Bitli tasvirni dastur resursidan yuklash
10.10 listingda keltirilgan dasturda fon va rasmning bitli tasvirlari fayldan yuklanayapti. Bu xar doim ham qulay emas. Delphi kerakli bitli tasvirlarni ishchi dasturga resurs ko`rinishida joylashtirish imkonini beradi va zaruriyat bo`lganda tasvirlarni resursdan yuklash mumkin, ya`ni ishchi dasturdan (exe-fayl).
Resurs fayllarni yaratish
Rasmlarni resursdan yuklash imkoniyatidan foydalanish uchun avval resurs faylni yaratib olish va unga kerakli rasmni joylashtirish zarur.
Resurs faylni Image Editor utiliti (tasvirlarni taxrirlash) yordamida yaratish mumkin. Bu utilitni ishga yuklash uchun Tools menyusidan Image Editor buyrug`i tanlanadi.
YAngi resurs fayl yaratish uchun File menyusidan New buyrug’ini va hosil bo’lgan ostmenyudan Resource File buyrugini tanlash kerak.
Natijada yangi resurs faylining oynasi ochiladi, Image Editor oynasining menyular satrida esa yangi Resource bo’limi paydo bo’ladi.
Ushbu faylni yangi resursni qo’shish uchun Resource menyusidan New buyrug’ini va hosil bo’lgan ro’yxatdan resurs tipini tanlash zarur. Biz qarayotgan holat uchun Bitmap (bitli tasvir) ni tanlaymiz. Bitmap tanlanganidan keyin ekranda Bitmap Properties (Bitli tasvir xususiyatlari) muloqot oynasi ochiladi. Ushbu oynadan foydalanib yaratiluvhci rasmning o’lchamlarini va ranglari to’plamini o’rnatish mumkin.
Ok tugmasi bosilishi bilan Bitmap Properties muloqot oynasidagi Contents ro’yxatida Bitmap1 elementi paydo bo’ladi. Bu element faylga qo’shilgan yangi resursga mo keladi.
Bitmap1 – bu yaratilgan resursning avtomiaik ravishad berilgan nomi bo’lib, uni Resource menyusining Rename buyrug’I yordamida o’zgartirih mumkin. Bitmap1 nomini o’zgartirilganidan keyin bitli tasvirni yaratishga kirishish mumkin. Buning uchun Resource menyusining Edit buyrug’idan foydalaniladi. Natijada ekranda grafik muxarrir oynasi ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |