Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylov tizimi. Deputat]
Download 97 Kb.
|
706-II 02.12.2004
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-modda. Deputatlik odobi
- III. Deputat faoliyatining asosiy kafolatlari 10-modda. Deputatning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini muhofaza qilish
8-modda. Deputat so‘rovi
Deputat tegishli hududda joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan deputat so‘rovi yuborishga haqlidir. Oldingi tahrirga qarang. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari deputat so‘roviga javobni deputatga mazkur so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yuboradilar. Deputat so‘roviga javob o‘z nomiga so‘rov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi. (8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-avgustdagi O‘RQ-631-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son) Sudlarning raislariga, prokurorlarga, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlariga yo‘llangan deputat so‘rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas. Deputat so‘rovlari bo‘yicha axborot tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida muhokama qilinishi mumkin. 9-modda. Deputatlik odobi Deputat odob qoidalariga qat’iy rioya etishi lozim. Deputatning o‘z maqomidan fuqarolarning, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazadigan tarzda foydalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Deputatlik odobi buzilgan taqdirda deputatning xulq-atvori to‘g‘risidagi masala tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan yoki uning topshirig‘iga ko‘ra tegishli xalq deputatlari Kengashining organi tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin. III. Deputat faoliyatining asosiy kafolatlari 10-modda. Deputatning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini muhofaza qilish Har bir deputatga o‘z vakolatlarini moneliksiz hamda samarali amalga oshirishi uchun shart-sharoit kafolatlanadi, uning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati muhofaza qilinadi. Deputatning sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz qilgan shaxslar qonunga muvofiq ma’muriy, jinoiy yoki o‘zga tarzda javobgar bo‘ladilar. Deputatni haqorat qilish, shuningdek, unga nisbatan tuhmat qilish qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. Deputatlik vakolatlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilish maqsadida deputatga qanaqa tarzda bo‘lmasin ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Oldingi tahrirga qarang. Deputat oldidagi o‘z vazifalarini bajarmaydigan, uning ishiga to‘sqinlik qiladigan, bila turib unga yolg‘on axborot beradigan, deputat faoliyatining kafolatlarini buzadigan mansabdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar. (10-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 193-moddasi. Download 97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling