Davlatshayxning o‘g


Download 75.48 Kb.
bet6/15
Sana25.08.2023
Hajmi75.48 Kb.
#1670248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
8-o\'zbek yangi malumotlar

qo ‘shbegi, ya’ni Bosh vazir (vaziri buzruk ham deyilgan) qo'lida to'plangan. U poytaxt Buxoro shahridagi ahvol, mamlakat boshqaruvi, moliya, soliq, xazina kabi eng muhim sohalar- ni nazorat qilgan. Ayni paytda, barcha viloyatlar unga bo‘ysungan. Amirlikda qo‘shbegidan keyingi o‘rinda moliya vaziri (devonbegi) turgan. U quyi qo'shbegi deb ham atalgan. Moliya vaziri zakot masalasi bilan shug‘ullangan. Shayboniylar, ayniqsa, ashtarxoniylar davrida katta mavqega ega bo‘lgan otaliq lavozimiga tayinlangan amaldor endilikda Buxoro va Samarqand viloyatlarini sug‘orish, shu­ningdek, suv taqsimoti bilan bog‘liq ishlar uchun mas’ul qilib qo‘- yildi.
Parvonachi lavozimida ishlagan amaldoming asosiy vazifasi Buxo­ro xonligida bo‘lganidek oliy hukmdoming yorliqlarini u yoki bu amaldorga yetkazish bo‘lgani holda, amirlikda istiqomat qilib kelayot- gan arablar jamoasi masalalari bilan ham shug‘ullanadigan bo‘ldi.


Amir Nasrullo 1842-yilda Qo‘qonni ishg‘ol etgach, u yerga Ibrohim parvonachi mang‘itni noib etib tayinlaganida, shubhasiz, uning amirlik hayotidagi mavqeyini hisobga olgan. Bir so‘z bilan aytganda, u yoki bu davlat lavozimining nufuzi shu lavozimda kim o‘tirganligiga ham bog‘liq bo‘lib qoldi.
Bosh inoq lavozimiga tayinlangan amaldor amirning buyruqlarini quyi lavozimda ishlayotgan davlat xizmatchilariga yetkazish, mazkur buyruqlarning bajarilishini va kelgusida davlat mansablariga tayinla- nishi mumkin bo‘lgan xizmatchilarning faoliyatini tashkil etish bilan shug‘ullangan.
Kichik inoq esa chet mamlakat elchilari taqdim etadigan hujjatlarni qabul qilib olgan. Shuningdek, amir muhri uchun javobgar bo‘lgan


Yana bir muhim davlat mansabi to'qsoba edi. U davlat bayrog'ining daxlsiz saqlanishini ta’minlash, shuningdek, eng ishonchli shaxs sifa- tida oliy davlat marosimlarida amir dasturxoniga taom tortish kabi nihoyatda mas’uliyatli vazifani bajargan. Vazifa nihoyatda mas’uliyatli bo‘lganligi uchun unga daromad manbai sifatida bitta tuman birik- tirib qo‘yilgan.
Davlat boshqaruvida, shuningdek, ko'kaldosh (davlat xavfsizlik xizmati boshlig‘i), mehtar (soliq va boshqa yig‘imlardan tushgan mablag‘laming belgilangan o‘rinlarda qanchalik to‘g‘ri sarllanganligini nazorat qiluvchi amaldor), qutvol (davlat hisobidan amalga oshiriladi- gan qurilish ishlariga mas’ul amaldor), eshik og‘aboshi, miroxur (amir otxonasining boshlig‘i), qorovulbegi (shahar va yo‘llar posboni), shi- g'ovul (chet mamlakatlar elchilarining qabul qilinishini tashkil etuv- chi), mushrif (amirga in’om etilgan sovg'alarni ro‘yxatga olish va soliqlar tushumini yozib boruvchi amaldor), dasturxonchi (amir huzu- rida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas’ul amaldor), kitobdor (amir kutubxonasining boshlig‘i), dodxoh (jabrlanuvchi arizasini amirga yet- kazuvchi va javobini arizachiga yetkazilishiga mas’ul amaldor) kabi yuqori davlat lavozimlari ham bor edi.



Download 75.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling