AJRATIB YOZISH QOIDALARI
► Murakkab sonlarning qismlari ajratib yoziladi: yigirma besh, bir yuz ellik ikki kabi. ►Tojikcha izofali birikmalar ajratib yoziladi: tarjimayi hol, nuqtayi nazar, oynayi jahon, dardi bedavo kabi. Shuningdek, yangi imlo qoidalarida izofa undosh bilan tugagan so‘zlarga i shaklida, unli bilan tugagan so‘zlarga yi shaklida qo‘shilishi belgilab qo‘yildi: dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol, oynayi jahon, piri badavlat kabi. Lekin dardisar, gulbeor qo‘shib yoziladi. LOTIN VA KIRILL IMLOSINI QIYOSLANG:. tarjimayi hol, nuqtayi nazar, oynayi jahon таржимаи ҳол, нуқтаи назар, ойнаи жаҳон ► Birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo‘nalish kelishigida bo‘lgan kundan kunga, yildan yilga kabilar shuningdek, belgining ortiq darajasini bildiruvchi ko‘pdan ko‘p, ochdan och kabi birikishlar ajratib yoziladi.
AJRATIB YOZISH QOIDALARI
► Birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo‘nalish kelishigida bo‘lgan kundan kunga, yildan yilga kabilar shuningdek, belgining ortiq darajasini bildiruvchi ko‘pdan ko‘p, ochdan och kabi birikishlar ajratib yoziladi. ►Ko‘makchi oldingi so‘zdan: shu bilan, soat sayin, borgan sari, bu qadar, kun bo‘yi kabi. Lekin bilan ko‘makchisining -la shakli, uchun ko‘makchisining -chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: sen-la, sen-chun kabi. ►Juft yoki takror so‘zlarning o‘rtasida chiziqcha ishlatiladi: ota-ona, tez-tez kabi. ► Juft so‘z qismlari orasida –u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladi va juft so‘z qismlari ajratib yoziladi: ota-yu ona; gul-u lola kabi;
Do'stlaringiz bilan baham: |