Davlatgacha bo’lgan jamiyatlarda: ijtimoiy normalar va ijtimoiy hokimiyat


Download 22 Kb.
bet1/3
Sana22.12.2022
Hajmi22 Kb.
#1042866
  1   2   3
Bog'liq
DAVLATGACHA BO’LGAN JAMIYATLARDA


DAVLATGACHA BO’LGAN JAMIYATLARDA:IJTIMOIY NORMALAR VA IJTIMOIY HOKIMIYAT.

Kishilar o’rtasidagi munosabatlar kishilik jamiyati paydo bo’lish davridan boshlab ahloq normalari bilan tartibga solina boshlangan.


Ahloq- ijtimoiy normalarning eng asosiysi hisoblanib, muayyan jamoa a’zolari tomonidan rioya qilinishi shart bo’lgan yurish-turish qoidalaridir.
Ahloq - kishilarning bir-birlariga, oilaga, Vatanga, jamiyatga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladigan hatti-haraktlar yig’indisidir. Ahloq har bir kishining xulqini ko’rsatadi.
Ahloq normalari - yaxshilik va yovuzlik, vijdon, sha’n, qadr-qimmat, adolat va nohaqlik, burch va mas’uliyat, baxt haqidagi ahloqiy tushunchalarga muvofiq ravishda jamiyatda o’rnatilgan xulq-atvor qoidalaridir. Ahloqiy tushunchalar o’zining majmuasiga muvofiq keng qirrali hisoblanadi.
Tarix shundan dalolat beradiki, birgalikda yashashning ko’p asrli tajribasini mujassamlashtirgan umumiy axloq normalariga qattiq amal qilgan, jipslashgan xalqlargina omon qolishgan, ofatlarga, hujumlarga muvaffaqiyat bilan bardosh bergan. Ana shu qoidalarni buzganlarni jamoatchilik qoralagan.
Jamiyatdagi munosabtlar ijtimoiy normalar orqali tartibga solinadi.
Norma-bu hulq-atvor qoidalaridir.
Ijtimoiy normalarning quyidagi turlari mavjud:
Ø Ahloq normalari;
Ø Jamoat birlashmalari normalari;
Ø Milliy urf odat normalari;
Ø An’ana normalari;
Ø Marosimlar normalari;
Ø Diniy normalar;
Ø Siyosiy normalar;
Ø Huquqiy normalar va boshqalar.
Axloq normalari inson hayoti bilan chambarchas bog’lanib ketgan, inson ongida juda uzoq yillar mobaynida shakllangan tuygular - ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, burch va mas’uliyat, adolat va nohaqlik, mehribonlik va shafkatsizlik, hurmat va hurmatsizlik kabilarga mos ravishda o’rnatilgan xulq-atvor qoidalaridir. Masalan, avtobusda ketayotganda keksa bir odam chiqsa unga joy berish ahloqiy normani bajarishni bildiradi. Qariya joy so’ramaydi, lekin ahloq normalari joy beruvchini shunga majbur qiladi.

Download 22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling