan olim)ga shogird bo’ladi. Olimning dunyoqarashi evolyutsionizm (evolyutsion rivojlanish haqidagi ta‘limot) va darvinizmga asoslangan bo’lib, uning biologiyaga bo’lgan qiziqishlari bilan ham sug’orilgan edi. Uning dunyoqarashining shakllanishida fransuz sotsiologi Ogyust Kontning xalqlar, davlatlar rivojida geografik omillarning ahamiyati bilan bog’liq qarashlari muhim o’rin tutadi4. F.Ratsel o’zining shoh asari bo’lmish – ―Antropogoyegografiya‖ (1893), «Siyosiy geografiya’ («Politische Geographie’) (1897), «Davlatlarning makoniy o’sish qonunlari’ (1897), «Dengiz xalqlar qudratining omili sifatida’ (1900) asarlarida o’z geosiyosiy qarashlarini bayon etadi. Fridrix Ratselni garchi "geosiyosat" atamasini asarlarida ishlatmasa ham, birinchilardan bo’lib geosiyosiy uslubda fikr yuritganligi uchun geosiyosat fanining otasi desa bo’ladi. Nemis geosiyosatchisi Otto Maullyuning fikricha, geosiyosatni Ratselsiz tasavvur etib bo’lmaydi5. U o’z asarlarida siyosiy geografiyadan bahs etadi va bu boradagi asosiy ilmiy ishi ham "Politische Geographie" deb nomlanadi. Uning ta‘kidlashicha, har qanday xalqning manfaatlari zamin ustida kechadi. Shu bois zaminda joylashgan ma‘lum bir hududlar tarix harakatini ko’rsatuvchi bosh vosita sanaladi. Davlatlar muayyan hududlar ko’rinishida zaminda aks etadi. Zamin abadiy bo’lishi mumkin, hududlar (davlatlarning) o’zgarib turadi. "Davlatlar misoli tirik organizm" bo’lib ularning o’zagi "zaminiy asos"da bir - biri bilan tutashadi.6 Davlatlarning zaminda paydo bo’lishi uchta asosiy omil bilan bog’liq. Bular - hududiy relyef, hududiy masshtab va muayyan turmush tarzga ega xalqlar. Shu asosda, ya‘ni ob‘yektiv geografik makon va sub‘yektiv umuminsoniy qadriyatlarni o’zida aks ettirgan davlat siyosati shakllanadi. "Me‘yoriy asosdagi" davlat bo’lish uchun, - deydi F.Ratsel, - avvalo davlatda geografik, demografik va etnomadaniy parametrlar o’zaro uyg’unlashmog’i kerak".4 Istalgan davlatni qaysi jihatdan tadqiq etmaylik, baribir yondashuv yo’nalishi ob‘yektimizning asosi - zaminga borib taqaladi. Ko’rinib turibdiki davlatni o’rganishdagi muhim parametr - geografik nuqtai nazardan tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. O’z vaqtida Napoleon Bonapart aytganidek davlatning geografiyasini mukammal bilish uning tashqi siyosatini tushunishdir. Davlatlarni o’rganishda, ularni bir - biri bilan qiyosiy taqqoslashda, ular o’rtasidagi munosabatlarni tahlil etishda va shu kabi muammolarda tabiiy va iqtisodiy geografiyaga ehtiyoj seziladi. ―Antropogeografiya‖, ―Insoniyat yerdagi hayotiy hodisa sifatida‖ asarlariida geografik va siyosiy omillar aloqasini ilmiy asosda tahlil ostiga oladi. Uning asosiy postulati shu ediki insoniyat ona zaminning ajralmas qismidir. Antropogeografik asosda olamni mineral - organik borliq sifatida kompleks tahlil etar ekan asosiy e‘tibor quyidagi tarkibiy qismlarga qaratadi: birinchidan, sayyoralardan Yerni geologik (minerallar dunyosi) va geografik (o’zaro aloqadorlikdagi uchta soha: yer, suv, havo); ikkinchidan yerning o’simlik va hayvonot dunyosi; kishilik jamiyati7. Antropogeografiyaning asosiy xulosalarini qisqacha qilib bayon etadigan bo’lsak, ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: jahonning barcha mamlakatlari o’zaro hamkorlikda, bog’liqlikda mavjud bo’la oladi; inson va insoniyat olami hayoti umumsayyora hayotining tarkibiy qismi ekanligi; kishilik tarixidagi har davlat, xalq yagona organizm sifatidagina mavjud bo’lishi; davlatlarning o’sishi tabiiy chegaralanganligi; davlatning rivojigi tabiiy klimat, atrof - muhitning ta‘siri va shu kabilar.8 Shunday ekan Ratsel fikricha taqdir taqozosi ila inson yerda yashab, yerda o’lishi lozim9. Har bir xalqning, millatning muayyan sharoitda, zainda shakllanishi, turmush tarzi, muayyan zaminga ixlos qo’yishi, vatanparvarligi qator geografik omillarga borib taqaladi. To’g’ri bunday yondashuv F.Ratseldan oldin Beruniy tomonidan ham ilgari surilgan edi. Nemis faylasufi Gegel aytganidek har bir inson o’z davrining, o’z zamonasining farzandidir. To’g’ri, faqat hozir gap qanday farzand bo’lish lozimligida. Ratselning hayoti Bismark tomonidan Buyuk German imperiyasiga asos solinayotgan zamonaga to’g’ri keldi. Napolen III ga qarshi olib borilgan 1870-1871 yillardagi fransuz - prus urushida ko’ngillilar safida faol ishtirok etadi. 1871 - yilda yagona Germaniyaga asos solindi. Lekin German imperiyasiga asos solinishi kech sodir bo’lgan. Buyuk Britaniya, Fransiya xalqaro maydonda o’z ustunligini ta‘minlashgan, qator mustamlakalarga ega, Rossiya va AQSH esa cheksiz hudud va tabiiy zahiralarga ega. Ratselning fikricha Germaniyada bunday imkoniyat yo’q. Germaniya yer, tabiiy zahiralar yetishmovchiligidan o’z hududian siqilib qolmoqda. Bu omillar Ratselning qator asarlarida o’z isbotini topdi. F.Ratsel davlatlarning makoniy jihatdan o’sishining yettita tamoyilini ishlab chiqqan: har qanday makon o’sha joyda istiqomat qilayotgan millatlar madaniyatining o’sishi bilan birgalikda kengayib boradi; davlatdagi g’oyaviy birlik, savdo tarmoqlari va faol harakatlar hamda nechog’li «tortish kuchi’ga egaligi davlat qudratining o’sishiga ulushini qo’shadi; davlatning o’sishi boshqa davlatlarni o’ziga qo’shib olish va bo’ysindirish evaziga bo’lishi mumkin; chegara – davlat o’sish darajasining nechog’li kuchga qodir yoki qodir emasligini ko’rsatuvchi chekka sarhad hisoblanadi. Shunday ekan har bir davlatda markaz bilan chegara sarhadlari o’rtasida muntazzam aloqa bog’lanib turishi lozim. Ular o’rtasida muvozanat davlat maydonining mustahkamlik darajasini ko’rsatadi; davlat o’sish asnosida muhim ahamiyatga ega bo’lgan omillar: fizik - geografik muhitga, qirg’og’iy chiziqlarga, daryolar o’zaniga, tabiiy resurslarga boy rayonlarga katta e‘tibor beradi; nisbatan ibtidoiy turmush tarzga ega bo’lgan davlatlarga o’sish tashqaridan, sivilizatsiya darajasi yuqori davlatlardan keladi; ijtimoiy jihatdan hududlarning doimiy o’sib borishi davlatlardan davlatlarga o’tadi va bu qonuniyat. Agar xalqaro munosabatlar tarixiga nazar tashlasak, F.Ratsel «qonun’larining amaliyotda nechog’li aks etganligiga amin bo’lamiz. Bunga XIX asr oxirlarida jahon siyosiy xaritasida hokimiyat va boyliklarni qo’lga kiritish uchun yetakchi davlatlarning harbiy - siyosiy harakatlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling