Davlat univyersiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Natija bilan omil o’rtasidagi muvofiqlikni korrelyasion usulda baholash


Download 352.69 Kb.
bet3/14
Sana19.06.2023
Hajmi352.69 Kb.
#1623977
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3.1 AGB-21 -guruh talabasi Nematilloyev Shaxriyor

1. Natija bilan omil o’rtasidagi muvofiqlikni korrelyasion usulda baholash
Ko‘plik korrelyasiyasi tasodifiy ko‘rsatkichlar guruhi o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rganadi. Iqtisodiy tahlilda ko‘plik korrelyasiya usulini qo‘llanilishi hisoblash texnikasi yaratilganidan so‘ng kengaydi va qisqa muddatda katta yutuqlarga yerishildi, ham iqtisodiy, ham matematika fanlarini rivojlanishiga o‘z ulushini qo‘shdi.
Ko‘plik (ko‘p omilli) korrelyasiya usuli murakkab jarayonlarni tahlil qilishning asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Bu usul murakkab jarayonlarda ro‘y berayotgan alohida hodisalarni modellashtirish va bashorat qilish imkonini beradi. Ko‘p omilli korrelyasiya usulidan foydalanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
1. Kuzatishlar asosida to‘plangan katta mikdordagi dastlabki ma’lumotlarni qayta ishlash asosida bir argumentning o‘zgarishida funksiya qiymatini o‘zgarishini qolgan argumentlar qiymati belgilangan sharoitda aniqlanadi.
2. Qiziqtirayotgan bog‘lanishga boshqa omillarni ta’sirini (o‘zgartirish) darajasi aniqlanadi.
Korrelyasiya tahlili usullarini qo‘llayotgan izlanuvchilar oldida turadigan asosiy muammolar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- funksiya ko‘rinishini (turini) aniqlash;
- omillar-argumentlarni ajratish;
- jarayonlarni to‘g‘ri baholash uchun zarur bo‘lgan kuzatishlar sonini aniqlash.
Funksiyaning ko‘rinishini tanlashning qandaydir aniq ishlab chiqilgan uslubiy ko‘rsatmalari bo‘lamasa ham, har bir izlanuvchi bu muammoni turlicha hal qiladi. Matematika fani berilgan qiymatning har qanday sohasi uchun cheklanmagan miqdorda funksiyalarni keltirishi mumkinligini hisobga olib, ko‘p izlanuvchilar funksiya ko‘rinishini tanlash inson imkoniyatlari chegarasidan tashqarida deb hisoblashadi. SHuning uchun funksiya ko‘rinishini sof empirik asosda tanlash zarur va keyinchalik uni o‘rganilayotgan jarayonga to‘g‘ri kelishi (adekvatligi) tekshiriladi va qabul qilish yoki qilmaslik haqida qaror qabul qilinadi.
Omillar o‘rtasida bog‘lanish shaklini tanlashning uchta usuli mavjud:
empirik usul;
– oldingi tadqiqotlar tajribasi usuli;
– mantiqiy tahlil usuli.
Analitik funksiya turini regressiyaning empirik grafigi bo‘yicha aniqlash mumkin. Lekin mazkur grafik usulni faqat juft bog‘lanish hollarida hamda kuzatishlar soni nisbatan ko‘p bo‘lganda muvaffaqiyatli qo‘llash mumkin.
Har bir natijaviy ko’rsatkich juda ko’p va xilma-xil omillarga bog’liq. Natijaviy ko’rsatkichga omillar tasiri qanchalik detallashtirib (maydalashtirib) o’rganilsa korxona ishining sifatini bahosi va tahlili natijasi shunchalik aniq boladi. Shuning uchun ham xojalik faoliyati tahlilining muhim metodologik masalalaridan biri bo’lib, o’rganilayotgan iqtisodiy obyektga omillar tasirini aniqlash va o’lchash hisoblanadi.
Korrelyasion tahlil korrelyasiya koeffitsientlarini aniqlash va ularning muhimligini, ishonchliligini baholashga asoslanadi.
Chiziqli korrelyasiya koeffitsientining hisoblash formulasi:

Download 352.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling