Dengiz gidroid poliplari, obeliya koloniyasining tuzilishi


Mavzu: Miksosporidiyalar va Mikrosporidiyalar tipi


Download 1.52 Mb.
bet17/31
Sana20.12.2022
Hajmi1.52 Mb.
#1038521
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
Bog'liq
DENGIZ GIDROID POLIPLARI, OBELIYA KOLONIYASINING TUZILISHI.

Mavzu: Miksosporidiyalar va Mikrosporidiyalar tipi
MIKSOSPORIDIYALAR (MYXOSPORIDIA) TIPI
Miksosporidiyalar tipi ikki sinf: miksosporalilar (Myxosporea) va aktinomiksidlar (Actinosporea) sinflaridani o`z ichiga oladi. Umurtqasiz hayvonlar va tuman umurtqalilar (asosan, baliqlar, halqali chuvalchanglar, ba`zan sudralib yuruvchilar) tana bo`shlig`i, to`qima va hujayralarida parazitlik qiladi. Hayot sikli parazitlik qiluvchi vegetativ stadiya (trofont) va tarqalish uchun xizmat qiluvchi sporali stadiyalarni o`z ichiga oladi. Parazitlik qiluvchi stadiyasi ikki tipdagi (vegetativ va generativ) hujayralardan iborat. Miksosporidiyalar asosan jinssiz ko`payadi. Generative hujayralardan reduksion (meyoz) bo`linish natijasida juda ko`p sporalar hosil bo`ladi. Sporalarda spiral o`raglan otiluvchi ipchasi, kapsula va amyobasimon, ko`pincha ikki yadroli murtagi (sporozoiti) bo`ladi. Sporalar ho`jayin organizmiga tushib qolganida otiluvchi iplar kapsuladan otilib chiqib, sporani ichag devoriga yopishib olishga yordam beradi.
Miksosporodiyalar yaqin vaqtgacha knidosporidiylar tarkibiga kiritilib kelingan edi. Hozirgi sistematikada knidosporidiyalar miksosporodiyalarning sinonimi hisoblanadi.
MIKSOSPORALILAR (MYXOSPOREA) SINFI
Miksosporalilar yoki shilimshiq sporarilarga asosan baliqlarda, ba`zan sudralib yuyvchilarda parazitlik qiluvchi bir necha yuz tur kiradi. Ular tabiatda juda keng taqakgan, hamma suv uchraydi. Ayrim miksosporalilar baliqlar, ayniqsa, ularning chavoqlari (yosh baliqlar)da og`ir kasallik paydo qiladi va baliqchilik xo’jaliklariga zarar keltiradi.
Miksosporalilar to`qimalar va tana boshlig’ida yashaydi; har xil organlar, jabralar, teri, muskullar, o’t va siydik pufaklari, to’g’ay va boshqalarni zaralaydi. Organlar bo`shlig`ida uchraydigan voyaga yetgan Miksosporalilar ko`p yadroli amyobaga o’xshagan bo’ladi. Ularning kattaligi bir necha mkm.dan 2 sm.gacha keladi. To’qimalarda Miksosporalilar 1-2 sm va undan ham yirikriq shishlar hosil qiladi. Sistalari ko`p yadroli bo`lib, plazmodiy tanasi bilan to`lganюнфвкщдфк vegetative va generative yadrolarga bo`linadi. Vegetative yadrolar osish va moddalar almashinuvi, generate yadrolar esa ko`payish funksiyasini bajaradi. Generativ yadrolar atrofida sitoplazma фокфдшыорш natijasida juda ko`p generative hujayralar hosil bo`ladi. Bu hujayralar plazmodiy tanasida harakatlanish xususiyatiga ega bo`ladi. Genrativ hujayralar yadrosining bir nech marta bo`linishi bilan ko`p yadroli sporablastlar shakllanadi. Har bir sporoblast ichida 2 tadan ko`p yadroli spora hosil bo`ladi.
Miksosporiyalilar sporasi juda xilma-xil va murakkab tuzilgan; ko`pincha ikki, ba`zan 3-6 tavaqali bo’ladi. Spora ichida otuvchi kapsulasi, va ikki yadroli amyobasimon murtak, kapsula ichida esa otiluvchi ip o`rami joylashgan. Shu sababdan bunday sporani daf`atan ko`p yadroli deyish mumkin. Sporalar tashki tomondan qattiq po`st bilan qoplangan, ko`pincha uzun o`simtalari bo`ladi. Bali`q tanasidan suvga tushgan sporalarni boshqa baliqlar yutishi mumkin.ichakda ovqat hazm qilish shirasi ta`sirida otiluvchi ipchalar kapsuladan otilib chiqib, ichak devoriga sanchiladi. Sporaning tavaqalari ochilib, amyobasimon parazit chiqadi va ichak epiteliyasi orqali qonga o`tib oladi. Parazit qon orqali turli organlarga boradi. Uning yadrolari bo`linishi natijasida ko`p yadroli plazmodiy hosil bo`ladi.
Miksosporalilarning genrativ va vegetative yadrolari diploid xromosali bo`ladi. Faqat spora hosil bo`lish jarayonida meyoz natijasida yadrolar gaploid bo`lib qoladi. Buning natijasida spora hosil qiluvchi yadrolar (jumladan amyobasimon murtak, otuvchi kapsula va tavaqalning yadrolari) gaploid bo`ladi. Faqat amyobasimon murtakning spora ichidan chiqishadan oldinmurtak yadrolari juft-juft bo`lib qo`shilishi natijasida diploid yadro hosil bo`ladi. Jinsiy ko`payish ana shunday sodir bo`ladi va uni avtogamiya deyiladi.
Shunday qilib, jinsiy ko`payish xususiyati hamda hayot siklida yadrosining gaploid va diploid fazalar nisbati o`ziga xos bo`lishi bilan miksosporalilar boshqa sporalilardan лулылшт farq qiladi. Ularda xivchinli stadiyasi bo`lmaydi. Bu bilan miksosporalilar boshqa sporalilar singari xivchinlilarga emas, balki soxta oyoqlilarga yaqin turadi.
Bir qancha miksosporalilar turi baliqlarning ko`lab nobud bo`lishuga sabab bo`ladi. Gulmoy (forel) o`stiriladigan xo`jaliklarga miya miksozomasi Myxosoma serebralis katta zarar keltiradi. Parazit yosh baliqlar to`g`ay to`qimasini zararlab, ularning umurtqalarining kassallanishiga sabab bo`ladi. Yarim halqa naylar zaralanishi natijasida baliqlarning tana muvozanati buziladi. Ular o`z o`qi atrofida aylana boshlaysi va halok bo`ladi. Kudoa urug`ig akiruvchi miksosporalar ovlanadigan dengiz baliqlariga katta iyon keltiradi. Bu parazitlar blaiq muskullarini avtolizi (yemirilib, suyuqlanishi)ga sabab bo`ladi.
Kasallangan baliqlar iste`mol qilishga yaramaydi.
Aktinomiksidlar yoki aktinosporalilar (Actinosporea) sinfi vakillari halqali chuvalchanglar va sipunkulidlarda parazitlik qiladi. Ular miksosoporalilar sporasining yanada ham murakkabroq tuzilishi bilan farq qiladi.
MIKROSPORIDIYALAR (MICROSPORIDIA) TIPI
Mikrospodiyalar hujayra ichida parazitlik qiladi; asosan har xil bogimoyoqlar, bazan umurtqali hayvonlar (asosan baliqlar)ni zararlaydi. Bu tipga 900ga yaqin kiradi. Sporasida otiluvchi ipi bolishi bilan ular qisman miksosporalilarga oxshab ketadi. Lekin miksosporidiyalar sporasi yuqorida qayd qilinganidek kop hujayrali, mikrosporidiyalarning sporasi bir hujayrali boladi.

Mikrosporidiyalar sporasi juda kichik (4-10 mkm) bolib, qattiq post bilan qoplangan. Spora ichida spiral oralgan ipcha va ikki yadroli murtak (sporoplazma) bor.


Mikrosporidiyalarning hayot sikli ham mikrosporodiyalarnikiga oxshash boladi. Sporasi oziq bilan xojayiniichiga tushganida otuvchi kapsuladan otilib chiqqan ichak epiteliyasiga botib kiradi. Ip bilan birga sporadan chiqqan ikki yadroli sporaplazma epiteliy hujayrasiga kirib oladi. Xojayin hujayrasida parazit shizogoniya orqali kopayib, kop hujayrali zanjirni yoki kop yadroli plazmodiyni hosil qiladi. Shundan song plazmodiy tanasi va zanjir alohida hujayralarga ajralib ketadi. Yadrolar bir marta bolingandan song har qaysi hujayra ikki yadroli boladi. Hujayra qattiq post bilan oralib, spora hosil qilish jarayonida plazmodiyning ikkala yadrosi bir-biri bilan qoshiladi. Shundan keyin keladigan sporogoniya jarayonida yuqorida tariflangan bir hujayrali sporalar hosil boladi. Spora ichidagi yadrolarning qoshilishi jinsiy kopayish protsessidagi jinsiy hujayralarning qoshilishiga oxshaydi.
Asalarilarning orta ichagi epiteliy hujaylari, bazan malpigi naychalari, gemolimfasi, tuxumdonlari va solak bezlarida asalari nozemasi Nosema apis parazitlik qiladi. Oval shakldagi parazitning uzunligi 5-6 mkm bolib, ichak hujayralarining Yemirilishiga sabab boladi. Zararlangan arilar ichburug kasalligiga yoliqib: kuchsizlanadi; yaxshi ucholmaydi va kopchiligi halok boladi.
Tut ipak qurtini nozemasi (Nosema bombyci) ifloslangan tut bargi orqali ipak qurtiga yuqadi. Ichak epiteliysi orqali qonga otgan parazit qurtning hamma organlarini zararlaydi. N.bombyci (19-rasm) qurtlarda qora son (pebrina) kasalligi paydo qiladi. Kasallangan qurtlarning terisi qoramtir doglar bilan qoplanadi. Bunday qurtlar axlati orqali tashqi muhitga juda kop sporalar chiqadi va boshqa qurtlarni ham zararlaydi. Kasallangan qurtlar kopincha halok boladi. Kuchsiz zararlangan qurtlar halok bolmasdan, pilla ichida gumbakka aylanadi. gumbakdan nozema bilan zararlangan kapalak chiqadi. Kapalak esa zararlangan tuxum qoyadi. Shunday qilib, kasallik nasldan-naslga otadi. Mikrosporidiyalarning ayrim turlari baliqlarning muskulida va biriktiruvchi toqimalarida parazitlik qilib, bazan katta ziyon keltiradi. Shimoliy daryolarda yashaydigan baliqlarning bazi turlari mikrosporidiyalar bilan kasallanish natijasida koplab (25-50%) halok bolishi aniqlangan. Ayrim mikrosporidiyalar ovlanadigan va qolda boqiladigan mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va moynali hayvonlarga ham katta ziyon keltiradi. ular odamni ham zararlashi va hatto olimga olib kelishi mumkinligi aniqlangan.
Asalari va tut ipak qurtida mikrosporidoz kasalligiga qarshi kurashish asosan profilaktika tadbirlaridan iborat. Zararlangan ari oilalari dezinfektsiya qilinadi. Kuchli zararlangan oilalarni qirib tashlashga togri keladi. Tut ipak qurtida pebrina kasalligini oldini olish maqsadida kapalak tuxumlari tekshirishdan otkazib turiladi. Parazit sporasi topilgan partiyalardagi tuxumlar kuydurib tashlanadi. Mikrosporidiyalar orasida har xil parazit chuvalchanglar va bogimoyoqlilarda parazitlik qilib, ularni yoppasiga qirilib ketishiga sabab boluvchi 300 dan ortiq turi aniqlangan. Shuning uchun keyingi davrda mikrosporidiyalar yordamida zararkunanda va parazit hayvonlarga qarshi biologik kurash choralarini ishlab chiqishga katta e’tibor berilmoqda.



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling