Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylov tizimi. Deputat]


-modda. Deputatning daxlsizlik huquqi


Download 97 Kb.
bet5/6
Sana06.02.2023
Hajmi97 Kb.
#1172288
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
706-II 02.12.2004

11-modda. Deputatning daxlsizlik huquqi
Deputat o‘zining vakolatlari muddati mobaynida daxlsizlik huquqiga ega bo‘ladi.
Tegishli xalq deputatlari Kengashining roziligisiz deputat mazkur hududda jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Deputat tegishli xalq deputatlari Kengashida ovoz berish chog‘ida fikr bildirganligi yoki nuqtai nazarini bayon etganligi uchun hamda o‘z vakolatlarini amalga oshirishi bilan bog‘liq boshqa harakatlari uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas, shu jumladan, vakolatlari muddati tugaganidan keyin ham javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Agar shunday xatti-harakatlar munosabati bilan deputat haqorat qilishga, tuhmat qilishga yoki qonunda javobgarlik nazarda tutilgan boshqa qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, u daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan taqdirda javobgarlikka tortiladi.
(11-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
12-modda. Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish tartibi
Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi masala tegishincha viloyat, tuman, shahar prokurorining yoki yuqori turuvchi prokurorning taqdimnomasiga binoan xalq deputatlari Kengashi tomonidan o‘n kun ichida hal etiladi. Senator etib saylangan deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish masalasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda hal etiladi.
Deputatni javobgarlikka tortishga rozilik olish to‘g‘risida quyi prokuror tomonidan kiritilgan taqdimnomani yuqori turuvchi prokuror chaqirtirib olishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Deputatni jinoiy javobgarlikka tortishga, ushlab turishga, qamoqqa olishga yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoni qo‘llashga rozilik olish to‘g‘risidagi prokuror taqdimnomasi tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi O‘RQ-666-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son)
Xalq deputatlari Kengashining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berish masalasiga doir qarori darhol tegishli prokurorga yuboriladi.
Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik olgan prokuror ish yuritish tamomlangan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida tegishli xalq deputatlari Kengashiga ishni tergov qilish, sudda ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida xabar qilishi shart.
Tegishli xalq deputatlari Kengashining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berishni rad etishi unga nisbatan jinoyat ishini yuritishni yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoni nazarda tutadigan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni istisno etadigan va bunday ishlarni tugatishga sabab bo‘ladigan holat hisoblanadi.
Xalq deputatlari Kengashining qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda, yuqori turuvchi prokuror tegishincha yuqori Kengashga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qarorni bekor qilish va masalani tegishli xalq deputatlari Kengashi qayta ko‘rib chiqishi uchun topshirish to‘g‘risida taqdimnoma kiritishga haqlidir.
Agar deputat o‘zi xalq deputatlari Kengashi deputati bo‘lgan viloyat, tuman yoki shahar hududidan tashqarida jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lsa, deputatni jinoiy javobgarlikka tortishga, ushlab turishga, qamoqqa olishga yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoni qo‘llashga rozilik olish talab qilinmaydi.

Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling