Firmaning uzoq muddatli o’rtacha xarajatlari va firmaning uzoq muddatli muvozonati.
Reja:
1.Firmaning qisqa va uzoq muddatli oraliqdagi faoliyati.
2.Ishlab chiqarish xarajatlari mazmuni va tarkibi.
3.Firmalarda xarajatlar va ularning turlari.
Firmaning ishlab chiqarishi va xarajatlari to’g’risida gapirganda ularni ikki xil vaqt oralig’ida qarash lozim, qisqa muddatli va uzoq muddatli.
Qisqa muddatli oraliq - bu shunday vaqt oralig’iki, firma bu oraliqda faoliyat ko’rsatganda, u ishlab chiqarish omillaridan kamida bittasining hajmini o’zgartira olmaydi. Bunday omilga o’zgarmas ishlab chiqarish omili deyiladi.
Uzoq muddatli oraliq - bu oraliqda firma ishlab chiqarishda foydalanayotgan barcha ishlab chiqarish omillari hajmini (ishlab chiqarish quvvatini ham) o’zgartiradi. Uzoq muddatli oraliqda barcha ishlab chiqarish resurslari o’zgaradi va bunday resurslarga o’zgaruvchan resurslar deyiladi.
Har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma’l um sarf xarajatlar talab etiladi.Ishlab chiqarish xarajatlari deganda – tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushiniladi. Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf xarajatlarning puldagi ifodasi tannarx deyiladi.Ishlab chiqarish xarajatlarini 2 ga bo’lib o’rganish mumkin: bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari.
Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari
Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste’molchiga yetkazguncha ketadigan sarflarga aytiladi, ular 2 guruhga bo’linadi:
Qo’shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari.
Qo’shimcha muomala xarajatlari – tovarlarni o’rash, qadoqlash, saralash, ortish, tashish va saqlash xarajatlariga aytiladi. Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish xarajatlariga yaqin turib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovar sotilgandan so’ng olingan pul tushumi summasidan qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |