Davlat uy-joy fondlaridan foydalanish bilan bogliq nizoli ishlarni sud tartibida hal etish xususiyatlari. Reja


Download 213 Kb.
bet4/7
Sana30.04.2023
Hajmi213 Kb.
#1405741
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Davlat uy-joy fondlaridan foydalanish bilan bogliq nizoli ishlarni sud tartibida hal etish xususiyatlari.

Turar joy hujjati.
Munisipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridan turar joy berish to’g’risidagi qaror asosida mahalliy davlat hokimiyati organi fuqaroga berilgan turar joyga ko’chib kirish uchun asos bo’ladigan yagona namunadagi hujjat (order) beradi.
Hujjat (order) faqat bo’sh turgan alohida turar joyga, yangi qurilgan uylarda esa, davlat komissiyasining uyni foydalanishga qabul qilish to’g’risidagi dalolatnomasi tasdiqlanganidan keyingina tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tuman) hokimi qarori bilan berilishi mumkin.
Order shakli O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojlik to’g’risida haqiqatga to’g’ri kelmaydigan ma’lumotlar taqdim etilganda, boshqa fuqarolar yoki yuridik shaxslarning hujjatda (orderda) ko’rsatilgan turar joyga bo’lgan huquqlari buzilganda, turar joy berish to’g’risidagi masalani hal etishda mansabdor shaxslar tomonidan g’ayriqonuniy harakatlar qilinganda, shuningdek turar joy berish tartibi va shartlarining boshqacha buzilishlari sodir etilgan hollarda munisipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyga berilgan hujjat (order) sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Hujjatni (orderni) haqiqiy emas deb topish to’g’risidagi talab hujjat (order) berilgan kundan boshlab uch yil mobaynida qo’zg’atilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 47-moddasiga asosan munisipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining turar joyiga berilgan hujjat (order) haqiqiy emas deb topilgan holda g’ayriqonuniy harakatlari oqibatida hujjatni (orderni) olgan shaxslar ularga boshqa turar joy bermasdan ko’chiriladi. Agar hujjatda (orderda) ko’rsatilgan fuqarolar ilgari davlat uy-joy fondining uyidagi turar joydan foydalanib kelgan bo’lsalar, ularga ilgari egallab turgan turar joyi qaytarilishi yoki boshqa turar joy berilishi kerak.
Agar hujjat (order) boshqa asoslarga ko’ra haqiqiy emas deb topilsa, hujjatda (orderda) ko’rsatilgan fuqarolar ularga boshqa turar joy yoki ilgari o’zlari egallab turgan turar joy berilgan holda ko’chiriladilar.



Download 213 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling