Alizarin — ruyan o`simligi ildizidan olinadigan yoki sun`iy yo`l bilan tayyorlanadigan
bo`yoq modda.
Al’kogol — molekulalari tarkibiga kislorod va vodorod atomlari guruhi kiritadigan
birikmalar, spirtlar.
Uyg’onish davri (XIV — XVI asrlar)da ilmiy va falsafiy dunyoqarashning o`sishi,
iqtisodning yuksalishi avval lotin, keyin yunon tilidagi atamalarning ko`payishiga olib keldi.
Lotin tili o`rta asrlarda G’arbiy Yevropa mamlakatlari uchun ilm va maorif sohasida
xalqaro til bo`lib o`z ahamiyatini to XVII — XVIII asrlargacha saqlab keldi. Hozirda meditsina,
ximiya, biologiya, zoologiya, botanika, geologiya, paleontologiya, matematika, fizika, falsafa,
ijtimoiy — tarixiy fanlar, siyosat, san`at va texnikada lotin va yunon tilining leksik elementlari
saqlanib qolgan.
Uyg’onish davridagi Italiya san`ati Yevropaning boshqa hududlariga ital’yan tilining
yoyilishiga olib keldi. Ital’yan atamashunogligidagi musiqa, teatr, me’morchilik, san`at, dengiz
va harbiy san’at, bank ishidagi atamalar boshqa tillarga ko`chdi (Masalan, soprano, kantilena,
batal’on, soldat, sal’do va boshqalar).
XVII — XVIII asrdagi xalqaro leksikaga golland tilidagi dengiz va kemasozlik atamalari
kirib keldi (Ver’f, dok va xokazo). Bu esa o`sha davrda Gollandiyaning dengiz va kemasozlikda
mashxur bo`lganidan dalolat beradi. Harbiy atamalar frantsuzchadan (mina, garnizon, sapyor),
nemischadan (shtab, lager, plan) inglizchadan (miting, lider, import, eksport, sport, boks) kabi
so`zlar kirib keldi. XX asrda texnik so`zlardan blyuming, kryoking, tank kabi so`zlar kirib keldi.
Oktyabr to`ntarishidan so`ng kolxoz, sovxoz, bol’shevik, sovet kabi yangi ruscha atamalar kirib
keldi.
Mаnbаlаr vа аdаbiyotlаr:
v
Kаrimоv I.А. Tаriхiy хоtirаsiz kеlаjаk yo’q. T., 1998.
v
Kаrimоv I.А.Bаrkаmоl аvlоd оrzusi. T., 1999.
v
Entsiklоpеdichеskiy slоvаr. M., 1987.
v
O’z.ME. 1-2 jild. T., 2000.
v
Mаhmudоv E. Tаriхiy аtаmаshunоslik. // Mа’ruzаlаr mаtni., 2002.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |