Depressiya Reja
Kognitiv psixoterapiya nima?
Download 30.05 Kb.
|
Depressiya – qanday kasallik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixolog bemorning yaqinlari bilan ham suhbat o‘tkazishi kerakmi
- Depressiyani barataraf etishda dorilar yordam beradimi
Kognitiv psixoterapiya nima?
Kognitiv psixoterapiya usuli bemorda o‘ziga bo‘lgan ishonchni optimistik ruhda kuchaytirishga qaratilgan. Uning asosida ham bemorning fikrlash dunyosini ijobiy tomonga o‘zgartirish yotadi. Kognitiv psixoterapiya usullari ko‘p bo‘lib, ular maxsus adabiyotlarda batafsil yoritilgan. Bemor bilan olib boriladigan psixologik suhbatlar depressiyaning turi va og‘ir-yengilligiga qarab 10-20 seansni tashkil qiladi. Psixolog bemorning yaqinlari bilan ham suhbat o‘tkazishi kerakmi? Albatta! Psixolog bemorning yaqinlari bilan suhbatlar olib borishi shart. Chunki bu suhbatlar bemor haqida to‘la ma’lumotga ega bo‘lishga yordam beradi. Depressiyaga chalingan bemorni davolashda, uning yaqinlari bilan o‘zaro muloqotlar olib borish juda ahamiyatlidir. Biroq, bu muloqot teskari natija berishi ham mumkin, agar bemor bunga ruxsat bermasa. Shuningdek, psixolog bemorning yaqinlariga uning oldida o‘zlarini qanday tutish lozimligini tushuntiradi. Bu o‘ta muhim. Chunki ba’zi oila a’zolari bemor bilan birgalikda uyda motamsaro muhit yaratadiki, bu vaziyat bemorning ahvolini yanada og‘irlashtiradi va o‘z joniga qasd qilishga urinishlarni kuchaytiradi. Bemorga hadeb yonbosaverish yoki uning hulq-atvorini tanqid qilaverish ham mumkin emas. Agar bemorda suitsidal fikrlar va urinishlar kuzatilsa, uni yolg‘iz qoldirmaslik kerak. Oila a’zolari tomonidan nazorat shunday bo‘lishi kerak-ki, bemorning o‘zi buni bilmasin. Chunki hadeb bemorni qo‘riqlayverish uning joniga tegadi. Bemorning ishonchini qozongan oila a’zolari bilan ko‘chaga chiqib aylanib kelish va sayr paytida asosan bemorni so‘zlatish, uning his-tuyg‘ulariga hamdard bo‘lish yaxshi samara beradi. Bemor doimo psixolog bilan har qanday vaziyatda ham bog‘lana oladigan bo‘lishi lozim. Chunki zudlik bilan psixolog yordami kerak bo‘lib qolishi mumkin. Depressiyani barataraf etishda dorilar yordam beradimi? Albatta yordam beradi! Biroq ularni to‘g‘ri tanlay olish kerak. Dorilar depressiyaning barcha turlarida tavsiya etilishi mumkin. Vrach yoki psixologning bemor oldiga qo‘yadigan eng asosiy shartlaridan biri – davolanishni reja asosida olib borish va vrach tavsiyalarini so‘zsiz bajarishdir. Depressiyani bartaraf etish uchun qo‘llaniladigan doorilarga antidepressantlar deb aytiladi. Antidepressantlar miyada kayfiyat gormoni deb atalmish serotonin miqdorini oshiradi. Antidepressantlar bilan davolash qonun-qoidalarini keltirib o‘tamiz: 1. Bemorning o‘zi hech qachon internet yoki vrachlar uchun yozilgan kitoblardan foydalanib depressiyaga qarshi dori qabul qilishi aslo mumkin emas. Ayniqsa depressiyada dorilarni beruxsat ichish juda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. 2. Vrach depressiya turi, darajasi, klinik manzarasi va bemorning somatik ahvolidan kelib chiqqan holda, aniq bir antidepressant tanlab oladi va bemorga tavsiya qiladi. Vrach uning kundalik dozasini belgilaydi va davolash sxemasini tuzadi. 3. Antidepressantlar bilan davolash davrida depressiya belgilari sekin-asta yo‘qolib borishi (odatda, 1-2 haftadan so‘ng) bemorga tushuntiriladi. Uni vrachdan bemaslahat to‘xtatib qo‘yish mumkin emasligi uqtiriladi. Antidepressantlarni bir necha oy ichish zarurligi va depressiya belgilari butunlay yo‘qolgandan so‘ng vrachning o‘zi davolashni to‘xtatish vaqtini belgilashi aytiladi. 4. Antidepressantlarni kasallik belgilari yo‘qolgandan so‘ng ham yana 2-4 oy mobaynida (ba’zan undan ham ko‘p) ichish zarurligi tushuntiriladi. Bu qoida depressiyaning yana qaytalamasligi uchun qabul qilingan. Download 30.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling