Davlat xizmatiga qabul testi


Download 1.64 Mb.
bet5/20
Sana01.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1314896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
ORFOGRAFIYA

 
Kk HARFI til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi.
1. Oxiri k bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda k jaranglilashadi va g tarzida aytiladi hamda shunday yoziladi. Masalan: yurak-yuragim, tilaktilagim, bek-begim kabi.
D—T UNDOSHLARI TALAFFUZI VA IMLOSI
Dd HARFI til oldi, portlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi.
1. Dd harfi ayrim so‘zlarda jarangsizlashib t talaffuz qilinsa-da, D yoziladi: band – bant, xursand – xursant, avlod – avlot, badqovoq–batqovoq, badxo‘r– batxo‘r, esdalik – estalik, tasdiqlamoq – tastiqlamoq, tadqiqot – tatqiqot kabi. TATBIQ
2. Dd harfi so‘zning oxirida d tovushidan oldin n kelsa va bunday so‘zlarga qo‘shimchalar qo‘shilsa, d talaffuz etilmaydi, ammo yoziladi: payvanchi-payvandchi, balanroq-balandroq, xursanchilik-xursandchilik kabi.
 
Tt HARFI til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh.
1. Tt harfi so‘z oxiridagi t talaffuzda ko‘pincha tushib qoladi. Biroq asliga muvofiq yozilaveradi: do‘st-do‘s, daraxt-darax kabi.
2. Tt harfi jonli nutqda t bilan tugagan so‘zlarga ch undoshi bilan boshlanuvchi qo‘shimchalar qo‘shilganda t ning ham ch ga aylanish hodisasi yuz beradi, ammo asliga muvofiq yoziladi: sutchi-suchchi, yigitcha-yigichcha, uyatchan-uyachchan kabi.
M—N UNDOSHLARI TALAFFUZI VA IMLOSI
Mm HARFI lab-lab, jarangli, burun undosh tovushini ifodalaydi.
Nn HARFI til oldi, jarangli, portlovchi, burun undosh tovushini ifodalaydi.
1.Nn harfi b, m undoshlari oldida kelganda m tarzida aytiladi, ammo n yozilaveradi: shanba–shamba, yonbosh-yombosh, jonbozlik–jombozlik; yonma-yon–yomma-yon, ko‘rinmaslik–ko‘rimmaslik, tanburchi-tamburchi, minbar-mimbar, yonboshyombosh, manmanlik-mammanlik
2. Jonli nutqda n tovushining ba’zan o‘zidan oldingi undosh ta’siriga uchrab, o‘sha tovush tarzida qo‘shaloq aytiladi, ammo n yozilaveradi: gapni-gappi, yo‘lni-yo‘lli, ko‘zni-ko‘zzi kabi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling