2. Tutuq belgisi ta’sirida cho‘ziqroq aytilsa ham, bitta A yoziladi: a’lo, a’zo, ma’no, ta’na kabi so‘zlarda;
3. Cho‘ziq talaffuz qilinadi va ikkita A yoziladi: mutolaa, mudofaa, manfaat, taalluqli, taajjub, taassurot, murojaat kabi so‘zlarda;
4. Ruscha-o‘zlashma so‘zlarda ya undoshi o‘rnida a aytiladi va yoziladi: sentabr, oktabr, flaga kabi.
5. Qator undoshli ayrim o‘zlashgan so‘zlar oxirida A qo‘shib aytiladi, ammo yozilmaydi: disk, tank, stolb kabi so‘zlarda.
O UNLISI TALAFFUZI VA IMLOSI
Oo harfi lablangan, til orqa keng unli tovushni ifodalaydi.
1. Rus tili orqali o‘zlashgan ayrim so‘zlarda O unlisi o‘ ga moyil aytilsa ham, O yoziladi: tort, opera, bolt, tok (elektr), tonna, kubok, bochka, nota kabi so‘zlarda;
2. Ayrim o‘zlashma so‘zlarda O unlisi I kabi talaffuz qilinsa ham, O yoziladi: traktor, direktor, ekspeditor, kartoshka kabi so‘zlarda;
3. Ayrim so‘zlarda O unlisi A kabi talaffuz qilinsa ham, O yoziladi: tomon, taqozo, tovon, farovon, sazovor, talon-toroj, kamolot, axborot, inshoot, motor, monitoring, dekoratsiya, okulist, notarius, fontan kabi so‘zlarda.
I UNLISI TALAFFUZI VA IMLOSI
Ii harfi lablanmagan, til oldi, yuqori tor unli tovushni ifodalaydi.
1. I unlisi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida r, l undoshlaridan oldin kelganganda bilinar-bilinmas talaffuz qilinsa ham, yoziladi: sira, bilan, tilak, tirnoq kabilarda;
2. O‘zlashma so‘zlarda qator undoshlar orasida I tovushi talaffuz etilsa-da, ammo yozilmaydi: sinf, aql, fikr, ilm, ufq, matn, litr kabilarda;
3. I unlisi ayrim so‘zlarda cho‘ziq aytiladi va ikkita “I” yoziladi: badiiy, tabiiy , suiiste’mol kabilarda;
4. I unlisi ayrim so‘zlarda “U” aytilsa ham, “I” yoziladi: mumkin, mudir, muhim, kulgi, tulki kabilarda;
Do'stlaringiz bilan baham: |