Davlat xizmatiga qabul testi


Download 1.64 Mb.
bet4/20
Sana01.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1314896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
ORFOGRAFIYA

qibla, tobla kabi so‘zlarda
Pp HARFI lab-lab, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi.
Pp harfi ko‘pincha b va f undoshlari o‘rnida talaffuz qilinadi.
Topshiriq. Berilgan so‘zlarning talafuzi va imlosini tushintiring:
bori(p-b), javo(p-b), hiso(p-b), bo(p-b), xito(p-b), keli(p-b)di, tabi(p-b), miro(p-b), yuzla(p-b), g‘ar(p-b), aja(p-b)tovur, iska(p-b)topar, su(p-b)tropik, pro(p-b)ka, cha(p-b)dast, tru(p-b)ka, yu(p-b)ka, se(p-b)kil, e(p-b)li.
V—F UNDOSHLARI TALAFFUZI VA IMLOSI
Vv HARFI lab-tish, sirg‘aluvchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi.
1. Vv harfi ayrim o‘zlashma so‘zlarda V ba’zan F aytilsa ham, V yoziladi: avtobus, avtomat, avtomobil, singari so‘zlarda;
2. Ayrim so‘zlarda V tovushi ikkita tallaffus qilinsa ham, bitta V yoziladi: tajovuz, tafovut, ovora, tanovul kabilarda.
Ff HARFI lab-tish, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi.
1. Ff harfi ayrim so‘zlarda P holida o‘qilsa ham, f yoziladi: fil, futbol fasl, safar, latif, isrof, insof singari so‘zlarda;
2. Ff harfi ayrim so‘zlarda V holida aytilsa ham, f yoziladi: shafqat, lafz, afzal, afg‘on, AFV etmoq kabilarda.
Topshiriqcha. Berilgan ikki harfdan zarurini qo‘yib, so‘zlarni ko‘chiring.
Tara(f-p), a(v-f)tomobil, as(p-f)alt, sha(v-f)qat, o(v-f)qat, a(f-v)zal, na(f-p)as, inso(f-p), ka(p-f)tar, (p-f)aqat. (p-f)ilik, har(f-p), la(f-v)z.
G—KUNDOSHLARI TALAFFUZI VA IMLOSI
Gg HARFI til orqa, portlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi.
1. Gg harfi so‘z oxirida jarangsiz k kabi eshitiladi, ammo yozuvda g tarzida yoziladi. Masalan: barg, tug, pedagog, eg kabi.
Eslatma. Imlo qoidasiga ko‘ra, oxiri g bilan tugagan so‘zlarga g undoshi bilan boshlanuvchi -ga, -gacha, -gach, -gan, -gina kabi qo‘shimcha qo‘shilganda k tarzida talaffuz qilinsa ham asliga muvofiq g yoziladi. Qarang: bargga, egguncha, dialoggacha, tuggin.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling