Dehqonobod kaliy zavodi


Quyida o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokning bo‘lishi mumkin cheklangan qiymatlari va organizmning ushbu ta’sirlarga javob ta’sirini keltiramiz


Download 332.49 Kb.
bet17/26
Sana19.06.2023
Hajmi332.49 Kb.
#1621945
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
ДКЗ АЖ Кириш йўл йўриги сценарийси lotin

Quyida o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokning bo‘lishi mumkin cheklangan qiymatlari va organizmning ushbu ta’sirlarga javob ta’sirini keltiramiz:



Tok kuchi, mA

O‘zgaruvchi tok 50-60 Gs

O‘zgarmas tok

0,6-1,5

His etishning boshlanishi – terining asta qichishishi, achishishi

His etilmaydi

2-3

Tokni his qilish qo‘lning bilak qismiga tarqaladi, qo‘l asta tortisha boshlaydi

His etilmaydi

5-7

Og‘riqli hislar, qo‘l tortishishadi

Qichishish.
Qizdirishni his etish

8-10

Qo‘llarni elektrodlardan katta kuch bilan ajratish mumkin. Qo‘llarda kuchli og‘rik tortishishlar.

Qizdirish kuchayadi

20-25

Qo‘llar darhol falajlanadi, ularni elektrodlardan ajratib bo‘lmaydi. Qo‘llarda va ko‘krakda juda kuchli og‘riqlar. Nafas olish kiyinlashadi.

Qizdirishning yanada ko‘proq kuchayishi, qo‘l mushaklarining qisqarishi.

50-80

Nafas olish falajlanadi. Yurak qorinchalari tipirchilay boshlaydi.

Qizdirishni kuchli xis qilish.
Qo‘l mushaklarini tortishishlari.
Qaltirash.
Nafas olishning qiyin-lashishi

90-100

Nafas olish falajlanadi va 1-3 soniyadan so‘ng fibrillyatsiya yuz beradi.

Nafas olish falaji



Inson tanasi orqali o‘tayotgan tok elektr jarohatlari yoki elektr zarblarini vujudga keltirishi mumkin.


Elektr zarbasi deganda, tok organizm to‘qimalarini qo‘zg‘atib, ularni qisqartirishi va tortishishi tushuniladi. Elektr zarbalarining 4 ta guruhi mavjud: tortishish, tortishishlar bilan hushdan ketish, nafas olish va yurak faoliyatining buzilishi bilan hushdan ketish, klinik o‘lim.
Elektr jarohatlanishlarda tok inson organizmining to‘qimalari va organlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shikast yetkazadi. Bu elektr kuyishlar, terining metallashishi, elektr belgilar va mexanik shikastlanishlar.
Elektr kuyishlar tokli va yoyli bo‘ladi. Bunday tokli kuyishning ta’siri tokning inson tanasi orqali o‘tishi bilan bog‘liq. Yoyli kuyish odam bilan yuqori kuchlanishli elektr toki o‘tkazigichi o‘rtasida yoy paydo bo‘lishi oqibatida sodir bo‘ladi. Yoyning harorati selsiy bo‘yicha ming gradusga yetishi mumkin. Bunday kuyib qolish holatlari ancha xavfli va shu bilan birga jabrlanuvchining kiyimi yona boshlashi bilan o‘tishi mumkin.
Terining metallashishi tok ta’sirida teriga metall zarrachalari tushishi natijasida sodir bo‘ladi, bunda terining o‘tkazuvchanligi oshib, jarohatlanish xavfi ortadi.
Elektr belgilari – bu elektr toki odam tanasiga kiruvchi va tanadan chiquvchi joylari. Ko‘pincha qo‘l va oyoqlarda bo‘ladi.
Har qanday holatda tok o‘tkazuvchi qismlarga o‘tkazgich jismlar bilan tegib ketmaslikka (EUL ostida baliq tutmaslik, kuchlanish shinalari yaqinida ko‘chma narvonni olib o‘tmaslik) harakat qilish, izolyatsiyasi sust bo‘lgan simlar va kabellardan foydalanmaslik, elektr qurilmalarida ishlash vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish lozim.


  1. Download 332.49 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling