Davlat univyersiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Ko’rsatkichlar farqi usuli


Download 352.69 Kb.
bet11/14
Sana19.06.2023
Hajmi352.69 Kb.
#1623977
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3.1 AGB-21 -guruh talabasi Nematilloyev Shaxriyor

Ko’rsatkichlar farqi usuli. Bu usul hodisa va jarayonlar orasidagi bog‟liqlik funksional bo’lgan taqdirda qo’laniladi. Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki, natija ko’rsatkichining o’zgarishiga omillar ta’sirini aniqlash uchun ta’siri aniqlanayotgan omillar orasidagi farqni qolgan omillarning miqdoriga ko’paytirish kerak. Iqtisodiy hodisaning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni o’z navbatida miqdoriy va sifatiy omillarga bo’lib o’rganiladi
Iqtisodiyot nazariyasida ishlab chiqarish omillari turlicha talqin etiladi. turli nazariya namoyandalari ishlab chiqarish omillarisiz ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish mumkin emaslishni ta’-kidlashadi. Lekin ularni talqin qilishda har xil jihatdan yondashiladi. Bunda mahsulot yaratishda u yoki bu omilning tutgan o‘rni va yaratilgan mahsulot taqsimotidagi qissasi haqidagi fikrlar bir-biridan farq qiladi. Fransuz iqtisodchisi J. B. Sey (1767-1832) iishab chiqarishning uch omili nazariyasini asoslab, ularga yer, kapital, mehnat kiradi deydi.

4. Kvarts Aksiyadorlik Jamiyatining investitsion loyihasida natija bilan omil
o’rtasidagi muvofiqlik
“Kvars” aksiyadorlik jamiyati nafaqat респуб­ликаmизда, balki Markaziy Osiyoda yirik iqtisodiy salohiyatga va o‘zining munosib o‘rniga ega. Korxonada avtomobil sanoati uchun oyna, shisha banka, listlangan oyna, butilka va o‘tga chidamli matyeriallar ishlab chiqariladi. Milliy iqtisodiyotimizda yirik ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan «Kvars» aksiyadorlik jamiyati o‘z faoliyatini 1975 yilda Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida boshlagan. Hozirgi kunda ushbu kompaniya tomonidan listlangan oyna, shisha banka, butilka, avtomobil sanoati uchun oyna va o‘tga chidamli matyeriallar ishlab chiqariladi. Olib borilgan marketing tadqiqotlariga asosan, «Kvars» AJning O‘zbekiston bozoridagi ulushi shisha bankalar bo‘yicha – 95 foiz, qurilish oynasi bo‘yicha 60 foiz, shisha butilkalar bo‘yicha – 50 foizni tashkil etadi. Jamiyatning 2017—2021 yillar uchun Strategik rivojlanish dasturiga asosan korxonada ishlab chiqarishini faol modyernizatsiya qilish, enyergotejamkor liniyalarni joriy qilish, ishlab chiqarish hajmini va aksiyadorlar daromadini oshirish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida sanoat va uy xo‘jaliklari uchun listlangan oynaga bo‘lgan extiyoj 38 million kvadrat metrni tashkil etib, hozirgi kunda «Kvars» AJ ushbu talabning 28,6 foizini yoki 10 million kvadrat metr qondirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 sentyabrdagi “«Kvars» AJda tekis shisha ishlab chiqarish uchun yangi texnologiya liniyasini qurish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-5374 sonli farmoyishi va 2018 yil 19 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4067-son qarorida belgilangan investitsion dasturga asosan, «Kvars» aksiyadorlik jamiyatida xorijiy kredit liniyalardan foydalangan holda ishlab chiqarish quvvati 22,2 million kvadrat metrga teng bo‘lgan va qiymati 70,2 mln. AQSH dollarini tashkil etuvchi yangi listlangan oyna ishlab chiqarish liniyasi bo‘yicha qurilish ishlari olib borilmoqda
«Kvars» aksiyadorlik jamiyati ushbu loyihani amalga oshirgandan so‘ng milliy bozorimizda tekis shisha ishlab chiqarish bo‘yicha bozor segmentining 92 foizini egallab, yiliga 32,2 million kvadrat metr sanoat va uy xo‘jaliklari uchun tekis shisha maxsulotini etkazib berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. SHu o‘rinda moliyaviy risklarni oldini olish va yuqoridagi investitsion loyihani o‘z mablag‘laridan moliyalashtirishni tashkil etish uchun «Kvars» AJ SPO jarayonini tashkil etish rejalashtirildi.
Respublikamiz fond bozorida «Kvars» AJ aksiyalarini ikkilamchi ommaviy taklifi(SPO) jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 fevraldagi 5666-sonli Farmoni va tashkilotchi kompaniyalardan «Freedom Finance» MCHJ hamda «Portfolio investment» MCHJ brokyerlik tashkilotlari shartnomasiga asosan amalga oshirilmoqda. Reja bo‘yicha «Kvars» AJ ustav kapitalidagi 20 foiz davlat aksiyalari paketini bosqichma-bosqich fond birjasida ikkilamchi SPO o‘tkazish orqali, dastlab 2019 yilning iyun oyida aksiyalar paketining 5 foizini sotuvga chiqargan holda savdoga qo‘yish to‘g‘risidagi takliflari maqullangan edi. [12] Lekin «Kvars» aksiyadorlik jamiyati iqtisodiy faoliyatini baholash ishlari ko‘p vaqt olganligi sababli, dastlabki 5 foiz hajmdagi SPO jarayoni 2019 yilning oktyabr-dekabr oylarida amalga oshirilmoqda. Aksiyalarni ikkilamchi ommaviy taklif jarayoni «Toshkent» Respublika Fond Birjasida xaridor bergan buyurtmada taklif etilgan narxlarda, yuqori berilgan bahoga ustuvorlik berilgan holda amalga oshiriladi.
«Kvars»aksiyadorlik jamiyatining umumiy aksiyalari miqdori 2019 yilining dekabr oyida 96 449 218 donani tashkil etib, yuqoridagi jadvalda ko‘rsatib o‘tilganidek, 5 foizlik davlat ulushi yaniy 4 822 460 dona aksiya sotuvga qo‘yilgan. Shuni alohida qayd etish lozimki, SPO jarayonida ishtirokchilarni sonini oshirish va fond bozoriga aholini keng jalb qilish maqsadida sotib olishning minimal chegarasi – 4 822 dona aksiya belgilab qo‘yilgan. Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida «Kvars» aksiyadorlik jamiyatining Davlatga tegishli bo‘lgan ulushi sekin astalik bilan xususiylashtiriladi. Davlat dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlaridan kelib chiqib, shuni ta’kidlash mumkinki, 2022 yilga kelib «Kvars» AJida xususiy investorlar ulushi 25,22 foizni tashkil etadi. Rivojlangan mamlakatlarda kompaniyalarning samarali faoliyati ularning bozor kapitallashuvi bilan taqqoslanadi. Xususan, 2019 yilning 1-dekabr holatiga yirik trans milliy korparatsiyalar hisoblangan Amyerikaning «Apple» kompaniyasi 1 192,8 mlrd. AQSH dollari, «Microsoft» kompaniyasi 1 155,9 mlrd. AQSH dollari, «Amazon» kompaniyasi 898,4 mlrd. AQSH dollari, «Tesla» kompaniyasi 59,03 mlrd. AQSH dollari[13]ga teng bozor kapitallashuvga ega.

Download 352.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling