Davlat uy-joy fondlaridan foydalanish bilan bogliq nizoli ishlarni sud tartibida hal etish xususiyatlari. Reja


Download 213 Kb.
bet6/7
Sana30.04.2023
Hajmi213 Kb.
#1405741
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Davlat uy-joy fondlaridan foydalanish bilan bogliq nizoli ishlarni sud tartibida hal etish xususiyatlari.

1941 - 1945-yillardagi urush faxriylari va baynalminal jangchilar;
shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatdan zaxiraga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqqan harbiy xizmatchilar;
og‘ir turdagi surunkali kasalliklarga chalingan fuqarolar;
16 yoshgacha etti nafar va undan ziyod bolalari bo‘lgan ko‘p bolali oilalar;
chin etim bolalarni vasiylikka olgan oilalar;
3 nafar va undan ziyod mehnatga layoqatsiz oila a’zolari bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar;
ishlamaydigan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
keksayib qolgan yolg‘iz pensionerlar — yolg‘iz yashaydigan keksalar, voyaga etmagan bolalar yoxud qamoqda va jazoni o‘tash muassasalarida, uzoq muddat davolanishda bo‘lgan shaxslar bilan birga yashaydigan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan pensiya yoshidagi shaxslar (60 yoshga etgan erkaklar, 55 yoshga etgan ayollar);
bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib qolgan 18 yoshgacha yoki bolalikdan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxsi bo‘lib qolgan bolalari bo‘lgan oilalar.
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga qo‘yish
Tashkilotlarda ishlayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish ularning ish joyida yoki istagiga ko‘ra yashash joyida fuqaro tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimi nomiga (idoraviy uy-joy fondida mazkur tashkilotning rahbari nomiga) ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ariza va zarur bo‘lgan hujjatlar joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki tashkilotlarning tegishli komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Fuqarolarning uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojligi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etganligi, boshqa fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan huquqlari buzilganligi va uy-joyni taqdim etish bo‘yicha masalani hal etishda mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari aniqlanganligi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlar hisobiga kiritishni rad etishga asos bo‘ladi.
Fuqarolar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlar hisobiga kiritish rad etilganligidan norozi bo‘lgan taqdirda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki tashkilotlarning yuqori turuvchi organlariga, shuningdek, sudga shikoyat qilishi mumkin.
Vaqtincha yashamagan fuqarolar turar joyining saqlanishi
Munitsipal, idoraviy kommunal uy-joy fondlaridagi uylarni ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar vaqtincha o‘sha uyda yashamaganida turar joy 6 oy muddat davomida ularning hisobida saqlanib turadi.
Vaqtincha yashamagan fuqarolarning turar joyi quyidagi hollarda 6 oydan ortiq muddatga saqlanib turadi.
Navbatdan tashqari uy-joy quyidagilar uchun beriladi
uy-joyi tabiiy ofat oqibatida yashash uchun yaroqsiz holga kelgan fuqarolar;
davlat bolalar muassasalaridan, qarindoshlaridan, vasiylardan qaytgan fuqarolar, agar qonun bo‘yicha ilgari egallab turgan uy-joy uchun huquqi saqlanib qolingan bo‘lsa, biroq ushbu uy-joyga ko‘chib kirish imkoni bo‘lmasa. Ushbu hollarda bolalar joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan uy-joylar bilan ta’minlanadilar;
noqonuniy javobgarlikka tortilgan va keyinchalik reabilitatsiya etilgan fuqarolar, agar ular avval egallab turgan uy-joyini qaytarib olish imkoniga ega bo‘lmasa. Reabilitatsiya qilingan fuqarolar sud hukmi ijro etilgunga qadar yashagan hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan uy-joy bilan ta’minlanadi;
boshqa aholi punktlaridan o‘tkazilgan yoki taklif qilingan rahbarlar va mutaxassislar, shuningdek lavozimga saylangan shaxslar, agar bu boshqa joyga ko‘chib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lsa.
Uy-joylarni taqsimlash va taqdim etish
Uy-joy fondiga ega bo‘lgan tashkilotlar ularning kasaba uyushmasi bilan birgalikda uy-joylarni taqsimlaydi.
Fuqarolarga yashash uchun taqdim etiladigan uy-joy belgilangan sanitariya, yong‘inga qarshi va texnik talablarga javob berishi zarur.
Fuqarolarni bo‘shagan uy-joy sifatida avariya holatidagi va nuragan uylar, erto‘lalar, barak va yashash uchun mos bo‘lmagan boshqa binolarga, shuningdek buzish, kapital ta’mirlash yoki noturar uylar toifasiga kiritilishi lozim bo‘lgan turar joylarga joylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Turar joylarni taqdim etishda er va xotindan tashqari bitta xonaga yoki bir xonali kvartiraga turli jinsdagi shaxslarni joylashtirish taqiqlanadi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar, qariyalar, yurak-qon tomir va boshqa og‘ir kasalliklar bilan xastalangan fuqarolarga turar joy ularning istagiga ko‘ra ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatidan yoki lift bilan jihozlangan uylardagi kvartira beriladi.
Taqdim etiladigan uy-joyning o‘lchamini belgilashda, oilada homilador ayolning borligi e’tiborga olinishi lozim.
Quyidagi hollarda fuqarolar davlat uy-joy fondidagi uylardan boshqa turar joy bermasdan chiqarib yuboriladi
ijaraga olingan turar joy o‘z maqsadi bo‘yicha foydalanilmaganda;
turmush qoidalarini muntazam ravishda buzib boshqalarga kvartira va uyda yashash imkoniyatini bermayotganda;
ijara haqini to‘lanmaganda (uzoq muddatda tuzilmagan shartnomalar bo‘yicha 6 oydan ortiq, qisqa muddatli shartnoma bo‘yicha esa 2 oydan ortiq).

Davlat uy-joy fondiga quyidagilar kiradi:


— mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘lgan, mahalliy budjetga tushgan soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan uy-joylar fondi;
— mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘lgan, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan barpo etilgan, xususiy, munitsipal uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartnomalari asosida foydalanilayotgan aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi;
davlat korxonalari, muassasa va tashkilotlarning to‘la xo‘jalik yurituvida yoki operativ boshqaruvida bo‘lgan idoraga qarashli bo‘lgan uy-joy fondi;
Uy-joy fondi tarkibiga kirmaydigan binolardan (ishlab chiqarish binolari, sexlar, yig‘ma inshootlar, palatkalar, o‘tovlar, vagon uycha va h.k.lardan) ko‘chirishda yoki ularni bo‘shatishda sudlar mulk ijarasi shartnomalarini tartibga soluvchi fuqarolik kodeksining normalarini tatbiq etishlari lozim.
Davlat uy-joy fondlaridan foydalanish bilan bog‘liq nizolar
Fuqarolarni qonunda ko‘zda tutilgan asoslar bo‘yicha (Uy-joy kodeksining 71 — 73-moddalari) boshqa uy-joy bergan holda uy-joydan ko‘chirish to‘g‘risida da’vo arizasini qabul qilishda, sudya da’vo arizasida uydan ko‘chirilayotgan fuqarolarga taqdim etilayotgan uy-joyning aniq manzili ko‘rsatilganligini tekshirishi shart. Agar da’vo arizasida manzil ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bu holat FPK 195-moddasi birinchi qismining 4-bandiga muvofiq da’vo arizasini qaytarish haqida ajrim chiqarish uchun asos bo‘ladi.
Sud, ishni ko‘rishda ishning haqiqiy holatini, taraflarning huquq va majburiyatlarini har tomonlama to‘liq va xolisona o‘rganib chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining tegishli moddalarida bayon etilgan harakatlarni amalga oshirishi zarur, xususan, taraflar yoki ularning vakillarini suhbatga taklif etishi, ularning mazkur da’voga oid barcha dalil hamda e’tirozlarini va ishni kelishuv bitimi yo‘li bilan hal etish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishi, zarur hollarda, taraflarga ishni sudda ko‘rishga tayyorlash va ish sudda ko‘rilayotgan jarayonda ham kelishuv bitimi yo‘li bilan tugatishni taklif qilishi lozim.
Sudlarga tushuntirilsinki, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar-joylar fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 42-moddasiga muvofiq uy-joy maydonining ijtimoiy normasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari tomonidan bir kishi hisobiga o‘n olti kvadrat metrdan kam bo‘lmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravalarda harakatlanayotgan nogironlar uchun esa yigirma uch kvadrat metrdan kam bo‘lmagan hajmda belgilanadi. Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslar bir xonaga yoki bir xonali kvartiraga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaslik maqsadida davlat uy-joy fondidan uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha turar-joy berilishi mumkin.
Qo‘shimcha uy-joy maydoni olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha qo‘shimcha uy-joy maydoni bir xona tarzida yoki o‘n sakkiz kvadrat metrli umumiy maydon miqdorida berilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 43-moddasi talabiga muvofiq korxona, muassasa, tashkilotlar tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylarida bo‘shayotgan turar-joylar, shuningdek, bu idoralarning ulushli ishtirok etish tartibida topshirilgan mablag‘lariga qurilgan uylarda bo‘shayotgan turar-joylar birinchi navbatda ushbu korxona, muassasa, tashkilotlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan xodimlarga ko‘chib kirish uchun berilishiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Ushbu qonun talablariga rioya qilinmagan holda berilgan order hokimiyat, korxona, tashkilot va muassasalarning da’vosi bo‘yicha haqiqiy emas deb topiladi.
Turar-joy berish navbatining buzilishi sababli hujjat (order)ni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’volar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqishda, sud, quyidagi holatlarni: turar-joy berish navbati haqiqatdan ham buzilganligini; javobgar mehnat shartnomasi tuzishda ko‘zda tutilishi mumkin bo‘lgan asoslarda navbatidan tashqari yoki birinchi navbatda turar-joy olish huquqiga ega ekanligini; belgilangan tartibda turar-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar ro‘yxatida javobgardan oldin turgan fuqarolar hujjatda (orderda) ko‘rsatilgan uyga da’vogarlik qilmaganligini (masalan, kattaroq, kengroq uy olish istagini bildirganligi) yoki ishni ko‘rib chiqish davriga kelib javobgarga turar-joy berishga to‘sqinlik qiluvchi holatlar bekor bo‘lganligini (masalan, turar-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar ro‘yxatida javobgardan oldin turgan fuqarolar turar-joy olgan bo‘lib, nizo kelib chiqishiga sabab bo‘lgan, da’vogarlikdan voz kechgan hollar) aniqlashi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 50-moddasi talabiga ko‘ra ijaraga oluvchining oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar turar-joydan foydalanishda ijaraga oluvchi bilan teng huquqqa egadir va bu shaxslar ijaraga berish shartnomasi majburiyatlari yuzasidan ijaraga beruvchi oldida javobgardirlar.
Boshqa shaxslarni oila a’zosi deb topish masalasini hal etishda (xotini, eri, bolalari, ota-onalaridan tashqari) sud ularning ijarachi va uning oila a’zolari bilan munosabatlarini, umumiy xo‘jalik yuritganliklarini, bir-biriga o‘zaro yordam ko‘rsatib kelganliklari va oilaviy munosabatlari mavjudligini guvohlantiruvchi holatlarni aniqlashi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 52-moddasiga muvofiq munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar-joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar vaqtincha bo‘lmaganlarida (agar, turar-joy bo‘yicha uzoq muddat saqlanishi ko‘rsatilmagan bo‘lsa) turar-joy olti oy muddat davomida uning hisobida saqlanadi. (Shu moddaning ikkinchi qismida bayon qilingan holatlar bundan mustasno).
Shaxsning belgilangan muddatdan ortiq davr mobaynida uyda bo‘lmasligi oqibatida turar-joydan foydalanish huquqi manfaatdor shaxslarning da’vosi bo‘yicha sud yo‘li bilan yo‘qotgan deb topilishi mumkin. Agar, sud, shaxsning belgilangan muddatdan ortiq davrda yashamasligini uzrli sabablar oqibatida yuzaga kelgan deb hisoblasa, da’voni qanoatlantirmasdan rad etishi mumkin.
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylarida ijaraga oluvchi va uning oila a’zolarining talabi bo‘yicha turar-joy ijara shartnomasini (turar-joyni bo‘lish) o‘zgartirish mumkin. Bunday nizolarni ko‘rishda, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 9-moddasi talabi mavjud bo‘lgan sharoitdagina ijara shartnomasini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Ijaraga beruvchi turar-joyni ijaraga berish shartnomasi shartlaridan kelib chiqadigan nizolar (kvartira haqi, xonalar va obodonlashtirish obyektlariga yetkazilgan shikast natijasida keltirilgan zararni qoplash va h.k.) bo‘yicha taraf sifatida ishtirok etishi shart.
Davlat uy-joy fondini boshqarish bilan shug‘ullanuvchi organlar esa, turar-joy berish, turar-joylarni almashtirish, turar-joylarni saqlash (bron qilish) kabi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha taraf sifatida qatnashishi lozim.
Davlat uy-joy fondidagi turar-joyning kapital ta’mirlanishi munosabati bilan fuqarolarga turar-joy berib ko‘chirish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda, sud, fuqarolarni ko‘chirmasdan ta’mirlash mumkin yoki mumkin emasligini, kapital ta’mirlash vaqtida taqdim qilinadigan turar-joy sanitariya, texnik, yong‘inga qarshi talablarga javob berishligini hamda shu aholi punkti chegarasi doirasida joylashganligini, ko‘chirilayotgan fuqarolarning yoshi, sog‘lig‘i va boshqa e’tiborga sazovor holatlarni hamda kapital ta’mirlash muddatini e’tiborga olishi lozim.
Agar ijarachilar fuqarolarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan uydan kapital ta’mirlanishi sababli chiqarilayotgan bo‘lsalar, sud, uy kapital ta’mirlash ehtiyojiga muhtojligini, mulk egasi ta’mirlash imkoniyatiga ega ekanligini (masalan: mablag‘, qurilish materiallarining mavjudligi), shuningdek ta’mirlash ishlarini amalga oshirish mumkin bo‘lgan vaqtni inobatga olib, ijarachi va uning oila a’zolarini ma’lum muddatga ko‘chirib chiqarilayotganligini hal qiluv qarorida ko‘rsatishi shart.
Sudlarga tushuntirilsinki, munitsipal va idoraviy uy-joy fondiga qarashli turar-joyni hamda yordamchi xonalarni qayta qurish, o‘zgartirish bilan bog‘liq nizolarni hal etishda bunday qurilishlarni amalga oshirish uchun ijaraga oluvchining, uning voyaga yetgan oila a’zolarining, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning, ijaraga beruvchining roziligi olinganligini aniqlash lozim. Agar, bunday qurilishlar ijaraga beruvchining ruxsatisiz o‘zboshimchalik bilan amalga oshirilganligi aniqlangan taqdirda, ijaraga oluvchi hisobidan bu qurilishlar buzib tashlanishi lozimligi sudlarga uqtirilsin.
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondiga qarashli uylardagi turar-joylarni va yordamchi xonalarni qayta qurish hamda o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar, bunday nizo fuqarolarga shaxsiy mulk sifatida tegishli bo‘lgan turar-joylarda yashovchi ijarachilar o‘rtasida kelib chiqadigan bo‘lsa, bu holatda sud nafaqat mahalliy hokimiyat, balki uyga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgan mulkdorning ham roziligini hisobga olishi lozim.
Davlat uy-joy fondiga tegishli turar-joy uchun kommunal xizmat haqlarini undirish haqidagi da’volar bo‘yicha ishga faqat ijaraga oluvchi javobgar sifatida jalb qilinadi.
Xususiy uy-joy fondiga tegishli turar-joylarga ko‘rsatilgan xizmat xarajatlari yuzasidan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha esa, mazkur turar-joyning barcha voyaga yetgan mulkdorlari ishga javobgar sifatida jalb qilinishi, basharti, bu turdagi da’volar qanoatlantirilgan taqdirda, to‘lov ulardan solidar tartibda undirilishi mumkinligi masalasiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Yer uchastkasi davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan ijarachi yashayotgan uyi (kvartirasi) buzilishi oqibatida uydan ko‘chirilayotganda, sud, yer uchastkasini davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish haqidagi tegishli hokimlikning qarori mavjudligini tekshirishi lozim. Bunday qarorning mavjud emasligi da’voni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, davlat uy-joy fondiga tegishli turar joy davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratilishi munosabati bilan buzilgan taqdirda, shu uy-joylardan ko‘chirilayotgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi 71-moddasining to‘rtinchi — oltinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan boshqa obod turar joy beriladi.
Sud xizmat turar-joylaridan ko‘chirib chiqarish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda, avvalo, nizoli turar-joy xizmat turar-joyi maqomiga ega ekanligini aniqlashi lozim. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida joylashgan, o‘z mehnat munosabatlari xususiyatiga ko‘ra ish joyiga bevosita yaqin erda yashashi kerak bo‘lgan fuqarolar ko‘chib kirishiga mo‘ljallangan turar-joy bo‘lib, ko‘chirilishi lozim bo‘lgan fuqaro xizmat vazifasini bajarishi sababli olganligi va uy-joy berilayotgan vaqtda egallab turgan lavozimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan xizmat turar-joylari olish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan xizmatchilar toifasiga tegishli bo‘lganligini e’tiborga olib da’voni hal etish lozim bo‘ladi.
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondiga qarashli bo‘lgan turar-joyga xizmat turar-joylari olish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar ro‘yxatiga kirmaydigan shaxs berilgan hujjat (order) asosida joylashtirilgan bo‘lsa, mazkur hujjat (order) haqiqiy emas deb topiladi va javobgar O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 47-moddasi talabiga muvofiq turar-joydan ko‘chiriladi.


XULOSA.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 80-moddasi talabiga muvofiq xizmat turar-joylarida istiqomat qiluvchi ayrim toifadagi fuqarolar boshqa turar-joy ajratilmasdan ko‘chirilishi mumkin bo‘lmaganligidan kelib chiqib, sud, bunday fuqarolar mazkur moddada ko‘zda tutilgan imtiyozlarga ega ekanligini aniqlashi zarur. Bunday imtiyozga ega bo‘lgan fuqarolar xizmat turar-joylaridan faqat boshqa sanitariya, yong‘inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shu aholi punkti chegarasi doirasida bo‘lgan turar-joy berilishi bilan ko‘chirilishi mumkin.
Sud yotoqxonalardan ko‘chirish to‘g‘risidagi nizolarni hal etishda javobgar egallab turgan xona yotoqxona maqomiga ega ekanligini tekshirishi zarur.
Sud, xizmat lavozimi bilan bog‘liq ravishda berilgan yotoqxonadan ko‘chirishda da’vogar va javobgar o‘rtasida qanday mehnat shartnomasi tuzilganligi va u qanday asoslarga ko‘ra bekor qilinganligini aniqlashi zarur. Bunda, sudlar, shuni nazarda tutishlari lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 85-moddasiga muvofiq ishni tugatgan mavsumiy-vaqtinchalik ishchilar, muddatli mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlovchilar, shuningdek, uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z ixtiyori bilan yoki mehnat intizomini buzganligi sababli yoki jinoyat sodir etganligi sababli mehnat shartnomasi bekor bo‘lib ishdan bo‘shaganlar hamda o‘quv yurtida o‘qishni tugatganlar, o‘quv yurti talabasi safidan chiqarilganlar boshqa turar-joy berilmasdan ko‘chirilishi lozim.
Boshqa asoslar bo‘yicha mehnat munosabatlarini to‘xtatgan shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 80-moddasida qayd etilgan shaxslar, faqat, Uy-joy kodeksining 9-moddasi talablariga javob beradigan boshqa uy ajratilgan holda yotoqxonadan ko‘chirilishlari mumkin.
Agarda yotoqxonadan joy ajratish mumkin bo‘lmagan fuqaroga yotoqxona berilgan bo‘lsa, bunday shaxsni ko‘chirish to‘g‘risida da’vo taqdim qilinganda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 46-moddasiga muvofiq yotoqxonadan joy berish to‘g‘risidagi hujjat (order)ni haqiqiy emas deb topish masalasi hal etilishi lozim. Bunda sudlar Uy-joy kodeksining 47-moddasida ko‘zda tutilgan qoidalar qo‘llanilishini e’tiborga olishlari zarur.
Sudlar uy-joy munosabatlaridan kelib chiqqan nizolarni hal qilishda davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilgan holatlarni aniqlaganda ularga nisbatan FPK 275-moddasiga binoan xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan tegishli munosabat bildirishlari lozim.



Download 213 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling