Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylov tizimi. Deputat]


-modda. Deputatning guvohnomasi va ko‘krak nishoni


Download 97 Kb.
bet2/6
Sana06.02.2023
Hajmi97 Kb.
#1172288
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
706-II 02.12.2004

4-modda. Deputatning guvohnomasi va ko‘krak nishoni
Deputatda guvohnoma va ko‘krak nishoni bo‘ladi, bu guvohnoma bilan nishon unga deputat sifatida ro‘yxatga olinganidan keyin tegishli saylov komissiyasi tomonidan beriladi. Deputat guvohnoma va ko‘krak nishonidan o‘z vakolatlari muddati mobaynida foydalanadi.
Deputatning guvohnomasi va ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi namunaviy nizom, shuningdek, bunday guvohnoma va nishon namunalari hamda tavsiflari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 2000-yil 18-apreldagi 52-II-son “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashi deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishoni to‘g‘risida”gi Qarori.
II. Deputatning huquqlari va majburiyatlari
5-modda. Deputatning huquqlari
Deputat tegishli xalq deputatlari Kengashi majlislarida ko‘rib chiqilayotgan barcha masalalar bo‘yicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi.
Deputat:
tegishli xalq deputatlari Kengashining doimiy hamda muvaqqat komissiyalariga saylash va saylanishga;
tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida ko‘rib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga;
tegishli xalq deputatlari Kengashi majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni ko‘rib chiqish tartibi hamda bu masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar kiritish va mulohazalar bildirishga;
tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan saylanadigan, tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning nomzodlari bo‘yicha fikr bildirishga;
tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida munozaralarda ishtirok etishga, ma’ruzachi va raislik qiluvchiga savollar berishga;
deputat so‘rovi bilan murojaat etishga;
o‘z takliflarini asoslab berish uchun so‘zga chiqishga va ovoz berish sabablari yuzasidan izoh berishga;
tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida raislik qiluvchiga majlisda muhokama qilinayotgan masala yuzasidan o‘z nutqi, taklifi yoki mulohazasi matnini topshirishga;
tegishli xalq deputatlari Kengashi tarkibidagi o‘zi a’zo bo‘lgan organning qaroriga qo‘shilmagan taqdirda o‘z nuqtai nazarini tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida bayon etishga yoki bu haqda mazkur xalq deputatlari Kengashi rahbariga yozma ravishda ma’lum qilishga;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli hududlarni rivojlantirish dasturlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga;
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuniga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
tegishli xalq deputatlari Kengashiga hisobdor yoki uning nazorati ostidagi har qanday organ yoxud mansabdor shaxsning hisoboti yoki axborotini mazkur xalq deputatlari Kengashining majlislarida eshitish to‘g‘risida taklif kiritishga;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishini, shuningdek, tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlarining bajarilishini tekshirish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga;
tegishli xalq deputatlari Kengashi majlislarining stenogrammalari bilan tanishishga;
saylovchilar bilan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, siyosiy partiya tashkiloti bilan uchrashuvlar o‘tkazishga;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzish hollari yoki qonunchilikni buzishning boshqa hollari ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda ularga darhol chek qo‘yish choralarini ko‘rish talabi bilan tegishli organlar hamda mansabdor shaxslarga murojaat etishga haqli.
(5-moddaning ikkinchi qismi o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Deputat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(5-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling