Denov tadbirkorlik va pedagokika institutining Filalogiya fakulteti o`zga tilli guruhlarda
Download 10.57 Kb.
|
1 2
Bog'liqErgasheva Gulsevar
Matbuot erkinligi - soʻz, shaxs, vijdon erkinligi singari siyosiy huquqlardan biri boʻlib, matbu-otning erkin faoliyat koʻrsatishini, kishilarning matbuotda oʻz fikr va tuygʻularini toʻsiqlarsiz ifoda eta olishini ifodalaydi. Matbuot erkinligi — matbuotning mohiyatini, uning jamiyat xayotidagi oʻrnini belgilaydi. Siyosiy jihatdan Matbuot erkinligiga demokratiya kurinishlaridan biri sifatida qaraladi.
"Erkinlik" soʻzining tub maʼnosi har qanday toʻsiq, monelik va shahri k.dan xoli boʻlish, mustaqillik, ozodlik degan maʼnoni beradi. Ammo aslida erkinlik — anglangan zaruriyatdir: inson oʻz oldida turgan tarixiy, iqtisodiy, siyosiy zaruratni anglab yetgandagina erkin boʻladi, erkin fikrlay oladi. Matbuot erkinligi ham ana shunday xususiyatga ega, yaʼni jamiyat taraqqiyotiga, uning qonuniyatlariga javob beruvchi matbu-otgina erkin matbuotdir. Jamiyat taraqqiyotining bosh masalalarini chukur tushungan, unga javob bera olgan jurnalistgina erkindir. Matbuot erkinligining 3 asosi mavjud: ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy. Matbuot erkinligining ijtimoiysiyosiy asosi matbuotning qaysi ijtimoiy borlikda, qanday tuzumda faoliyat koʻrsatishi, qaysi ijtimoiy ongning koʻrinishi ekanligi, qaysi mafkura va gʻoyalarga xizmat qilishidan kelib chiqadi. Matbuot erkinligining mazkur bosh asosi uning huquqiy imkoniyatlari bilan ifodalanadi: har bir jamiyat, har bir tuzum Matbuot erkinligi huquqini belgilar ekan, uning faoliyatini maʼlum qonunlar, koʻrsatmalar, bu borada olib boriladigan siyosat bilan belgilab qoʻyadi. Matbuot erkinligining iqtisodiy asosi esa matbuot nashrlari va ommaviy axborot vositalarining kim tomonidan, qaysi mablagʻlar evaziga chikarilishi bilan bogʻliq, yaʼni matbuot kimning mablagʻi evaziga, iqtisodiy qullashi natijasida chiqsa, oʻsha uchun erkin boʻladi. Matbuot erkinligi ning maʼnaviy asosi esa uni chiqarayotgan shaxs, guruh, unda ishlovchi jurnalistlarning ichki dunyosi, dunyoqarashi, eʼtiqodi bilan bogʻliq. Yuksak maʼnaviyatli, chukur eʼtiqodli, insoniyat, jamiyat oldidagi oʻz masʼuliyatini chuqur anglab olgan, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga xizmat qiluvchi, ezgulikka intiluvchi jurnalist doimo erkin boʻladi. Aksincha, qoloq, qotib qolgan tushunchalar, aqidalar asosida va boshqa maqsadlar yoʻlida xizmat qiluvchi jurnalist hech qachon ruhan erkin boʻla olmaydi. Bu — matbuotning egalari boʻlgan yakka hukmdorlar man-faatiga zid edi. Shu bois oʻsha davrdayoq matbuotni erkin qilish haqidagi talablar paydo boʻlgan. Yangi oʻsib kelayotgan taraqqiyparvar kuchlar oʻzlari uchun, oʻz fikrlarini erkin bayon etish uchun Matbuot erkinligini talab qildilar. 17—18-asrlarda Fransiya, Angliya kabi mamlakatlarda yuz bergan inqilobiy voqealar davridagi Matbuot erkinligi uchun kurash bunga yaqqol misol boʻla oladi. Angliyada yashab ijod etgan Jozef Addison, Richard Stil, Fransiyada Kamil Demulen, Jan Pol Marat va boshqa taraqqiyparvar jurnalistlar oʻz asarlarida xalq ommasining fikr va tuygʻularini ifoda etib, Matbuot erkinligi uchun kurashdilar. Rossiyada A.S.Pushkin, N.A.Nekrasov, N.G. Chernishevskiy, A.N.Gersen va boshqa ilgʻor fikrli, oʻz asarlarida xalq ommasining fikr va tuygʻularini ifoda etgan adiblar, publitsistlar senzuraga qarshi kurashdilar. Axborot atamasi lotincha information axborot so‘zidan olingan bo'lib, tushuntirish, xabardorlik, taqdim etish degan ma'noni anglatadi. Keng ma'noda axborot - bu odamlar o'rtasida axborot almashish, jonli va jonsiz tabiat, odamlar va qurilmalar o'rtasidagi signal almashishni o'z ichiga olgan umumiy ilmiy tushuncha. Axborot - bu atrof-muhit ob'ektlari va hodisalari, ularning parametrlari, xususiyatlari va holati to'g'risidagi ma'lumotlar, ular haqidagi bilimlarning noaniqligi va to'liq emasligi darajasini kamaytiradi. Informatika fanida axborot bilan bir qatorda ma'lumotlar tushunchasi ham tez-tez ishlatiladi. Ma'lumotlar qandaydir sabablarga ko'ra ishlatilmaydigan, faqat saqlanadigan belgilar yoki qayd etilgan kuzatuvlar sifatida qaralishi mumkin. Agar biror narsaga nisbatan noaniqlikni kamaytirish uchun ushbu ma'lumotlardan foydalanish mumkin bo'lsa, ma'lumotlar ma'lumotga aylanadi. Shu sababli, ma'lumot foydalanilgan ma'lumotlar deb ta'kidlash mumkin. Bugungi kunda bloggerlik butun bir professional yo'nalishdir, garchi bu kasb hali universitetda o'rgatilmagan. O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi 560—II-sonli Qonuniga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. Ushbu o‘zgartirishlar blogerlarning faoliyatini tartibga solish maqsadida kiritildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” gazetasining rasmiy saytixabarberadi. Unga ko‘ra: Bloger — Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatga ega axborotni joylashtiruvchi, shu jumladan axborotdan foydalanuvchilar tomonidan ushbu axborotni muhokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs. O‘zbekistonda blogerlik faoliyati "Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi qonun doirasida tartibga solinadi. Qonunga "blogerlik" iborasi ilk bor 2014 yilda kiritilgan. ochiq manbalardan qo‘lga kiritilgan axborotni tarqatayotgan shaxsning mas’uliyati belgilab berilgan. «Axborotlashtirishto‘g‘risida»gi Qonunda «bloger» tushunchasini quyidagi tarzda kengaytirilgan: xabar va materiallarni to‘plash, tahlil qilish, tahrirlash, tayyorlash va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi hamda ularni axborotdan foydalanuvchilar tomonidan, shu jumladan, muhokama qilishi uchun Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z vebsaytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga joylashtiruvchi jismoniy shaxs. Download 10.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling