Defektologiya fani haqida. Defektologiya fanining predmeti. Defektologiya fanining maqsadi va vazifalari


Duduqlanish kelib chiqishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi


Download 174.65 Kb.
bet21/48
Sana10.03.2023
Hajmi174.65 Kb.
#1258053
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48
Bog'liq
10.Defektologiya majmua

Duduqlanish kelib chiqishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi:
1. Nevrotik duduqlanish (logonevroz) bolaning kuchli ruhiy kechinmalari, stress, depressiya, qo‘rquv, haddan tashqari qattiqqo‘llik, chapaqaylikdan o‘ng qo‘lga o‘rgatish, oiladagi ikki tillilik, duduqlanuvchiga taqlid qilish natijasida.
2. Nevrozsimon duduqlanish - bu bosh miyaning organik jarohatlanishi, bosh miyadagi turli xil o‘simtalar , dizartriya, tayanch harakat a'zolari kasalliklari, DsP natijasida.
Duduqlanish o‘z vaqtida bartaraf etilmasa bolaning ruhiy rivojlanishiga salbiy ta'sir etadi. Bola o‘z fikrini mustaqil bayon eta olmasligi natijasida tengdoshlari bilan muloqotga kirisha olmaydi.
Nutq nuqsonlari quyidagi mezonlar asosida tekshiriladi.
1. Gugulash davri (3 oylikdan)
2. 1 yosh 6 oylikda 10-15 ta so‘z.
3. 2 yoshda 300 ta so‘z
3. 3 yoshda 1000 ta so‘z.
4. 6-7 yoshga kelib 4000 dan 5000 gacha so‘z lug‘at boyligida bo‘lishi lozim.
Nutq nuqsonlarini bartaraf etish yo‘llari
1. Artikulsiya, nafas, mayda qo‘l muskullarini rivojlantiruvchi mashqlar.
2. Logomassaj (nuqtali , bo‘shashtiruvchi, tetiklashtiruvchi massaj)
3. Muammoli tovushni nutqqa qo‘yish (taqlid va mexanik usulida)
4. Nutqni rivojlantiruvchi didaktik o‘yinlar.
Logoped tavsiyalari
Bolaning nutqi kechikayotganini yoki tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilayotganini, duduqlanayotganini sezganingiz zahoti mutaxassislarga murojaat qilishingiz lozim. Qancha erta murojaat qilsangiz, nutq nuqsonlari shuncha samarali bartaraf etiladi.

15-Mavzu: Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari.
Ma’lumki, chaqaloq tug‘ilgan zahoti chinqirib yig‘lashga tushadi. Chaqaloqning yig‘lashi ochlikka, og‘riqqa, sovuqqa, o‘zini bezovta qilayotgan boshqa ta’sirotlarga bo‘lgan aks ta’sirdir. Lekin buning chaqaloq o‘sishi uchun ijobiy ahamiyati ham bor: chinqirib yig‘lash tufayli chaqaloqning nafas va nutq apparati o‘sadi, mustahkamlanadi. Umuman, yosh bolaning chinqirib yig‘lashi, keyinchalik nutqning o‘sishi uchun zarur sharoitlarning biridir. Chaqaloq ikki yo uch oylik bo‘lganida chinqirib yig‘lashdan tashqari «agu», «a», «u» kabi tovush birikmalarini chiqara boshlaydi, ayrim tovushlar chiqarishi uning nutq apparatini o‘stiradi, mustahkamlaydi, shuningdek unda bir qancha yangi tovushlar hosil bo‘lishiga yordam beradi.
Bola 3–4 oylik bo‘lganda tili chiqa boshlaydi. Unda ayrim tovushlar paydo bo‘ladi. Go‘dakning til chiqarishida boshqa odamlar nutqining ta’siri sezila boshlaydi. Go‘dak tevarak-atrofdagi
kishilarning nutqini eshitib, nutq birikmalariga o‘zi anglamagan holda taqlid qila boshlaydi. Kar-soqov (gung) bolalarda qichqirish va guvrash bo‘ladi, lekin nutq faqat sog‘lom bolalardagina odatdagicha rivojlanib boradi. Bolalarning til chiqara boshlashi nutqning o‘sish jarayonida tayyorgarlik rolini o‘ynaydi: til chiqarayotgan davrda turli tovushlar va bularning birikmalari hosil bo‘ladi, nutq apparati rivojlanib, mustahkamlanib boradi. Bolalar 7–8 oylik bo‘lganida ularning boshqalardan eshitgan so‘zlari bilan shu so‘zlarda ifodalangan ma’no o‘rtasida dastlabki bog‘lanishlar ham hosil bo‘ladi. Bolalar o‘zlariga aytilgan so‘zga javoban harakat qiladigan bo‘lib qoladi. Masalan: «aya» so‘zini aytganimizda bola boshini onasi tomonga buradi. Bu passiv nutqni egallashning boshlanishidir. Keyinroq bola 9–10 oylik bo‘lganida, tovushlar birikmasini taqlid yo‘li bilan talaffuz etadi, lekin shu tovush birikmalarining talaffuzda bo‘lishi faol nutq boshlang‘ichi borligini ko‘rish mumkin. Xullas, bolalarning tug‘ilish paytidan to bir yoshga to‘lguncha tovushlar chiqarib, tovush birikmalarini talaffuz qilib turishi, nutq apparatining faoliyatiga tayyorgarlik davri bo‘lib hisoblanadi. Bola tovushlari birga qo‘shib, narsalarning nomini va o‘z fikrlarini ifodalashga kirishgan paytidan boshlab, u nutqni egallay boshlaydi. Tarbiyaning belgilovchi ta’siri ostida tafakkur o‘sib borib, u bilan chambarchas bog‘langan holda ongli nutq hamda umumlashtirib fikrlash, abstraksiyalash qobiliyati paydo bo‘lib boradi.

Download 174.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling