Profilaktik choralar: uzumni saralash va uni tezda qayta ishlash, mezga yoki sharbat tarkibidagi fermentlarni shnaktivatsiya qilish, sulfitatsiyalash (120-150 mgG‘l miqdorida) sharbat tarkibidagi mayda zarrachalar miqdorini kamaytirish. (tindirish) .
Fakultativ choralar: sharobmaterialni past xaroratda anaerob sharoitda saqlash, inson organizmi uchun zarasiz bo‘lgan va tibbiyot mezassalari tomonidan ruxsat etilgan konservalovchi moddalarni qo‘llash, erkin sulfat kislota miqdorini 20-25mg/l miqdorda ushlash.
Radikal choralar: sharob tarkibidagi mikroorganizmlarga yuqori xarorat (65-850S) , infra kizil yoki ultra-binafsha nurlar ta’sir etish, filtrlash, pasterizatsiyalash, issik xolda butilkalarga Quyish yoki butilkalarni pasterizatsiyalash.
Kristalli loykalanishga karshi barkarorlantirish. Kristalli loykalanishni oldini olish uchun sharobni tarkibidagi sharob kislotasining kaliyli, kaltsiyli tuzlarini cho‘kmaga tushirish, elimlash (okleyka) demetallizatsiya, sovuk bilan ishlash jarayonlarini amalga oshirish.
Sharob tarkibidagi ortiqcha sharob kislotasining tuzlari, sharobni sovutish va sovuk xolatda saqlash, sharobga maydalangan sharob kislotasining kristallarini kushib, keyin filtlarsh orkali ajratiladi.
Kolloidli loykalanishga karshi barkarorlantirish. Buning uchun imkoniyat darajasida sharobni oksil, fenolli, polisaxaridlar va ogir metallar bilan ortiqcha tuyintirishni oldini olish kerak.
Fakultativ choralariga sharobni jelatin balik elimi va bentonit bilan ishlov berish.
Radikal choralar sharobni ferment preparatlari bilan ishlov berish.
Metalli loykalanishga karshi barkarorlantirish. Bunday loykalanish oksidlanishi natijasida bo‘ladi. Sharobni ishlab chiqarishda hamma boskichlarida mahsulotni metall yuza bilan boglikligini oldini olish choralarini kurish kerak. Agar ogir metallar miqdori ortiqcha bo‘lsa sharobga trilon B, limon kislotasi bilan ishlov beriladi va metall miqdori kamaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |