Davlatning iqtisodiyotdagi rolini miqdoriy baholash
Asosiy tayanch tushunchalar
Download 208.62 Kb.
|
Asosiy tayanch tushunchalar
Iqtisodiy rivojlanish - ko'p o'lchamli jarayon bo'lib, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy taraqqiyotida o'z ifodasini topadi. Iqtisodiy o'sish — YalM, SMM, MD miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko'payishida va sifatining yaxshilanishida ifodalanadi. Iqtisodiy o'sish mezoni — iqtisodiy o'sishni nisbatan to'liq darajada baholash imkonini beradigan ko'rsatkichni xarakterlaydi. Iqtisodiy o'sishning ko'rsatkichlari — iqtisodiy o'sishni aniqlashda foydalaniladigan qiymat, ijtimoiy naflilik va natural (jismoniy) ko'rsatkichlar tizimidan iborat. Ekstensiv iqtisodiy o'sish — ishlab chiqarishga qo'shimcha iqtisodiy resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi. Intensiv iqtisodiy o'sish — ishlab chiqarish omillarining mavjud darajasida, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko'payib borishi. Ustuvor ekstensiv iqtisodiy o‘sish — iqtisodiy o'sishda ekstensiv omillarning ustivor o'ringa ega ekanligini bildiradi. Ustuvor intensiv iqtisodiy o'sish — iqtisodiy o'sishda intensiv omillarning yuqori o'ringa egaligini bildiradi. Iqtisodiy o'sish omillari — iqtisodiy o'sishga ta'sir ko'rsatishda o'z o'rniga ega bo'lgan va uni aniqlab beruvchi talab, taklif va taqsimlash omillarini bildiradi. Milliy boylik — insoniyat jamiyati taraqqiyotida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg'arilgan moddiy va ma’naviy boyliklar hamda foydalanishga jalb qilingan tabiat in’omlari. Moddiy-buyumlashgan boylik — milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan ashyoviy-buyum ko'rinishga ega bo'lgan qismi. Tabiiy boylik — milliy boylikning tabiat in'omlaridan iborat bo'lgan, foydalanishga jalb qilingan, ishlab chiqarishning shart-sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladigan qismi. Ma’naviy boylik — ashyoviy-buyum ko'rinishiga ega bo'lmagan nomoddiy qimmatliklardan va insoniyatning intellektual salohiyati natijalaridan iborat. Фойдаланилган адабиётлар Ўзбекистон Республикасининг Конститутцияси. Т.: Ўзбекистон, 2003. Каримов И.А. Ўзбекистон - буюк келажак сари. – Т.: Ўзбекстон, 1999. Каримов И.А. Бизнинг бош мағсадимиз-жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислоҳ этишдир. – Т.: Ўзбекстон, 2005. Каримов и.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари/И.А.Каримов, - Т.: Ўзбекистон, 2009. – 56 б. Мамлакатимизни модернизация қилиш ва янгилашни изчил давом эттириш – давр талаби. Президент Ислом Каримовнинг 2008 йилда мамлакатимизни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2009 йўналишларига бағишланган вазирлар Маҳкамаси мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2009 йил 14 февраль. Каримов И.А., Энг асосий мезон – хаёт ҳақиқатни акс эттириш. Т.: Ўзбекистон, 2009, - 24 б. Шодмонов Ш., Алимов Р.Ў., Жўраев Т.Т. Иқтисодиёт назарияси. – Т.: «Молия», 2002. Тожибоева Д. Иқтисодиёт назарияси – Т.: Ўқитувчи, 2002. Джумақулов Т.Т., Сафарова З.Т. Использование трудов И.Каримова в преподавании экономической теории и его вклад в её развитие: Учебное пособие. – Т.: Изд-во мет.лит-ры им. Абу Али ибн Сино, 2002. Тожибоева Д. Иқтисодиёт назарияси иккинчи китоб: Олий ўқув юртлари талабалари учун ўқув қўлланма. _ Т.: «Шарқ», 2003. Тарасевич Л.С., Гребенников П.И., Леусский А.И. Макроэкономика: Учебник М: Юрист-Издат, 2003. По, А. Самуэльсон, Вильям Д. Норд Хаус. Экономика: Пер. Download 208.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling