KIRILLDA. ►Тартиб сонлар араб рақамлари билан ёзилса, чизиқча ишлатилади: 26-уй, 6-хона. Aммо сана билдирувчи сўзлардан кейин чизиқча қўйилмайди: 2021 йил, 8 март. LOTINDA. ►Birinchi qismi chiqish kelishigida bo‘lgan kundan kunga, yildan yilga, ko‘pdan ko‘p, ochdan och kabi birikishlar ajratib yoziladi. KIRILLDA. ►Биринчи қисми чиқиш келишигида бўлган кундан-кунга, йилдан-йилга, кўпдан-кўп, очдан-оч каби бирикишлар чизиқча билан ёзилади.
LOTIN VA KIRILLDA HAR XIL YOZILADIGAN O‘RINLAR:
►Ko‘p bo‘g‘inli so‘zning oldingi satrga sig‘may qolgan qismi keyingi satrga bo‘g‘inlab ko‘chiriladi: to‘q-son, si-fat-li, pax-ta-kor kabi.
►Tutuq belgisi oldingi bo‘g‘inda qoldiriladi: va’-da, ma’-rifat, mash’-al, in’-om kabi.
►O‘zlashma so‘zning bo‘g‘inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha ko‘chiriladi:
1) ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi: dia-gramma, mono-grafiya kabi;
2) uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko‘chiriladi: silin-drik, kon-gress kabi.
KO‘CHIRISH QOIDASI
►Ikki qo‘sh undosh so‘z o‘rtasida kelsa, quyidagicha ko‘chiriladi. M: is-siq, qat-tiq, shaf-fof.
► Bir tovushni ifodalovchi ng va sh, ch harf birikmalaridan so‘ng unli kelsa, harf birikmalari shu unli bilan birga ikkinchi bo‘g‘inga o‘tadi: si-ngil, de-ngiz, ota-ngiz, zang-ga, pi-choq, pe-sha-na, pe-shay-von.
Agarda harf birikmalaridan so‘ng undosh kelsa, harf birikmalari birinchi bo‘g‘inda qoladi: sing-li, push-ti, boch-ka, ish-da, och-di, tong-da, tong-gi
Eslatma: “NG” tovushini “N” va “G” tovushlaridan farqlash lozim:
“N” bilan tugagan so‘zga “G” bilan boshlanuvchi qo‘shimcha qo‘shilsa, bular alohida-alohida tovush va alohida bo‘g‘inga ajratiladi: tun-gi, tuman-ga, tin-gach, men-ga, bun-ga…
Shuningdek ayrim chetdan kirib kelgan o‘zlashma so‘zlarda ham “N” va “G” tovushlari ikkita tovush va alohida bo‘g‘inga ajratiladi: in-gliz, shtan-ga, tan-go, lan-gar, an-gina, kon-gress …
Do'stlaringiz bilan baham: |