Davr oraliq’idagi tarixiy atamalarni o`z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning ma`nosi yillar o`tishi bilan o`tmishning ma`lum davriga xos holda o`zgargani tez-tez kuzatib turilgan


Download 468.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/66
Sana19.10.2023
Hajmi468.41 Kb.
#1709448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Munajjim — osmon yoritkichlarining vaziyatlarini kuzatuvchi shaxs. Bu so`z arab tilidan 
olingan. Zardo`sht 40 yoshida yangi diniy ta`limot payg’ambari bo`ladi. «Payg’ambar» so`zi 
«savobli ishlar xabarchisi» degan ma`noni anglatadi. 
Zardo`shtiyning g’oyalari mil. av.gi IV asrda to`planib 21 kitob qilinadi. Ular 
«Avesto»ning asosini tashkil etgan. Matnlarda yozilgan tafsiflar «Zand» deb ataladi. «Katta 
Avesto»dan ayrim muhim oyatlar tanlab olinib, Xorazm, Baqtriya, Margiyona va So`tdiyona 
xaqida qimmatli ma`lumotlar mavjud. 
Ahuramazda — Zardo`shtiylik xudosi bo`lib, yorug’lik, obodonlik, farovonlik, salomatlik 
kabi hamma ezguliklarni yaratuvchi va boshqaruvchi xudo sifatida ifodalangan. 
Ahriman — zulmat, qorong’ulik, ochlik, vabo, sovuq, zaxarli jonivorlarni yaratuvchi va 
boshqaruvchi yovuzliklar xudosi. 
Zardo`shtiylik urf—odatiga ko`ra o`lgan kishi dafn qilinmagan. Jasadni qushlarga em 
bo`lishi uchun maxsus baland joyga quyilgan. Suyaklari tozalanib, qushlarga em bo`lishi uchun 
maxsus idish «ossuariy» — «suyakdon, ostadon»larda saqlaganlar. Ular nous deb ataluvchi 
maxsus binolarga qo`yilgan. 
Ahamoniylar — mil. av.gi 558—330 yillarda eronda hukmronlik qilgan sulola. 
Ahamoniylar sulolasiga mil. av.gi VIII asrda elam yaqinidagi Parsa hududida yashagan qadimgi 
fors qabilalarining boshlig’i Ahmon asos solgan. Kir I davrida O`rta Osiyo hududlari ham 



Ahamoniylar sulolasiga bo`ysundirilgan. Uning davrida Qadimgi SHarqning katta qismi o`z 
hukmronligiga bo`ysundiriladi va Ahamoniylarning buyuk imperiyasi tuziladi Ahamoniylar 
sulolasi vakillari: Ahmon (Xaxomanshi), CHish-pish, Kir I, Kambiz I, Kir II, Kambiz II, Doro I, 
Kserks I, Ortokseroks I, Kserks II, Sekudian II, Doro II, Ortokserks II, Ortokserks III, Arses,
Doro III. 
Gerodotning yozishicha, Ahamoniylar bosib olgan hududlarni satrapliklarga bo`lib idora 
qilganlar. Ularning soni 20 ta bo`lgan. O`rta Osiyo hududi esa uchta satraplikka bo`lingan. 

Download 468.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling