Davlat uy-joy fondlaridan foydalanish bilan bogliq nizoli ishlarni sud tartibida hal etish xususiyatlari. Reja


Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarining uylaridagi turar joylar


Download 213 Kb.
bet5/7
Sana30.04.2023
Hajmi213 Kb.
#1405741
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Davlat uy-joy fondlaridan foydalanish bilan bogliq nizoli ishlarni sud tartibida hal etish xususiyatlari.

5.Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarining uylaridagi turar joylar
O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 96-moddasiga muvofiq uy-joy qurish kooperativi fuqarolar o’z mablag’lari bilan birgalikda qurilishda ishtirok etishi yo’li bilan kelgusida uydan (uylardan) foydalanish va ularning saqlanishini ta’minlash uchun tashkil etiladi. Kooperativ fuqarolarning o’z mablag’larini qo’shish bilan birgalikda hosil bo’lgan umumiy mulk hisobidan uy-joyni qurish ishlarini amalga oshirish va natijada kelgusida qurilgan uy-joyga nisbatan mulkiy huquqlarga ega bo’lishini ta’minlashga xizmat qiluvchi yuridik shaxsdir. Kooperativ tashkiliy huquqiy nuqtai nazardan matlubot kooperativi hisoblanadi. Unga nisbatan FKning 73-moddasi talablari qo’llaniladi. FKning 73-moddasiga asosan ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish maqsadida fuqarolarning a’zolikka asoslangan ixliyoriy birlashmasi matlubot kooperativi hisoblanib, bu birlashmaning a’zolari tomonidan o’z mulkiy (pay) badallarini qo’shish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Uy-joy kooperativi matlubot kooperativi hisoblangani va yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgani sababli unga nisbalan yuridik shaxsning umumiy va notijorat yuridik shaxs uchun xos bo’lgan qoidalari qo’llaniladi. Bundan tashqari, O’zbekiston Rcspubiikasining 14.06.1991-yilgi «Kooperatsiyalar to’g’risida»gi, O’zbekiston Respublikasining 14.04.1999-yilgi «Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida»gi. O’zbekiston Respublikasining 03.01.2007-yilgi «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi qonunlari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.04.2007-yil 86-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Nodavlat notijorat lashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tartibi to’g’risida» Nizom hamda boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Kooperativ, O’zbekiston Respublikasi qonunlarida ta’qiqlanganlaridan tashqari faoliyatning har qanday turi bilan shug’ullanishga haqli.
Bunda kooperativlar va ularning xo’jalik uyushmalari davlat boshqaruvi kontroli va nazorati, shuningdek, surishtiruv, tergov va odil sudlov idoralarining vazifalarini bajarishlariga yo'l qo’yil- maydi. Kooperativlar, kooperativlarning xo’jalik uyushmalari O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunlariga va xalqaro shartnomalarga muvofiq respublika va xalqaro bozorlarda xo’jalik faoliyatini erkin yuritish huquqiga egadirlar.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlari yuridik shaxs maqomiga ega bo’lganlari sababli ularning mustaqil balansida o’z ifodasini topadigan asosiy fondlar, oborot mablag’lari, (pay) badallari, shuningdek, boshqa boyliklar bo’l ishi mumkin. Bunday mablag’lar kooperativ mulki hisoblanadi. Uy-joy qurish yoki uy- joy kooperativlarining mol-mulki o’z a’zolarining pul va moddiy badallari, banklarning kreditlari, o’zi ishlab chiqargan mahsulotlar, bu mahsulotni sotishdan kooperativ ustavida nazarda tutilgan o’ziga xil faoliyatdan kelgan daromadlar hamda qonunlarda man etilmagan boshqa manbalar hisobiga hosil bo’ladi. Kooperativning mol-mulkini shakllantirishda. mulk shaklidan qat’iy nazar korxona (tashkilot)lar, shuningdek. mazkur kooperativga a’zo bo’lmagan, ammo unda mehnat shartnomasi (kontrakti)ga, bitimiga muvofiq ishlayotgan jismoniy shaxslar shartnoma asoslarida pul va moddiy badallar to’lash yo'li bilan ishtirok etishlari mumkin.
Uy-joy kooperativi yangi, rekonstruksiya qilingan imoratlarni sotib olish va kelgusida uydan (uylardan) foydalanish uchun tashkil etiladi.
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari fuqarolarning ixtiyoriy birlashuvi asosida tashkil etiladigan matlubot kooperativlari hisoblanadi. Agar kooperativning barcha a’zolari turar joylarning mulkdorlari bo’lsalar, ular uy-joy mulkdorlari shirkatiga birlashish huquqiga ega bo’ladilar.
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari belgilangan tartibga muvofiq davlat ro’yxatidan o’tgan paytdan boshlab yuridik shaxs hisoblanadi.
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari kooperativ a’zolarining umumiy yig’ilishi qabul qilgan ustav asosida faoliyat ko’rsatadi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida ro’yxatdan o’tishi kerak.
Bitta uyda ikkita uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlarining tuzilishiga yo’l qo’yilmaydi. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari, agar ularning ustavida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, faoliyat muddati cheklanmagan holda tuziladi.
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarini ro’yxatdan o’tkazish uchun quyidagilar taqdim etiladi:
ariza;
umumiy (ta’sis) yig’ilishning bayonnomasi;
uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining ustavi;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining nomida faoliyatining asosiy maqsadi ko’rsatilishi, shuningdek «kooperativ» so’zi bo’lishi kerak.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini ro’yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlar belgilangan muddatda ko’rib chiqiladi va shu muddat mobaynida quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini ro’yxatdan o’tkazish to’g’risida;
taqdim etilgan hujjatlarni qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish muddati to’g’risida;
uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini ro’yxatdan o’tkazishni rad etish to’g’risida.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini tuzish tartibi va shartlari buzilgan, uning ustavi qonunchilik talablariga muvofiq kelmagan holdagina tegishli kooperativni ro’yxatdan o’tkazish rad etilishi mumkin. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi tuzilishi maqsadga muvofiq emas degan vaajlar bilan uni ro’yxatdan o’tkazishni rad etishga yo’l qo’yilmaydi.
Ro’yxatdan o’tkazuvchi organning qarori ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Davlat uy-joy fondiga quyidagilar kiradi
munitsipal uy-joy fondi — mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘lgan, mahalliy byudjetga tushgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan uy-joy fondi;
idoraviy uy-joy fondi — davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining to‘la xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida bo‘lgan uy-joy fondi;
aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi — mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘lgan, mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan barpo etilgan, shuningdek, xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanish uchun berilgan uy-joy fondi.
Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi
Uy-joy fondining ijtimoiy normasi:
bir kishi hisobiga - 16 kv/m kam bo‘lmagan;
kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun esa – 23 kv/m kam bo‘lmagan.
Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslarni bir xonaga yoki bir xonali kvartiraga joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ijtimoiy normadan ortiqcha turar joy berilishi mumkin.
Quyidagilar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb hisoblanadi
turar joy maydoniga ega bo‘lmagan yoki yashash uchun yaroqsiz uy-joylar (baraklar, vaqtinchalik uylar, avariya holatidagi uylar, erto‘lalar)da yashovchi fuqarolar;
har bir oila a’zosi 16 kvadrat metrdan, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun — 23 kvadrat metrdan kam bo‘lgan turar joy bilan ta’minlanganlar;
yotoqxonalarda, ishlab chiqarish va xizmat xonalarida yashovchilar, bundan mavsumiy va vaqtinchalik xodimlar, shuningdek, o‘qishlari sababli yotoqxonalarga ko‘chib o‘tgan fuqarolar mustasno;
qarindoshlik aloqalari bo‘lmagan ikki va undan ko‘p oila bo‘lib bir kvartirada yashovchilar;
alohida kvartirada yashashga muhtoj bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ayrim surunkali kasalliklarning og‘ir shakllariga chalinganlar;
uy-joy ajratilayotgan aholi punktida kamida 3 yil yashayotgan va ro‘yxatda turgan fuqarolar.
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy beriladigan fuqarolar

Download 213 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling