Davlat uy-joy fondlaridan foydalanish bilan bogliq nizoli ishlarni sud tartibida hal etish xususiyatlari. Reja
Xususiy uy-joy fondi va undan foydalanishning huquqiy tartibi
Download 213 Kb.
|
Davlat uy-joy fondlaridan foydalanish bilan bogliq nizoli ishlarni sud tartibida hal etish xususiyatlari.
3.Xususiy uy-joy fondi va undan foydalanishning huquqiy tartibi
Boshqa fuqarolik huquqlari kabi fuqarolarning turajjoyga bo’lgan huquqlari ham muayyan yuridik faktlar orqali vujudga keladi. Bunday faktlar tegishli asoslar sifatida qonun hujjallarida nazarda tutiladi. Turarjoylarga fuqarolar va nodavlat yuridik shaxslarning egalik qilish asoslari UJKning 22-moddasida belgilangan. Unga ko’ra. fuqarolar va yuridik shaxslar quyidagi yo'llar bilan turarjoyni xususiy mulk qilib olish huquqiga ega: yakka tartibda uy-joy qurish; yakka tartibda quruvchilarning shirkatlari tomonidan uy-joy qurish; uy-joy obligasiyalarini olish; uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarida ishtirok etish; oldi-sotdi, hadya va ayirboshlash; umrbod ta’minlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berish; meros olish; qonunda belgilangan tartibda xususiylashtirish. Mazkur asoslardan birinchisi bu yakka tartibda uy-joy qurish hisoblanadi. Bunda fuqarolar va yuridik shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasi olish asosida yakka tartibda uy-joy qurishadi. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi kim oshdi savdosida sotib olinishi ham mumkin. Bunda shartnoma kim oshdi savdosida g’olib chiqqan shaxs bilan tuziladi. Ashyoning mulkdori yoki mulkiy huquq egasi yoxud ixtisos- lashgan tashkilot kim oshdi savdosining tashkilotchisi bo’lishi mumkin. Ixtisoslashgan tashkilot ashyoning mulkdori yoki mulkiy huquq egasi bilan shartnoma tuzish asosida ish olib boradi va ular nomidan yoki o’z nomidan harakat qiladi. Fuqarolik kodeksida yoki boshqa qonunda ko’rsatilgan hollarda ashyoni yoki mulkiy hiiquqni sotish to’g’risidagi shart- nomalar faqat kim oshdi savdosi o’tkazish yo'li bilan tuzilishi mumkin. Kim oshdi savdosi auksion yoki tanlov shaklida o’tkaziladi. Kim oshdi savdosining shakli, agar qonunda hoshqacha tartib belgilangan bo’Imasa, soliladigan ashyoning mulkdori yoki sotiladigan mulkiy huquqning cgasi tomonidan belgilanadi. Faqat bitta ishlirokchi qalnashgan auksion va mnlov o’tkazilmagan hisoblanadi. Auksionlar va tanlovlar ochiq va yopiq bo’lishi mumkin. Ochiq auksionda va ochiq tanlovda xohlagan shaxs qatnashishi mumkin Yopiq auksion va yopiq tanlovda shu maqsad uchun ntaxsus taklif eliigan shaxslargina qatnashadilar. Agar qonunda boshqacha lari ih nazarda tutilgan bo’Imasa, tashkilotchi kim oshdi savdosi o’tkazilishi to’g’risida kamida o’ttiz kun oldin xabar qilishi kernk. Xabarda, liar qanday holda ham. kim oshdi savdosining vaqti. joyi va shakli, kim oshdi snvdosiga nima qo’yilayotgani va uni o’tkazish tartibi, shu jumladan kim oshdi savdosida qatnashishni rasmiylashtirish to’g’risidagi, shuningdek. boshlang’ich narx to’g’risidagi ma’lumotlar bo’lishi kerak. Agar kim oshdi savdosiga faqat shartnoma tuzish huquqi qo’yilayotgan bo’lsa, ho’lajak kim oshdi savdosi to’g’risidagi xabarda bunga bcriladigan muddat ko’rsatilishi kerak Agar qonunda yoki kim oshdi savdosi o’tkazilishi haqidagi xabarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, xabar bergan kim oshdi savdosining tashkilotchisi auksion o’tkazishdan xohlagan vaqtida, lekin u o’tkaziladigan kundan kamida uch kun oldin, tanlov o’lkazishdan esa tanlov o’tkaziladigan kundan kamida 30 kun oldin bosh tortishga haqli. Kim oshdi savdosining tashkilotchisi uni o’tkazishdan mazkur muddatlarni buzib bosh tortgan hollarda ishtirokchilarning ko’rgan haqiqiy zararlarini to’lashi shart. Xususiy mulkida uyi, kvartirasi bo’lgan fuqarolar ulardan o’zlari va oila a’zolari yashashi uchun foydalanadilar. Ular uyiga, kvartirasiga boshqa fuqarolarni ko’chirib kiritishga, shuningdek turar joylarni ushbu Kodeksda hamda o’zga qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlarda va tartibda ijaraga berish shartnomasi asosida boshqa fuqarolarga yashash uchun berishga haqlidirlar. Mulkida uyi, kvartirasi bo’lgan fuqarolar ulardan boshqa fuqarolar hamda yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzmagan holda boshqa maqsadlarda foydalanishga haqlidirlar. Mulkida uyi, kvartirasi bo’lgan yuridik shaxslar ularni ijaraga, arendaga berishga hamda ulardan uy-joy to’g’risidagi qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa maqsadlarda foydalanishga haqlidirlar. Ichki ishlar organlari tegishli hududda fuqarolar va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan turar joylardan hamda yashash uchun mo’ljallanmagan joylardan foydalanilishi, shu jumladan pasport rejimiga rioya etilishi, yashayotgan shaxslarning hisobga olinishi va tegishli shartnomalarning mavjudligi yuzasidan nazoratni fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari hamda uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan birgalikda amalga oshiradi. Uy, kvartira mulkdori xususiy uy-joy fondini boshqarishda ishtirok etish, uyning texnik holati masalalarida davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga murojaat etish, uy, kvartiraga xizmat ko’rsatish hamda ularni ta’mirlash usulini tanlash huquqiga egadir. Uy, kvartira mulkdori uy, kvartiraning asralishini, tegishli texnik va sanitariya holatini ta’minlashi, ularni o’z hisobidan joriy va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirishi shart. Ko’p kvartirali uydagi kvartira mulkdori o’ziga qarashli joyga ko’p kvartirali uyga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar yoki avariya-ta’mirlash xizmatlari vakillari umumiy mol-mulkning holatini nazorat qilish, unga xizmat ko’rsatish va uni ta’mirlash maqsadida mulkdorni oldindan xabardor qilgach, uning borligida kirishlarini ta’minlashi shart. Ko’p kvartirali uydagi kvartira mulkdori avariya holati yuzaga kelgan taqdirda, avariyani bartaraf etish uchun tegishli avariya-ta’mirlash xizmatlari vakillari o’ziga qarashli joyga kirishlarini darhol ta’minlashi shart. Kvartira mulkdori yo’qligida avariyani bartaraf etish uchun bu joyga kirish ichki ishlar organlari va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari vakillari ishtirokida tegishli avariya-ta’mirlash xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Ko’p kvartirali uydagi kvartira mulkdori mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tegishli ruxsatnoma olmasdan o’ziga qarashli joyni o’zboshimchalik bilan qayta qurgan yoki o’zgartirgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo’ladi hamda bu joyni o’z hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart. Turarjoyga nisbatan xususiy mulk huquqining vujudga kelishi nafaqat yakka tartibda turarjoy qurish (fuqarolar va yuridik shaxslarning o’zlari tomonidan) balki, yakka tartibda quruvchilarning shirkatlari tomonidan uy-joy qurish, uy-joy obligatsiyalarini olish, uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarida ishtirok etish orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda turarjoylarga nisbatan mulk huquqi qo’lga kiritiladi. FKda nazarda tutilgan shartnomalar ham turarjoyga nisbatan mulk huquqini vujudga kelitiradi. Mazkur shartnomalar jumlasiga Uy-joy kodeksi oldi-sotdi, ayirboshlab va hadya shartnomalarini kiritadi. Turarjoylar ko’chmas mulkni sotish shartnomasi qoidalariga muvofiq rasmiylashtiriladi. FKning 479-moddasiga muvofiq, ko’chmas mulkning oldi-sotdi shartnomasiga (ko’chmas mulkni sotish shartnomasiga) binoan sotuvchi yer uchastkasi, bino, inshoot, kvartira yoki boshqa ko’chmas mulkni sotib oluvchiga mulk qilib topshirishni) o’z zimmasiga oladi. Ko’chmas mulkni sotish shartnomasi taraflar imzolagan yozma shakldagi bitta hujjat tarzida tuziladi . Ko’chmas mulkni sotish shartnomasining shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga sabab bo’ladi. Ko’chmas mulkni sotish shartnomasiga binoan ko’chmas mulkka bo’lgan mulk huquqining sotib oluvchiga o’tganligi davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim. Mulk huquqi boshqa shaxsga o’tganligi davlat ro’yxatidan o’tkazilgunga qadar taraflarning ko’chmas mulkni sotish shartnomasini bajarishi ularning uchinchi shaxslar bilan munosabatlarini o’zgartirishi uchun asos bo’lmaydi. Agar taraflardan biri ko’chmas mulkka bo’lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o’tganligini davlat ro’yxatdan o’tkazishdan bo’yin tovlasa, boshqa tarafning talabiga binoan sud mulk huquqi boshqa shaxsga o’tganligini davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risida qaror chiqarishga haqli. Turarjoyga nisbatan xususiy mulk huquqining vujudga kelishi nafaqat yakka tartibda turarjoy qurish (fuqarolar va yuridik shaxslarning o’zlari tomonidan) balki, yakka tartibda quruvchilarning shirkatlari tomonidan uy-joy qurish, uy-joy obligatsiyalarini olish, uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarida ishtirok etish orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda turarjoylarga nisbatan mulk huquqi qo’lga kiritiladi. FKda nazarda tutilgan shartnomalar ham turaijoyga nisbatan mulk huquqini vujudga kelitiradi. Mazkur shartnomalar jumlasiga Uy-joy kodeksi oldi-sotdi, ayirboshlab va hadya shartnomalarini kiritadi. Turarjoylar ko’chmas mulkni sotish shartnomasi qoidalariga muvofiq rasmiylashtiriladi. FKning 479-moddasiga muvofiq, ko’chmas mulkning oldi-sotdi shartnomasiga (ko’chmas mnlkni sotish shartnomasiga) binoan sotuvchi yer uchastkasi, bino, inshoot, kvartira yoki boshqa ko’chmas mulkni sotib oluvchiga mulk qilib topshirishni) o’z zimmasiga oladi. Ko’chmas mulkni sotish shartnomasi taraflar imzolagan yozma shakldagi bitta hujjat tarzida tuziladi . Ko’chmas mulkni sotish shartnomasining shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga sabab bo’ladi. Ko’chmas mulkni sotish shartnomasiga binoan ko’chmas mulkka bo’lgan mulk huquqining sotib oluvchiga o’tganligi davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim. Mulk huquqi boshqa shaxsga o’tganligi davlat ro’yxatidan o’tkazilgunga qadar taraflarning ko’chmas mulkni sotish shartnomasini bajarishi ularning uchinchi shaxslar bilan munosabatlarini o’zgartirishi uchun asos bo’lmaydi. Agar taraflardan biri ko’chmas mulkka bo’lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o’tganligini davlat ro’yxatdan o’tkazishdan bo’yin tovlasa. boshqa tarafning talabiga binoan sud mulk huquqi boshqa shaxsga o’tganligini davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risida qaror chiqarishga haqli. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishning asosiy qoidalari: O’zbekiston Respublikasining barcha xususiylashlirish subektlari davlat uy-joy fondini xususiylashlirishda teng huquqlarda ishtirok etishi; xususiylashtirishning ixtiyoriylik asosida bolishi; xususiylashtirishning uy-joy muammosini hal etish bilan o’zaro aloqadorligi; haq evaziga va tekinga berish xususiyatining uyg’unlashtirilishi; fuqarolarni ijtimoiy jihatdan himoyalash; oshkoralik, ijtimoiy adolalga rioya elilishi; xususiylashtirishning amalga oshirilishi jarayoni ustidan davjat va jamoatchilik nazoratining o’rnatilishidan iboratdir. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish: O’zbekislon Respublikasining qonun hujjallarida belgilangan fuqarolaming ayrim toifalariga kvartiralarni, uylarni (uylarning bir qismini) tekinga berish; davlat kvartiralarini, uylarini (uylarning bir qismini) O’zbekiston Respublikasining — fuqarolariga va yuridik shaxslariga hamda fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga sotish yo’li bilan amalga oshiriladi. Davlat kvartiralarini, uylarini (uylarning bir qismini) hamda xususiylashtirilgan kvartiralarni, uylarni (uylarning bir qismini) sotish O’zbekiston Respubliknsi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasining xususiylashtirish subektlariga davlat uy-joy fondini xususiylashtirish huquqi faqal bir marta beriladi. Xususiylashtirilgan uylar joylashgan yer uchastkalariga va ularning egalaridagi hududga egalik qilish, ulardan foydalanish yer to’g’risidagi qonunlarda nazarda tutilgan tartib va shartlarda amalga oshiriladi. Download 213 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling