BOSH HARFLAR IMLOSI
►Joy nomlari bosh harf bilan yoziladi:
Qit’a nomlari: Osiyo qit’asi, Yevropa qit’asi v.b.
Viloyat, shahar nomlari: Andijon, Sharisabz v.b.
Qishloq va mahalla nomlari: Naymancha qishlog‘i, Chig‘atoy mahallasi v.b.
Tog‘ va yaylov nomlar: Qoratog‘ tog‘i, Pomir tog‘i, Yarqoq (yaylov) v.b.
Okean, dengiz, daryo va kanal nomlari: Hind okeani, Orol dengizi, Zarafshon daryosi, Katta Farg‘ona kanali v.b.
Eslata: Shu bilan birga, bunday atoqli otlar tarkibida sifatlovchi mavjud bo‘lsa, sifatlovchi ham bosh harf bilan boshlanadi: Shimoliy Kavkaz, Markaziy Qizilqum kabi.
BOSH HARFLAR IMLOSI
► Quyidagi nomlar tarkibidagi har bir so‘z bosh harf bilan yoziladi:
Xalqaro tashkilotlar nomi: Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon Tinchlik Kengashi v.b.
Oliy davlat tashkilotlari nomi: Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis, Oliy Sud v.b.
Oliy davlat mansablari nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Raisi v.b.
Oliy davlat unvonlari nomi: “O‘zbekiston Qahramoni” (unvon), “Oltin Yulduz” (medal)
Davlatlarning nomi: Rossiya Federatsiyasi, Misr Arab Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Turkiya, Buyuk Britaniya,Amerika Qo‘shma Shtatlariv.b
BOSH HARFLAR IMLOSI
► Davlat oliy tashkilotlarining quyi tarkibiy bo‘linmalari, vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar nomlari va mansablar hamda mukofot, unvon va nishonlar nomining birinchi so‘z bosh harf bilan yoziladi:
Vazirliklar nomi: Tаshqi ishlаr vаzirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Tashkilot va idoralar nomi: Oliy attestatsiya komissiyasi; Fanlar akademiyasi
Hokimliklar nomi: Toshkent shahri hokimligi
Do'stlaringiz bilan baham: |