Demokratik jamiyatda oilaviy
Jamiyatning oilalarga (ayollarga) g'amxo'rligi
Download 95.5 Kb.
|
DEMOKRATIK JAMIYATDA OILAVIY huquqlar
3. Jamiyatning oilalarga (ayollarga) g'amxo'rligi. Endi jamiyatimiz tomonidan ijtimoiy ta'minot sohasida ayollarga berayotgan qo'shimcha kafolatlarni ko'rib chiqamiz:
• O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida ayollarni homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ishga qabul qilishni rad etish taqiqlanadi. • Mehnat kodeksining 225-moddasiga binoan, mehnat sharoiti noqulay bo'lgan yerlarda, yer osti ishlarida ayollar mehnatidan foydalanish ta'qiqlanadi; • Ayollarning me'yoridan ortiq yukni ko'tarishlari va tashishlari man etiladi. • Ikki yoshga to'lmagan bolasi bor ayollar avvalgi ishini bajarishi mumkin bo'lmasa, bolasi ikki yoshga to'lgunga qadar yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta'siridan holi bo'lgan ishga o'tkaziladilar. Bunday vaqtda avvalgi ishidagi o'rtacha oylik ish haqi saqlanadi. • Homilador ayollarni, 14 yoshga to'lmagan bolasi (16 yoshga to'lmagan nogiron bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish va bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat safariga yuborishga yo'l qo'yilmaydi. Shu bilan birga homilador va 3 yoshga to'lmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga, bunday ish ona va bolaning sog'ligi uchun xavf tug'dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa bo'lgan taqdirdagina yo'l qo'yilishi mumkin. • Homilador ayolning 14 yoshga to'lmagan bolasi (16 yoshga to'lmagan nogiron bolasi) bor ayolning, shu jumladan, homiyligida bunday bolasi bor ayolning yoki oilaning betob a'zosini parvarish qilish bilan band bo'lgan shaxsning iltimosiga ko'ra, ularga to'liqsiz ish haftasi belgilab qo'yiladi. Bu esa tibbiy xulosaga muvofiq amalga oshiriladi. • Nogiron bolasini tarbiyalayotgan ota-onaning biriga (vasiyga, homiyga) bola 16 yoshga to'lgunga qadar oyiga qo'shimcha bir dam olish kuni beriladi va davlat ijtimoiy sug'urtasi mablag'lari hisobidan bir kunlik ish haqi miqdorida haq to'lanadi. • Qonunga binoan, 12 yoshga to'lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki 16 yoshga to'lmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili uch ish kunidan kam bo'lmagan muddat bilan haq to'lanadigan qo'shimcha ta'til beriladi. Bu ayollarga xohishiga ko'ra, har yili 14 kundan kam bo'lmagan muddat bilan ish haqi saqlanmaydigan ta'til beriladi. Download 95.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling