Davlat uy-joy fondlaridan foydalanish bilan bogliq nizoli ishlarni sud tartibida hal etish xususiyatlari. Reja
Munisipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turarjoylarni berish
Download 213 Kb.
|
Davlat uy-joy fondlaridan foydalanish bilan bogliq nizoli ishlarni sud tartibida hal etish xususiyatlari.
4.Munisipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turarjoylarni berish
O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 38-moddasida fuqarolarni munisipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topish asoslari, shuningdek turar joy berish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi ta’kidlangan. Fuqarolar o’n sakkiz yoshga to’lgach, o’n sakkiz yoshga to’lmasdan nikoh tuzganlar, emansipasiya qilinganlar yoki ishga kirganlar esa qonunda nazarda tutilgan hollarda – tegishli ravishda nikoh tuzgan, emansipasiya qilingan yoxud ishga kirgan vaqtidan boshlab munisipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga ega bo’ladilar. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj va turar joy olish uchun hisobda turgan ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan fuqarolar egadirlar. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga ega bo’lgan fuqarolar toifalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Munisipal va idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga yoki arendaga berish shartnomasida ijaraga, arendaga oluvchining o’zi egallab turgan, arendaga olgan turar joyni sotib olish huquqi nazarda tutilishi mumkin. Munisipal va idoraviy uy-joy fondidagi bunday turar joylarni sotib olish tartibi qonunchilikda belgilanadi. Munisipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joylar fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq beriladi. Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir kishi hisobiga o’n olti kvadrat metrdan kam bo’lmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun esa – yigirma uch kvadrat metrdan kam bo’lmagan hajmda belgilanadi. Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslar bir xonaga yoki bir xonali kvartiraga joylashtirilishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida munisipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha turar joy berilishi mumkin. Fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha qo’shimcha uy-joy maydoni bir xona tarzida yoki o’n sakkiz kvadrat metrli umumiy maydon miqdorida beriladi. Ayrim surunkali kasalliklarning og’ir turlari bilan kasallangan fuqarolarga, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan ro’yxat bo’yicha, shuningdek bajarayotgan ish sharoitlari va xususiyatiga ko’ra qo’shimcha maydon zarur bo’lgan fuqarolarga bunday maydon miqdori ko’paytirilishi mumkin. Qo’shimcha uy-joy maydoni olish huquqiga ega bo’lgan fuqarolar toifalarining ro’yxati, qo’shimcha maydonni berish tartibi va shartlari qonunchilik bilan belgilanadi. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan munisipal va idoraviy uy-joy fondi uylarida bo’shayotgan turar joylar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning ulushli ishtirok etish tartibida topshirilgan mablag’lariga qurilgan uylarda bo’shayotgan turar joylar birinchi navbatda ushbu korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo’lgan xodimlariga ko’chib kirish uchun beriladi. Bunday ko’chib kirish tartibi, uy berilgan yoki qurilish tugallangan vaqtidan qat’i nazar, qo’llanadi. Download 213 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling