Dia para- va ferromagnetizm tabiati


Download 153.29 Kb.
bet3/6
Sana20.06.2023
Hajmi153.29 Kb.
#1631745
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
FIZIKA SLAYD VA REFERAT

Pm = J ■ S = 1 evr
S=nr2 orbital yuzasi.
Elektronning aylanishidagi impuls momenti
H = m[ru] LC = mur
LC bilan Pm vektorlar qarama-qarshi yo'nalishga ega. Tenglama birgalikda yechsak Pm = yLc
P
A= m
L
C
Elektronning gidromoment orbital momentlar nisbati deyiladi. Elektronning yadro atrofida aylanishida uning pretsessiyalanishi vujudga keladi va unga Larmor pretsessiyalanishi deyiladi.
Tizimga yo’nalishi aylanish o’qi bilan mos tushuvchi bir jinsli kuchsiz doimiy magnit maydon kiritilishi natijasida yuzaga keluvchi bir xilda zaryadlangan zarrachalar tizimining qo’shimcha aylanishi Larmor pretsessiyasi deyiladi. Bu hodisani birinchi bo’lib, 1895 yilda ingliz fizigi J.Larmor kuzatgan. Uning nomi bilan ataluvchi teoremaga ko’ra, bir jinsli magnit maydon kiritilganda elektronlar
_ eH
sistemasining harakat tenglamasi o’z shaklini saqlaydi, agar ~ 2mc ( bu yerda
e - elektronning zaryadi,
m - massasi) chastota bilan maydon yo’nalishi
bo’ylab tekis aylanayotgan korrdinata sistemasiga o’tilsa, pretsessiya sodir bo’ladi. oL chastota Larmor chastotasi deb aytiladi. Maydon oL chastotali har bir elektron atomi orbitasining maydon yo’nalishi bo’ylab pretsessiyasi hosil bo’lishiga olib keladi.
Larmor pretsessiyasi zaryadlangan zarrachalarga Lorens kuchi ta’sir qilishiga asoslangan va giroskop harakatida uning aylanish o’qi yo’nalishini o’zgartirishga intiladigan kuch ta’siridagi pretsessiyasiga o’xshash.
Agar coL chastota magnit maydon bo’lmaganda zarrachalarning aylanish chastotasi bilan solishtirilganda kichik bo’lsa, Larmor teoremasi o’rinli bo’ladi. Elektronlar uchun hattoki juda kuchli magnit maydonda (H ~106 E)
4Z2
°L ~ 1013 s-1 , negaki atomda elektronlarning aylanish chastotasi (_^)-1016 s-1
tartibga ega. Bu yerda Z - yadro zaryadi, n - atomning bosh kvant soni. Buning natijasida Larmor teoremasi juda keng qo’llanilish sohasiga ega. Elektronlar sistemasining qo’shimcha aylanishi natijasida (Larmor pretsessiyasi) magnit maydonda sistemaning magnit momenti yuzaga keladi. Shuning uchun Larmor pretsessiyasi asosida diamagnetizm, Zeyeman effekti kabi hodisalarni tushuntirish mumkin bo’ladi.

Download 153.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling