Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylov tizimi. Deputat]


-modda. Deputatning majburiyatlari


Download 97 Kb.
bet3/6
Sana06.02.2023
Hajmi97 Kb.
#1172288
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
706-II 02.12.2004

6-modda. Deputatning majburiyatlari
Deputat tegishli xalq deputatlari Kengashining majlislarida hamda mazkur Kengash tomonidan tuzilgan qaysi komissiya tarkibiga saylangan bo‘lsa, shu komissiyaning majlislarida qatnashishi, ovoz berishda tegishli xalq deputatlari Kengashining Reglamentida belgilangan tartibda shaxsan ishtirok etishi shart.
Deputatning tegishli xalq deputatlari Kengashining hamda qaysi komissiya tarkibida bo‘lsa, shu komissiyaning majlisida ishtirok etish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, bu haqda mazkur xalq deputatlari Kengashi yoki komissiya rahbariga oldindan xabar qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Deputatning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7-modda. Deputatning saylovchilar bilan, uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya bilan olib boradigan ishlari
(7-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tegishli xalq deputatlari Kengashining deputati o‘z okrugi saylovchilari bilan, uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya bilan aloqa bog‘lab turadi, tegishli xalq deputatlari Kengashida ularning manfaatlarini ifoda etadi.
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Deputat o‘ziga saylovchilardan tushgan murojaatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi, ularni hal etish chora-tadbirlarini ko‘radi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Deputat vaqti-vaqti bilan, lekin yiliga kamida to‘rt marta saylovchilarga o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot beradi.
(7-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Deputatga saylovchilar bilan olib boriladigan ishlar uchun tegishli xalq deputatlari Kengashining reglamentida belgilanadigan tartibda muayyan kunlar ajratiladi.
Saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun deputatga zarur shart-sharoit ta’minlanadi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari uning iltimosiga ko‘ra bino ajratilishini tashkil etadilar, deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari o‘tkaziladigan, deputat tomonidan fuqarolar qabul qilinadigan vaqt va joy haqida fuqarolarga xabar beradilar, qabul va uchrashuvlarda ishtirok etish uchun deputatning taklifiga binoan o‘zlarining mas’ul vakillarini yuboradilar, shuningdek, deputatning joylardagi ishiga ko‘maklashish yuzasidan boshqa chora-tadbirlar ko‘radilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Saylovchilarning ishonchini oqlay olmagan, shuningdek uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan deputat qonunda belgilangan tartibda chaqirib olinishi mumkin.
(7-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati a’zosini chaqirib olish to‘g‘risida”gi Qonuni.

Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling