Davlat xizmatiga qabul testi


I unlisi ayrim so‘zlarda “E” ga yaqin aytilsa ham, “I” yoziladi: mashina, fojia, andisha kabilarda


Download 1.64 Mb.
bet3/20
Sana01.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1314896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
ORFOGRAFIYA

5. I unlisi ayrim so‘zlarda “E” ga yaqin aytilsa ham, “I” yoziladi: mashina, fojia, andisha kabilarda;
E UNLISI TALAFFUZI VA IMLOSI
Ee harfi lablanmagan til oldi, o‘rta keng unli tovushni ifodalaydi.
1. E harfi i ga moyil aytilsa ham, e yoziladi: telefon, teatr, okean, material, ehtimol, eshik, ehson, ertak kabi so‘zlarda;
2. So‘z boshida tutuq belgisidan oldin cho‘ziqroq aytiladi va E yoziladi: e’zoz, e’tibor, e’lon, e’tiqod kabi so‘zlarda.
O‘ UNLISI TALAFFUZI VA IMLOSI
O‘o‘ harfi lablangan, til orqa, o‘rta-keng unli tovushni ifodalaydi.
1. Lotin yozuviga asoslangan alifbomizga ko‘ra mo‘tabar, mo‘tadil, mo‘jiza kabi so‘zlarda o‘ unlisidan keyin tutuq belgisi yozuvda tushirib qoldiriladi, ammo o‘ cho‘ziqroq talaffuz qilinadi.
U UNLISI TALAFFUZI VA IMLOSI
Uu harfi lablangan, til orqa, yuqori tor unli tovushni ifodalaydi.
1. Uu harfi ayrim so‘zlarda I deb talaffuz qilinsa-da, U yoziladi: unsur, urchuq, tushuncha, qovun, ovul, tovuq, sovuq, tarvuz, quvur, supurmoq, qutulmoq kabi;
2. Tarkibida U bo‘lgan bir bo‘g‘inli so‘zlarning oxirgi ikki undoshi o‘rtasida u aytilsa ham, yozilmaydi: umr, uzr, rukn, hukm kabi.
UNDOSH TOVUSHLAR TALAFFUZI VA IMLOSI
B—P UNDOSHLARI TALAFFUZI VA IMLOSI
Bb HARFI lab-lab, portlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi.
1. «B» tovushi ayrim so‘zlarda jarangsizlashib P tarzida aytilsa ham, doimo B yoziladi:
sabab-sabap, kitob-kitop, javob-javop, zarb-zarp, mubtalo-muptalo, ibtido-iptido talab– talap, oftob– oftop kabi.
2. «B» tovushi ayrim so‘zlarida «V» tarzida aytilsa ham, «B» yoziladi:

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling