Dengiz gidroid poliplari, obeliya koloniyasining tuzilishi


Mavzu: Dengiz gidroid poliplari va Taroqsimonlar: tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi va sistematikasi


Download 1.52 Mb.
bet19/31
Sana20.12.2022
Hajmi1.52 Mb.
#1038521
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Bog'liq
DENGIZ GIDROID POLIPLARI, OBELIYA KOLONIYASINING TUZILISHI.

Mavzu: Dengiz gidroid poliplari va Taroqsimonlar: tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi va sistematikasi
Dengiz gidroid poliplari. Gidrozoylardan asosan gidralar yakka yashaydi. Dengiz gidropoliplari juda kup individlardan iborat koloniya hosil qiladi. Koloniya kurtaklanish orkali xosil buladigan yosh poliplarni ona polipdan ajralib ketmasdan uning uzi xam kurtaklanib, yangi poliplar xosil kilishi tufayli vujudga keladi. Bunday yul bilan xosil bulgan koloniya daraxt yoki butaga uxshab ketadi. Koloniya umumiy poyadan va unda joylashgan juda kup shoxlardan iborat. Xar bir shoxning uchida aloxida individ-gidrant joylashgan. Koloniyadagi xar bir individ gidraning bitta kurtagiga uxshab

ketadi. Gidrantlarning gastral bushligi koloniya poyasi va shoxlari orkali utadigan bushlikka tutashib ketadi. Shuning uchun har bir gidrant tutib olib, xazm kilgan ozik koloniya individlari urtasida tekis taksimlanadi. Koloniya poyasi sirtdan yupka, tinik va pish ik organik pust-periderma bilan koplangan. Bir xil gidroidlarda periderma gidrant tanasigacha yetadi, boshkalarida bu pust gidrantni urab turadigan kosacha, ya’ni teka xosil qiladi. Bu belgiga asosan gidrozoid poliplar kosachasiz (tekasiz) va kosachali (tekali) turkumlarga ajratiladi. Teka polip koloniyasini mustaxkam bulishini tahminlaydi.


Gidroid poliplar koloniyasi kurtaklanish orkali gidrantlarni va blastostil deb ataladigan meduza xosil qiladigan individlarni xosil kiladi. Blastostil shaklan uzgargan gidrant bulib, undan paypaslagichlari va og’iz teshigining bulmasligi bilan farq qiladi. Blastostil periderma kobik-gonoteka bilan uralgan. Uning uchki kismida kopkokchasi buladi. Blastostil kurtaklanish orkali jinsiy nael — meduzalarni xosil kiladi. Obeliya koloniyasi meduza ana shu usulda xosil buladi. Kupchilik gidroidlarda meduzalar bevosita gidrantlardan kurtaklanish orkali xosil buladi. Obeliya koloniyasidagi blastostillarda xosil buladigan meduzalar kopkokcha ochilishi bilan suvga chikib suzib ketadi. Meduzalar ayrim jinsli, ularda jinsiy xujayralar shakllanadi. Meduzalarning tuzilishi poliplarga uxshaydi, lekin ularning tanasi soyabon shaklida buladi.
Meduzalar nerv sistemasi poliplarga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. Tanasida tarkok joylashgan nerv hujayralari bilan birga soyabon chetida nerv xujayralar tuplamidan iborat nerv tugunlari, ya’ni gangpiylar ham buladi. Nerv gangliylari nerv xujayralari usimtalari bilan birga yaxlit nerv xalkasini xosil kiladi. Nerv xalkasi soyabon yelkanchasi muskullari va sezgi a’zolari ishini boshkaradi.
Meduza soyaboni chetida muvozanat saklash organi — statotsistlar va kuzga uxshash sezgi organlari joylashgan. Muvozanat sakdash organlari odatda epiteliy chukurchalaridan iborat. CHukurchalar tashki epiteliyni tana ichiga botib kirishidan xosil buladi. Odat­da chukurchalar ektodermadan ajralib chikib yopik, pufakcha — statotsistni xosil kiladi. Pufakcha devori sezgir epiteliy bilan tulgan bulib, uning xujayralaridan biri pufak ichiga botib kiradi. Bu xujayra tugnogich boshchasiga uxshab, pufak bushligiga botib kirib turadi. Tugnogich boshchasi ichiga bitta yoki bir necha oxak toshchalar ajralib chiqib, statolitlarni xosil kiladi, ular barcha muvozanat organlari uchun xos buladi. Pufakchadagi sezgir xujayralar uzun sezgir kilcha bilan ta’minlangan. Kilchalar toshchalar tahsir etganida kuzgaladi.
Meduzalarning sodda kuzchalari oddiy kuz dogchalari va kuz chukurchalari shaklida. Kuzchalar ikki gurux xujayralarda joylash gan. Ulardan bir guruxi uzun sezgir hujayralar, ikkinchisi pigment saklovchi xujayralar xisoblanadi. Kuz chukurchasi tipida tuzilgan kurish organlaridagi chukurcha tubida pigmentlashgan xujayralar joylashgan. Ana shunday chukurchalarda joylashgan kuz xar qanday tashki ta’sirdan ximoyalangan buladi. Meduzalar ayrim jinsli, jinsiy bezlar soyabonning ostida radial naylar yakinida yoki ogiz poyachasida ektoderma bilan mezogleya oraligida joylashgan xujayralardan iborat.
Meduzalar suv oqimi yordamida yoki soyabon cheti va yelkanidagi muskul tolalarining kiskarishi tufayli suzib yuradi. Soyabon va yelkan muskullarining bir varakayiga kiskarishi va bushashi tufayli soyabon chuqurchasida suv chikariladi va unga suv kiradi. Suv soyabon ostidan sikib chikarilganida meduza kavarik tomoni bilan oldinga suzib ketadi.
Jinsiy kupayishi va nasl almashinishi. Gidroid meduzalar fakat jinsiy yul bilan kupayadi. Yetilgan jinsiy xujayralar meduza tanasi devorini yorib suvga chitali va suvda urug’lanadi.
Uruglangan tuxum xujayra planula lichinkasini xosil qiladi. Planula oval shaklda bulib, tanasi mayda kiprikchalar bilan koplangan. Planula suvda bir kancha vaqt suzib yurib, kiprigini yukotadi va suv tubidagi narsalarga yopishib oladi. Lichinkaning tovoniga qarama-qarshi tomonida ogiz teshigi va uning atrofida paypaslagichlar shakllanishi bilan planula polipga aylanadi. Polip usib, kurtaklanish orkali kupayish natijasida yangi koloniyani xosil kiladi. Organizmlar xayot siklida jinssiz va jinsiy nasllarining ana shunday tartibda gallanib turishi metagenez deyiladi.
Ayrim gidroidlarda nael almashinuv teskari tomonga yunalgan bulishi mumkin. Bunday turlarda meduza nasl gidroid nasldan ustun turadi. Gidrozoylar orasida polip stadiyasidan iborat vakillari (gidra) bilan bir katorda fakat meduzalar xolida xayot kechiruvchi turlari (Trachylida turkumi) xam buladi. Bunday meduzalar planulasi polipga aylanmasdan yana meduzani xosil kiladi.
Gidrozoylar sinfi bir necha turkumlarni uz ichida oladi.
1. Leptolida turkumi vakillari tropik va mo’tadil iqlimda keng tarkalgan. Nael almashinishi orkali kupayadi. Dengiz tubida, suv utlari va chiganoklar ustida kalin bulib usadi. Tanasi uzunligi 1 mm dan 1 m gacha buladi. Kupchilik turlari dengizlarda, ayrim turlari chuchuk suvlarda (Limnomeduzae turkumi va Graspedacusta avlodi) uchraydi. Yapon dengizi va Kurill orollari yakinida tarqalgan butli meduza Gonionemus juda zaxarli xisoblanadi. Ayrim utrok yashovchi turlari korall poliplarga uxshash oxak skeletga ega buladi.
2. Trachylida turkumi vakillarining xayot tsiklida fakat meduza naeli buladi, nael almashinmaydi. Bu turkumga xamma okeanlarda keng tarkalgan Adlantha avlodi turlari kiradi. Ayrim turlari (masalan, Gunina) Le’tolida turkumi turlari xosil Kiladigan meduzalarda parazit­lik kiladi. ‘oly’odium hydriforme osyotrsimonlar tuxumida parazitlik kiladi.
3. Hydrida — gidralar turkumiga yakka yashaydigan poliplar kiradi. Gidralar nael almashinmasdan ko’payadi.
G’ovaktanalilar o’ troq yashovchi, ko’pchiligi kolonial suv hayvonlaridir. Tanasi kam ixtisoslashgan bir necha xil hujayralardan iborat. Tana devorida juda ko’p teshikchalar — poralar bo’ladi. Bu poralar xivchinli hujayralar (xoanositlar) bilan qoplangan paragastral bo’shliqqa, b shliq esa oskulum teshigi orqali tashqariga ochiladi. Tanasining tashqi ektoderma qavati yassi epitelial hujayralardan iborat. Yoqacha xivchinli hujayralar (xoanositlar) ichki endodermani hosil qiladi. Ektoderma bilan endoderma oralig'idagi mezogliyda yulduzsimon hujayralar kollensitlar, skelet hosil qiluvchi skleroblastlar, hazm qiluvchi amebositlar va ixtisoslashmagan rezerv hujayralar —arxeositlar bo’ Iadi.
Tuzilishiga binoan g'ovak tanalilar askon, sikon, leykon tiplariga bo’linadi (4 —rasm). Askon eng sodda tuzilgan, mezogleyasi qalin emas. Tana devoridagi teshikchalar ingichka naychalar orqali bevosita xivchinli hujayralar bilan qoplangan paragastral b shliqqa ochiladi. Sikon tipidagi g'ovaktanalilar xivchinli hujayralar mezogleyaga botib kirib turadigan kameralar devorida joylashgan. Suv poralardan naychalar orqali dastlab ana shu kameralarga, ulardan paragastral bo’shliqqa ochiladi. Leykon tuzilishiga ega bo’lgan g'ovaktanalilar mezogleysi yaxshi rivojlangan, xivchinli kameralar mezogleyga chuqur botib kiradi. Tana yuzasidagi teshikchalar dastlabki naychalar orqali ana shu kameralarga, kameralar esa naychalar orqali paragastral bo’shliqqa ochiladi.
G’ovaktanalilar tashqi yoki ichki kurtaklanish orqali jinssiz ko’payadi. Tashqi kurtaklanib, koloniyani hosil qiladi. Ichki kurtaklanish orqali chuchuk suv g'ovak tanlisi bodyaga kuzda gemmula hosil qiladi. Gemmula qishlab qoladi. Jinsiy ko’payishda ohak skeletli g'ovaktanalilar ikki xil hujayrali amfiblastulani hosil qiladi. Gastrulyatsiya jarayoni ikki marta sodir bo’ladi. Lekin birinchi marta gastrulyatsiya hosil bo’lishi oxiriga yetmasdan murtak yana amfiblastula holiga tadi. Amfiblastula ikkinchi marta teskari ag'darilib psevdogastrulani hosil qiladi. Shuning uchun g'ovaktanalilar teskari ag'darilgan hayvonlar deyiladi. Kremniy va spongin skeleti g'ovaktanalilarda dastlab blastula devoridagi ayrim hujayralarning blastoselga k chib tishi (immigratsiya) tufayli parenximula lichinkasi, undan esa psevdogastrula hosil bo’ladi. Lichinka suv tubiga ch kib, teskari ag'dariladi. ovaktanalilar tipiga 5000 dan ortiq tur kiradi.

Skeleti tuzilishiga binoan g'ovaktanalilar tipi ohak skeletli, shishasimon skeletli va oddiy g'ovaktanalilar sinflariga ajratiladi. Ko’pchilik turlari (dengiz apelsinlari, geodeyalar, po’kak g'ovaktanalilar, zimokka, bodyagalar) oddiy g'ovaktanalilarga mansub.
Taroqsimonlar
Tanasi odatda xaltaga uxshash bulib, uning bir chetida og’iz teshigi (oral kutbi), ikkinchi chetida chiqaruv teshigi (aboral kutbi) joylashgan. Tananing asosiy uki ana shu ikki kutbi orkali utadi. Asosiy uk orqali ikkita xar xil simmetriya yuzasini utkazish mumkin. Ana shuning uchun tarok,lilarni ikki nurli sim­metriyali xayvonlar deyish mumkin. Ammo ko’pchilik organlar (tarok, p l a s t i n k a l a r, radial naylar, jinsiy bezlar) asosiy tana o’qi bo’ylab 8 tadan joylashadi. Shuning uchun tarokutilarda ikki nurli va sakkiz nurli simmetriya belgilari mujassamlashgan. Taroklilarda birinchi marta dastlabki embrion yaprokugari va alohida muskul tuk,imasi paydo buladi, taroqsimon plastinkalar yordamida xarakat kiladi. Muvozanat vazifasini maxsus aboral organi bajaradi.
Taroklilar tanasining ikki yonida shoxlangan ikkita uzun paypaslagichlari joylashgan. Paypaslagichlar chuzilishi yoki maxsus xalta ichiga joylashib olib, qisqarishi mumkin. Paypaslagichlarda joylashgan juda kup yopishqoq xujayralar uljasini ushlab turish uchun xizmat qiladi. Ayrim taroqlilarning paypaslagichlari bulmaydi.
Taroklilar tanasi sirtida oral kutbidan aboral kutbi yunalishida 8 qator taroqsimon plastinkalar joylashgan. Har bir tarok, plastinka asoslari ork,ali bir-biri bilan yopishgan k,ator kipriklardan iborat. Tarokchalarni bir mehyorda silkinish i tufayli xayvon xarakat qiladi. Mezogleyasi tinik, kuyuk moddadan iborat. Mezogleyada muskul xujayralari tup-tup bulib, tarok, plastinkalari va paypaslagichlari ostida joylashgan.
Hazm kilish sistemasi. Ogiz teshigi ektodermal yassi halkumga ochiladi. Halkum endodermal oshkozon bilan tutashgan. Oshkozon xaltaga uxshab halkumga perpendikulyar yunalishda yassilashgan. Paypaslagichlari ana shu yuzada joylashganidan tananing bu kismi paypaslagichlar yuzasi deyiladi. Oshqozondan beshta nay boshlanadi. Shu jumladan, ikkita uchi berk naylar xalkumning ikki yoni buylab ogiz teshigi tomonga yunaladi. Bitta ingichka nay aboral tomonga kutariladi. Bu nay ikki marta shoxlanib, turtta kalta va ingichka naylarni xosil kiladi. Ulardan ikkitasining uchi berk, ikkitasi esa ayirish teshigi orkali tashkariga ochiladi. Oshkozonning yana ikkita naylari ikki paypaslagichlar yuzasi tomonga (tana uki ga perpendikulyar yunalishda) tarkaladi. Ular shoxlanib, ikkitadan juft va bittadan tok naylarni xosil kiladi. Ikkita juft naylar yana bir marta dixotomik shoxlangach, sakkizta uchi berk meridional naylarga ochiladi. Meridional naylar taroksimon plastinkalar ostida joylashgan. Tok naylar esa paypaslagichlar asosiga keladi.
Nerv sistemasi. Taroklg’lar nerv sistemasi ektodermada joylashgan nerv turidan iborat. Nerv hujayralari taroksimon plastinkalar ostida tigiz joylashib, aboral tomonga yunalgan nerv zanjirini xosil kiladi. Aboral organ murakkab tuzilgan statotsistdan iborat. Uning statoliti kalg’tsiy karbonat zarrachasidan iborat bulib, kiprikchalarning bir-biriga yopishishidan xosil bulgan turtta kamarchada osilib turadi. Ustki tomondan statolit kopkokcha bilan bekilgan. Statolit kamarlaridan chikadigan turtta egatcha dixotomik shoxlanib, sakkizga taroksimon plastinkalarga keladi. Aboral organ tana muvozanatini saklash va xarakatni boshkarish vazifasi ni bajaradi.
Ko’payishi va rivojlanishi. Tarokushlar germafrodit xayvonlar, fakat jinsiy kupayadi. Jinsiy bezlari kolbasasimon bulib, gastrovaskulyar sistemasining meridional naylari endodermasi ostida joylashgan. Yetilgan jinsiy xujayralar endodermani yorib meridional naylarga, u yerdan ogiz orkali suvga chikadi. Tuxumlari suvda urukpanadi, tulik, lekin notekis maydalanadi. Taroklilarda birinchi marta dastlabki uchlamchi embrion kavati — mezodermaning kurtaklari hosil buladi. Bu kurtak mezogleyga botib kirgan butsimon plastinkadan iborat. Taroqlilar metamorfozsiz rivojlanadi.
Klassifikatsiyasi. Tararoqlilar paypaslagichlilar (Tentaculata) va paypaslagichsizlar (Atentaculata) kenja sinfiga bulinadi. Kupchilik turlari paypaslagichlilarga kiritiladi. Ayrim paypaslagichlilar tanasi yassi tasmaga uxshash uzun buladi. Masalan, Zuhro kamari Cestis venerisning uzunligi 1,5 m ga yaqin. Ayrim taroklilarning tanasi tana uki buylab yassilashgan bulib, suzishi va ogiz tomoni bilan urmalashi mumkin (masalan tseloplana — Coeloplana). Ktenoplana deb ataladigan taroqlining taroqsimon plastinkalari bor.
Paypaslagichsizlarning paypaslagichlari bulmaydi. Ularga misol tariqasida shimoliy va Uzoq sharq dengizlarida keng tarqalgan Beroyoni kursatish mumkin.
Filogeniyasi. Taroklilar ayrim tuban tuzilish belgilariga ega. Masalan, kipriklar yordamida harakatlanish xuddi shunday belgilardan deyish mumkin. Rivojlanish davrida mezoderma qavatining hosil bulishi esa ularni chuvalchanglarga yak,inrok, ekanligini kursatadi. Ana shu sababdan taroklilar bushliqichlilar bilan birga bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan deyish mumkin.


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling